Huquqiy ong huquqiy madaniyatning ajralmas qismi
hisoblanadi.
Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qo-
nun me’yorlariga munosabatidan, ularni qabul qi
lish
xislatlaridan, o‘rnatilgan qonunni qo‘llash, unga rioya
qi lish tushunchalaridan kelib chiqadi.
«Biz, – deydi I. Karimov, – odamlarning eski
-
cha psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy
ongni shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lsinki,
har bir kishi erkinliklari – ayni vaqtda muayyan
burch, maj
buriyat va mas’uliyat ekanligini chuqur
his etib tursin»
1
.
Huquqiy ong
– shaxslar tomonidan davlat organlari
orqali qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga
rioya etish, ulardan ongli ravishda huquqiy muno
-
sabatga kirish jarayonida foydalanish qobiliyati desak
ham bo‘ladi. Har bir shaxs u yoki bu huquqiy muno -
sabatga kirar ekan, ongli ravishda uning oqibatini bila-
di. U ongli ravishda bu munosabatlarni amalga oshira-
33
I b o b. Davlat va h
u
q
u
q nazariyasi
2 — Huquqshunoslik
1
I. Karimov.
Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.:
«
O‘zbe kiston
»
, 1997. 120-bet.
di. Agar huquqiy ong shaxs ruhiyati orqali qonunning
tub ma’nosini tushunib, uni qabul qilish xususiyatini
o‘rnata olgan bo‘lsa, huquqiy madaniyat bu xususiyatni
amalga oshirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Agar
huquqiy ong bilan huquqiy madaniyat bir xil ta’sir
kuchiga ega bo‘lsa, huquq buzarlik, qonunga rioya qil-
maslik yoki boshqa no jo‘ya harakat amalga oshmaydi.
Lekin ong yetarli darajada qonuniy hujjatlar ma’nosini
qabul qilsa-da, huquqiy madaniyat shaxsda past bo‘lsa,
salbiy oqibat ro‘y beradi. Ongli, bir qarashda tarbiyali
deb tanilgan shaxs har doim huquqiy madaniyatli
bo‘lmaydi. Masalan, ayrim o‘qituv
chilar o‘z fanini
mukammal bi
lishi, darslarni barbod qilmasligi,
ongli
ravishda o‘quv yurtida o‘rnatilgan qoidalarga rioya qi -
lishi bilan bir qatorda, huquqiy madaniyatsizligi tufayli
ta magir, ta
labadan biron-bir narsa undirishga, dala
hovlisida tekin ishlatishga yoki boshqa inson huquqiga
putur yetkazadigan harakatlar qiladi.
Huquqiy madaniyat, huquqiy ong huquqiy bilim
bilan chambarchas bog‘liq. Huquqiy bilim bir necha
bosqichdan iborat. Bunga misol qilib
maxsus huquqiy
bi lim, umumiy huquqiy bilim, qisman huquqiy bilimlarni
ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Odatda, huquqiy bilimli shaxs qonun hujjatlarini
ongli ravishda qabul qilib, huquqiy madaniyatli bo‘lgan-
ligi uchun ularni buzmasligi kerak. «Afsuski... huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan
jinoyat ga qo‘l urish holatlari ham mavjud. Bu hollar
viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, soliq va bo j -
xona xizmati faoli yatida jiddiy kamchiliklar borligidan
dalolat beradi», – degan edi Res publikamiz Prezidenti
xalq deputatlari Far g‘ona viloyat Kengashining navbat-
dan tashqari sessiyasida (1997-yil 14-fevralda) so‘zlagan
nut qida. Tinch
likni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash
uchun javobgar shaxslarni huquqiy bilimsiz deb bo‘ladi-
mi? Yo‘q, albatta. Lekin ular orasida ayrimlari
ning
34
Huquqshunoslik
35
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi
huquqiy madaniyati sust bo‘lganligi tufayli ong salbiy
oqibatga xizmat qiladi. Demak, huquqiy bilimli bo‘la
turib, huquqiy madaniyatli yoki madaniyatsiz bo‘lishda
huquqiy ong o‘z kuchini ijobiy
yoki salbiy tomondan
ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |