42-rasm. Kuzatuv kameralari
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari.
Har bir
tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan fizik
xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun
fizik xavfsizlik siyosati turlicha bo’lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik
xavfsizligining siyosati tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai nazaridan o’zida
quyidagilarni mujassamlashtiradi:
-
xodimlarning huquq va vazifalari;
-
foydalanishlarni boshqarishning nazorati;
-
qaydlash va auditlash.
Fizik xavfsizlik muolajasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-
qulflash tizimini boshqarish;
-
suqilib kirish insidentlarini qaydlash;
-
tashrif buyuruvchilarni boshqarish;
-
konfidensial materiallarni yo’q qilish;
-
qog’oz ko’rinishidagi axborot uchun
toza stol
siyosatini va axborotni
ishlashda
toza ekran
siyosatini amalga oshirish.
Toza stol
siyosatiga ko’ra tashkilot uchun muhim bo’lgan axborotni xodimlar
tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan tashqariga olib chiqmasligi zarur.
Toza ekran
siyosatiga ko’ra esa xodim o’z kompyuteridan foydalanish davomida uni
nazoratsiz qoldirmaslikka e’tibor qaratadi.
112
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari.
Yoritish tizimlari tashkilot
binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining
atrofida yetarlicha yoritmaslik boshqa xavfsizlik vositalarining samaradorligiga
salbiy ta’sir etadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki
kuzatuv kamerasi o’rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob
bermasa, u holda ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash imkoniyati
kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga ko’ra quyidagilarga
bo’linadi:
-
doimiy yoritish tizimlari
– tashkilot binosi atrofida o’rnatilgan yoritish
vositalari;
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari –
biror bir ogohlantiruvchi signal ta’sirida
avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish vositalari;
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari –
qo’lda boshqariluvchi yoritish vositalari
bo’lib, qorong’uda zaruriyat bo’lganda yoritish uchun foydalaniladi;
-
favqulotda yoritish tizimlari –
elektr quvvati yoki elektr energiyasi manbalari
ishdan chiqqanda tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun
foydalaniladi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: quvvat manbalari.
Quvvat manbalari
nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga balki, fizik xavfsizlikni
ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. Quvvatning yetarli darajada
bo’lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin.
Tashkilotlarda quvvat manbaini uzulishi natijasida yuzaga keladigan zararni
kamaytirish uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko’rish zarur:
-
quvvat tebranishlariga tayyor turish;
-
quvvat uzilishi kuzatilganda uzluksiz quvvat manbalaridan (UPS –
Unintrruptible power supply) foydalanish;
-
vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o’rnatish;
-
ish joylarida statik elektrga noma’qul ta’sirdan himoyalash tizimlarini
o’rnatish;
-
elektr quvvatidan ishlaydigan vositalardan to’g’ri foydalanish.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |