Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/203
Sana14.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#363640
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203
Bog'liq
fayl 1714 20210831

3.3.1. Fizik xavfsizlikni nazoratlash 
 
Biror fizik xavfsizlikni mos xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. 
Fizik xavfsizlik nazorati bardoshli fizik xavfsizlik muhitini yaratishi uchun turli 
darajalarda amalga oshirilishini talab etadi. Fizik xavfsizlik nazoratini qaysi 
darajada amalga oshirilishiga qarab, ular quyidagicha tasniflanishi mumkin: 
-
 
ma’muriy 
nazorat 
xavfsizlikni 
nazoratlashda 
inson 
omilini 
mujassamlashtiradi.  Turli  lavozimlardagi barcha xodimlar  ma’muriy  nazoratni 
qurishda  inobatga  olinishi  kerak.  Ma’muriy  nazorat  har  bir  foydalanuvchi 
boshqarishi  mumkin  bo’lgan  resurslarga  asoslanib, boshqaruv  cheklanishlarini, 
amaliy  muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish muolajalari va axborot tizimi 
uchun mos himoya darajasini o’z ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun 
shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi. 
-
 
fizik nazorat 
tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini olish bilan 
shug’ullanib, qurilmalarni,  bino  yoki  biror  bir maxfiy  muhitni  ruxsatsiz 
boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi.  Fizik nazorat  qurilmaning  yo’qolishi 


103 
 
yoki o’g’irlanishi, tasodifan  zararlanishi  yoki  yo’q  qilinishi,  yong’in yoki  tabiiy 
ofatlar kabi tahdidlardan himoyalashga xizmat qiladi. 
-
 
texnik  nazorat 
mantiqiy  nazorat  kabi  tashkilotdagi  fizik  aktivlardan  yoki 
binolardan foydalanishni  nazoratlash  texnologiyalardan foydalanib, odatda 
taqiqlangan  hududda  foydalanishlarni  nazoratlash  uchun  kompyuter  qurilmalari, 
dasturlari, amallari va ilovalardan foydalanadi. 
-
 
fizik  xavfsizlikni  nazoratlash,  joylashuv  va  arxitektura. 
Tashkilotlar  o’zlari 
uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning joylashuvi, qo’shni binolar, 
elektr  va  suv  manbalari,  kanalizasiya  tizimi,  kichik  va  katta  yo’llarga  yaqinligi, 
transport masalasi, tez yordam ko’rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, 
mazkur  hududdagi  jinoyatchilik  ko’rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining 
mavjudligi  va  boshqa fizik  xavfsizligiga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lgan  barcha 
omillarni  e’tiborga  olishlari  shart.  Tanlangan  hudud  toshqinlar,  tarnadolar,  yer 
silkinishi, dovul, yong’inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli bo’lishi tavsiya etiladi. 
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo’lib, ichki tuzilma 
va  arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida tashkilot tomondan binodagi 
barcha aktivlarning ro’yxati tayyor bo’lishi lozim.  
Tashkilot infratuzilma va arxitekturasini loyihalashda quyidagi jihatlarga 
e’tibor berishi lozim: 
-
 
binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, mashinalar 
to’xtab turish joylari, o’tish yo’laklari va qabul qilish hududlarini 
aniqlashtirilganligiga; 
-
 
joylashgan hududga yaqin qo’shni binolarning ichki va tashqi 
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun binolarning 
egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga; 
-
 
halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko’rinishi orqali 
zarar yetishi mumkin bo’lgan tahdidlarga; 
-
 
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni 
sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta’sirini 
o’rganilganligiga; 


104 
 
-
 
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot faoliyatini 
samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan muhim infratuzilmani 
aniqlashtirishga. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish