So‘rilish konstantasi
– dorivor moddaning qabul qilingan joyidan biologik membranalar
orqali organizmga o‘tish tezligini aniqlovchi umumiy konstanta.
Eliminatsiya konstantasi
– biofaol moddaning tanadan ekskretsiya yoki biotransformativ
jarayonlar orqali chetlanishi jarayoni tezligini aniqlovchi konstanta.
Farmakokinetika
- dorilarning tanadagi (qonda, suyuqliklarda, turli a’zolarda) harakatini,
ularning sifat va miqdor o‘zgarishini va bu o‘zgarishlarning sodir bo‘lish sabablarini yoritish.
LADMER –
dori vositasining organizmning ma’lum qismidagi ta’sirini xarakterlaydigan
umumiy termin (Liberation, Absorption, Listribution, Metabolism, Elimination, Response).
Biofarmatsiya matematika, fizika, noorganik va organik kimyo, fiziologiya, anatomiya,
bioximiya, farmakologiya, dorilar texnologiyasi kabi fanlar bilimlariga suyanadi va shu sababli
uning terminologiyasida ko‘p holatlarda farmakologik, kimyoviy va texnologik terminlar
uchraydi.
Farmakologiyadan farqli o‘laroq, biofarmatsiya dori vositasi yoki yordamchi moddalarning
ta’sir etishi mexanizmsini o‘rganmaydi. U faqat dori preparatining farmakodinamikasi va
farmakokinetikasiga almashuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi.
Dori preparatining terapevtik biofaolligi uning so‘rilishi, tarqalishi va mikroorganizmdan
eliminatsiyasi (chiqishi) jarayonlari bilan aniqlanishini hisobga olib, biofarmatsiya diqqatini shu
jarayonlarni o‘rganishga va ularga dorivor moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini ta’sirini
o‘rganadi. So‘nggi paytlarda farmatsevtik fanlar ichida yangi LADMER iborasi paydo bo‘lib, u
dori vositasining ma’lum alohida joylarida organizm bilan o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi. Ya’ni,
ularni biofarmatsevtik, farmakokinetik va farmakodinamik jihatdan tavsiflaydi.
Farmakologiyadan farqli o‘laroq, biofarmatsiya dori vositasi yoki yordamchi moddalarning
ta’sir etishi mexanizmsini o‘rganmaydi. U faqat dori preparatining farmakodinamikasi va
farmakokinetikasiga almashuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi.
Biofarmatsevtik tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
biofarmatsevtik skrening asoslarini eksperimental va nazariy jihatdan ishlab chiqish;
farmatsevtik va o‘zgarib turuvchi omillarni dori preparatlaridan dori vositasini ajralib
chiqish va so‘rilish jarayonlariga ta’sirini o‘rganish;
dori preparatlarining muayyan tarkibi va organizmga yuborish usullarini;
belgilash maqsadida dori preparatining farmakokinetikasini o‘rganish;
tayyor dori turlarini oqsillar va turli to‘qimalarning membrana lipidlari bilan o‘zaro ta’siri
jarayonlar mexanizmini biofarmatsevtik nuqtai nazardan o‘rganish;
biologik samaradorlikning yangi modulyatorlarini izlash;
ta’sir etuvchi moddalarning muayyan biologik samaradorligini namoyon qilishini
ta’minlovchi yangi dori turlarini belgilangan biofarmatsevtik xossalari bilan yaratish;
dori preparatlarining bioekvivalentligini o‘rganish.
Shunday qilib, biofarmatsiyaning asosiy maqsadi bor dori turlarini terapevtik
samaradorligini yaxshilashni va yangi dori turlarini yaratishni nazariy va eksperimental holda
asoslashdan iborat.
Yuqoridagi
vazifalarni
echimini
topishda
asosiy
o‘rinni dori preparatlarini
biosamaradorligini (BS) o‘rganuvchi tadqiqotlar egallaydi. Bu o‘z o‘rnida farmatsevtik ilmlar
kompleksida asosiy kriteriylar bo‘lgan fizik-kimyoviy konstantalar o‘rnini biologik va tibbiy
asoslashni bildiradi. Shu sababli mutaxassislarni (farmatsevtlarni) biofarmatsiya sohasi bo‘yicha
malakaviy tayyorlash juda dolzarb ekanligini bildiradi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |