2. Dorivor moddaning fizik holati
Dorivor moddaning fizik holati deganda quyidagilar tushuniladi:
-
dorivor moddalarning maydalik darajasi yoki dispersligi (zarachalar kattaligi);
-
dorivor moddaning polimorfizmi;
-
agregat holati (amorfligi, kristalligi, kristallik shakli va xarakteri);
12
-
fizik – kimyoviy xossalari (pH, eruvchanligi, optik aktivligi, elektr o‘tkazuvchanligi,
suyuqlanish harorati);
-
dorivor moddaning yuza xossalari (yuza tarangligi va boshqalar);
-
tozalik darajasi (ifloslanganlik ko‘rinishi va miqdori, shu jumladan mikroorganizmlar,
allergenlar, burishtiruvchi moddalar va boshqalarning mavjudligi);
Dorivor moddaning fizik holati dori preparatining saqlash jarayonidagi turg‘unligiga,
terapevtik faolligiga, so‘rilish tezligiga, organizmda tarqalishiga va undan chiqishiga ta’sir etadi.
Dorivor moddalarning maydalik darajasi va polimorfizmi farmakoperatsiyaga tubdan o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Dorivor moddalarni maydalash – bu juda oddiy va farmatsevt tomonidan turli
dori shakllarini tayyorlashda bajariladigan eng muhim texnologik jarayonlardan biridir. Dorivor
moddaning dispersligi nafaqat kukunsimon materiallarning sochiluvchanligiga balki, ularning
sochiluvchanlik massasiga, bir xil aralashishiga, doza aniqligiga ta’sir etadi.
Ayniqsa, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, dorivor moddaning so‘riluvchanlik tezligi va
to‘liq so‘rilishi, shuningdek biologik suyuqliklardagi konsentratsiyasi, ayniqsa qondagi, uning
qaysi usulda tavsiya etilishi va turli dori ko‘rinishidan qat’iy nazar zarrachalar o‘lchamlariga
bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, oshqozonda erigan tabletkalarda zarrachalar o‘lchami kukunsimon zarrachalar
o‘lchamlaridan katta, shuning uchun tabletka qabul qilingandan keyin ta’sir etuvchi modda
konsentratsiyasi kukun qabul qilinganiga nisbatan past bo‘ladi. Dorivor modda zarrachalari
o‘lchamining katta kichikligi mikstura – suspenziyalarda, emulsiya va linimetlar kabi dori
shakllarida asosiy xarakteristikalaridan hisoblanadi.
Zarrachalar o‘lchamlarini trepevtik aktivlikga ta’sirini birinchi marta sulfatnilamid
preparatlarida, undan keyin steroid preparatlarida, furan hosilalarida, salitsil kislotasida,
antibiotiklarda va hozirgi vaqtda tutqanoqga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, peshob haydovchi,
tuberkulezga qarshi, diabetga qarshi dori preparatlarida va kordiotonik moddalarda aniqlangan.
Kalseferol preparati zarrachalarini o‘lchamlari 10 mkm dan kam bo‘lgandagina tanaga so‘rilib
davolovchi ta’sirga ega bo‘ladi.
Grizeofulvin preparati zarrachalarini 10 dan 2,6 mkm gacha kamaytirilganda uni
oshqozon – ichak tarkibida so‘rilishi keskin oshadi, natijada uning terapevtik dozasini ikki marta
kamaytirish mumkin bo‘ladi. Polivinilpirrolidondagi grizeofulvin zarrachalari o‘lchamlarini
molekulyar darajasida olib, bu antibiotikni biologik samaradorligini bu dorivor moddani
mikronizirlangan shakli bilan solishtirilganda 7-11 marta oshishi kuzatilgan. Shuning uchun
sanoatda grizeofulvin, digoksin va atsetilsalitsil kislota mikrokronizirlangan tabletkalar
ko‘rinishida chiqariladi.
Bir xil asosdan, lekin dorivor moddani zarrachalari o‘lchamlari bir biridan farqli bo‘lgan
fraksiyalardagi surtma va suppozitoriylarda maydalanganlik darajasini so‘rilish jarayoniga ta’siri
yaqqol ko‘rinadi.
Masalan, A.I.Tensova sulfanilamidlar, prednizalon, gidrokartizon va salitsil kislotasini
surtmalardan ajralib chiqib teri orqali so‘rilishi zarrachalar o‘lchamlariga to‘g‘ridan – to‘g‘ri
bog‘liqligini aniqlagan. V.M.Gretskiy streptotsid, norsulfazol, anestezin surtma holatda 5-18
mkm gacha maydalanganda quyonning terisidan 150-180 mkm gacha maydalanganiga nisbatan
ko‘p so‘rilishini isbotlagan.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki,
dorivor moddani maydalanish darajasini tanlash
ilmiy
jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Har qanday holatda o‘ta maydalangan kukunni olishga
intilish o‘zini oqlamaydi, chunki ayrim hollarda dorivor moddani zarrachalari o‘lchamlarini
keskin kichraytirish moddani inaktivatsiyaga olib kelishi mumkin, uni organizmdan tez
chiqarilishi yoki organizmga kerak bo‘lmagan toksikologik ta’siri paydo bo‘lishi mumkin va
shuningdek preparatni turg‘unligi kamayadi. Xususan, penitsillin va eritromitsinlarni disperslik
darajasini keskin oshishi bilan ularni peroral qabuldagi mikroblarga qarshi aktivligi kamayadi.
Bu holat ularni gidrolitik destruksiya jarayonini tezlashishi yoki ovqat hazm qiluvchi suyuqliklar
ta’sirida ularni stabilligini kamayishi va shuningdek dorivor modda va biologik suyuqliklarni
kontakt yuzasini oshishi bilan tushuntiriladi.
13
Shuning uchun dorivor preparatlarga analitik me’yoriy hujjat (AMH) ishlab chiqilganda
modda zarrachalari, o‘lchamlariga qat’iy reglament belgilash kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, yuqori biologik samaradorlikni saqlash maqsadida dorivor preparatdagi
dorivor modda optimal maydalanish darajasiga ega bo‘lishi kerak. Dorivor preparatlarni
terapevtik faolligiga ularni polimorf modifikatsiyalarining ta’siri ham katta ekanligini
unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |