Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Biofarmatsiyaning fan sifatidagi vazifalari



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Biofarmatsiyaning fan sifatidagi vazifalari: 
-
 
talabalarni farmatsevtik faoliyatida texnolog-izlanuvchi sifatida o‘qitish; 
-
 
yangi  dori  turlari  muayyan  tarkibini  va  texnologiyasini  ishlab  chiqishda  maxsus 
mutaxassislik  malakasi  asosida tadqiqotlar strukturasini tanlash  va ularni  nazariy  asoslarini 
o‘rganish; 
-
 
turli  dori  shakllarida  qo‘llanilgan  dorivor  preparatlarning  farmakokinetik  jarayonlarini 
oldindan bilish; 
-
 
ekstemporal dori turlari muayyan texnologiyasini asoslashda biofarmatsiya nuqtai nazardan 
yondoshish. 
«Biofarmatsiya»  -  texnologiyaning  nazariy  asosi  bo‘lib,  birinchi  marta  farmatsiyada  XX 
asrning  60-yillaridan  qo‘llanila  boshlandi.  Adabiyotlardagi  ma’lumotlarga  qaraganda, 
biofarmatsiya  atamasini  birinchi  marta  1961  yilda  AQSH  olimlari  Levi  va  Vagnerlar 
ishlatishgan.  Qadim  zamonlarda  dorilarning  terapevtik  unumdorligiga  ta’sir  etuvchi  ayrim 
omillar  ma’lum  bo‘lgan.  Jumladan,  Gippokrat  (eramizdan  oldingi  460-370  yillar)  dorilarning 
biofaolligi uning turiga va tayyorlash jarayoniga bog‘liqligini, Galen (130-200 yillar) va Ibn Sino 
(980-1037-yillar)  esa  maydalik  darajasiga  ham  bog‘liqligini  olib  borgan  tadqiqotlari  asosida 
isbotlaganlar.  Demak,  bundan  ming  yillar  ilgariyoq  biofarmatsevtik  omillar  o‘rganila 
boshlangan.  Ibn  Sino  bu  omillarga  asoslanib,  dori  haqidagi  o‘z  bilimlarining  nazariy  asoslarini 
va atamalarini yaratgan. XIX asrda xorijiy va mahalliy olimlar eksperimental tadqiqotlar asosida 
dori  moddasining  so‘rilish  tezligi  va  ta’siri  uni  organizmga  yuborish  yo‘llariga  bog‘liqligini 
isbolaganlar.  Ular  dori  moddasining  so‘rilish  jarayoniga  yuza  faol  moddalarning  ta’sirini 
isbotlaganlar.  Endi  dori  preparatlariga  tovarshunoslik  ko‘zi  bilan  qarab  baholash  aniq  natijani 
bermay qo‘ydi. Ammo dori preparatlarini tovarshunoslik nuqtai nazaridan va miqdorini aniqlab 
baholash  ilmiy  bilimlar  yetarli  bo‘lmaganligi  sababli  ko‘p  yillar  davomida  dorilar 
standartizatsiyasida qo‘llanilib keldi. 
Biofarmatsiyaning 
rivojiga 
xorij 
olimlaridan: 
Xalabala 
(Chexiya). 
Zaturetsko, 
Kruvchinskiy (Polsha), Myunzel (Shveysariya), Trandafilova (Bolgariya) va boshqalarning ilmiy 
ishlari  katta  hissa  qo‘shgan.  Tadqiqotchilardan  Goroxovsev  (1877),  Manaseeyn  (1878), 
Zasetskiy  (1900)  xizmatlari  juda  katta.  Shuningdek  biofarmatsiyaning  rivojiga  o‘zining  ilmiy 
tadqiqotlari  natijalari  bilan  Goroxovsev  (1877),  Manasseyn  (1878),  Zasetskiy  (1880),  Shatskiy 
(1900)  katta  hissa  qo‘shdilar.Ularning  dori  vositalarining  terapevtik  ta’siri  turli  omillarga 
bog‘liqligi haqidagi fikri bugungi kunda ham biofarmatsiyaning asosiy konsepsiyasiga aylangan. 
XX asr – biofarmatsiyaning eng rivojlangan nuqtasi bo‘ldi. 70-yillarda TIA muxbir a’zosi, 
professor Antonina Ivanovna Tensova rahbarligida sobiq SSSR davrida TIAda “Biofarmatsiya” 
bo‘limi  tashkil  etildi.  Sobiq  SSSR  TIA  “Farmakologiya  va  farmatsiya”  Ilmiy  kengashi 
prezidiumi biofarmatsevtik tadqiqotlarni olib borishning maqsadli programmasini ishlab chiqdi. 
“Farmatsiya” muammolari Bosh instituti qoshida biofarmatsevtik markaz ochildi.  O‘sha vaqtda 
farmatsiya  oliy  o‘quv  yurtlari  talabalari  uchun  o‘quv  va  biofarmatsiyadan  nomzodlik 
dissertatsiyasi  minimumini  topshirish  programmalari  tasdiqlandi.  Ukraina  Milliy  universitetida 
(Xarkov  sh.)  1987  yildan  boshlab  dori  turlari  texnologiyasi  kafedrasida  biofarmatsiya  kursi 
o‘qitila boshlandi. 
Bugungi  kunda  juda  ko‘p  mamlakatlarda  jumladan  O‘zbekiston  respublikasida 
farmatsevtik  oliygohlarda  biofarmatsiya  kursi  o‘qitila  boshlandi.  Avstraliyada  Farmatsevtik 
texnologiya Instituti faoliyat yurgizib kelmoqda. 
 MDH davlatlarida va Ukrainada biofarmatsiya asoschilari bo‘lib professorlar YA.I.Xadjay 
va  D.P.Salo  hisoblanadi.  Biofarmatsevtik  tadqiqotlar  davomchilari  va  biofarmatsiyani 
rivojlantirayotgan  professorlar  I.M.Persov,  G.S.Bushura,  A.I.Tixonov,  N.A.Lyapunov, 
G.V.Obolensev,  M.V.Shteyngart,  N.A.  Kazarinov,  D.I.Dmitrievskiy,  V.A.Spiridonov  va 
boshqalar hisoblanadi.  
Yangi  dori  preparatlarini  yaratishda  biofarmatsevtik  tadqiqotlar  rivojiga  o‘zining  katta 
hissasini  qo‘shib  kelayotgan  I.M.Sechenov  nomli  Moskva  tibbiyot  akademiyasi  olimlari 


11 
 
A.I.Tensova,  dotsent  L.M.Kozlova,  professor  M.T.Alyushin,  Pyatigorsk  farmatsevtika  instituti 
professorlari I.S.Ajgixin, I.A.Muravyov, A.E.Dobrotvorskiy kabilarni aytib o‘tish lozim. 
Dori  vositalari  Davlat  ilmiy  markazi  (Xarkov  sh.)  olimlari  kuchi  va  Milliy  farmatsevtika 
universiteti  (Xarkov  sh.)  bilan  birgalikda  farmatsevtik  omillarni  ta’sirini  hisobga  olib  zararsiz, 
samarador dori preparatlarini yaratishda kerak bo‘ladigan biofarmatsiya maktabi yaratildi. 
Yangi  dori  vositalarini  sintez  qilish  va  farmakologik  tadqiqotlar  bilan  bog‘liq  skriningni 
ko‘rganda  Ukraina  professorlari  V.P.Chernix,  P.A.Petyunin,  A.I.Bereznyakov,  L.V.Yakovlev 
kabi olimlarni biofarmatsiya rivojiga katta hissa qo‘shganligini guvohi bo‘lamiz. 
Shuningdek  o‘zbek  olimlaridan  S.M.Mahkamov,  M.U.Usubbaev,  M.M.Mirolimov, 
X.K.Jalilov,  X.M.Yunusova,  Z.A.Nazarova,  K.S.Maxmudjonova  kabilarning  zararsiz,  turg‘un 
biosamarador  dorilarni  yaratish  bo‘yicha  olib  borgan  tadqiqotlari  natijalari  O‘zbekiston 
respublikasida 
biofarmatsiyaning 
rivojiga 
o‘z  hissasini  qo‘shdi.  Biofarmatsiya  va 
farmakokinetika bo‘yicha 1990 yilda Slovakiyada VI Xalqaro simpozium o‘tkazildi va unda bir 
necha  biofarmatsiya  bilan  shug‘ullanuvchi  olimlar  ishtirok  etdilar.  Bu  simpoziumda  bir  qator 
yangi dori turlarini yaratish va borlarini samaradorligini oshirish muammolariga e’tibor qaratildi. 
Hamda  Avstriyada  farmatsevtik  texnologiya  va  biofarmatsiya  bo‘yicha  o‘tkazilgan 
to‘rtinchi  markaziy  Evropa  simpoziumini  ham  aytib  o‘tish  lozim.  Bu  simpozium  Evropa 
farmatsevt  texnologilari  bilan  Farmatsevtik  texnologiya  va  biofarmatsiya  (Vena  sh.)  instituti 
hamkorligida  tashkil  etildi.  Bu  simpoziumning  asosiy  maqsadi  dori  ishlab  chiqarishda  dorilar 
texnologiyasi,  ishlab  chiqarish  va  biofarmatsiya  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liqlikda  ekanligi  va 
zamonaviy shart sharoitlarda dori ishlab chiqarishda ilmiy hamkorlik zarurligini ko‘rsatish edi. 
Biofarmatsiyaga  bo‘lgan  qiziqish  kundan-kunga  oshib  bormoqda  va  bu  soha  bo‘yicha 
ilmiy  tadqiqotlar  olib  borayotgan  olimlar  soni  ortib  bormoqda.  Bugungi  kunga  kelib 
biofarmatsiya bir qator ilmiy farmatsiya va tibbiyot muammolarini echimini muvaffaqiyatli topdi 
va bundan keyingi dorishunoslikning nazariy rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish