Bioekvivalentlik
– turli farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarilgan bir dori turi va bir xil
dozadagi dori preparatining bir xil terapevtik faolligini ko‘rsatadigan ekvivalentlik.
Nazariy noekvivalentlik
– turli yoki bir korxonada turli seriyalarda tayyorlangan bir xil
dori shakli va dozada ishlab chiqarilgan dori preparatining terapevtik faolligining turlicha
bo‘lishi.
Biologik samaradorlik
– organizmga yuborilgan dori vositasining o‘z o‘rnini topishi
holati.
Nisbiy biosamaradorlik –
organizmga yuborilgan kerakli biologik faollikni ko‘rsatuvchi,
dori preparatidan ajralib chiqqan foizlarda ifodalangan dori vositasi miqdori.
Absolyut biologik samaradorlik
– organizmga vena yoki muskul orqali yuborilgan, qon
aylanish sistemasiga tushgan, jigardan o‘tmagan (faollik “first pass”) yoki bu ta’sirni
korrelyasiya qilingandan so‘ngi dorivor vosita miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |