Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

turg‘unlik  konstantalari,  fazaga  o‘tish  harorati,  eruvchanligi
  bilan 
xarakterlanadi va nihoyat moddaning turg‘unligini va uni farmokologik faolligini belgilaydi.  
Turli  polimorf  modefikatsiyalarni  eruvchanligi  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  dorivor 
moddani absorbsiyasi (so‘rilishi) unga bog‘liqdir. 
Erish  jarayoni  dorivor  preparatning  biologik  samaradorligiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Dorivor 
modda  dispers  faza  sifatida  albatta  suyuqlik  bilan  o‘zaro  ta’sir  ko‘rsatadi,  ya’ni  dispers  muhit 
bilan.  Bunda  u  yoki  bu  kimyoviy  reaksiya  sodir  bo‘lib,  u  moddani  biologik  aktivligini 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Suyuqliklar  polyar,  yarimpolyar  va  polyar  emas  guruhlarga  bo‘linadi.  Dorivor  modda  va 
erituvchini kimyoviy xususiyatlariga  va  o‘zaro kirishish  energiyasiga bog‘liq holda, suyuq dori 
shakllarida  ionli,  molekulyar  dispersli  sistemalar  yoki  dag‘al  dispers  qotishmalar  hosil  bo‘ladi. 
Tayyorlash  jarayonida  ekzo  yoki  endotermik  hodisalar,  kontraksiya  kuzatilishi  mumkin.  Suyuq 
dori turlarini tayyorlashda texnologik usullar va tarkibini ilmiy asoslagan holda tanlash kerak.  
Moddalarni  eruvchanligi  ularning 
yuza  xususiyatlariga  va    maydalanganlik  darajasiga 
bog‘liqdir.  Dorivor  moddani  zarrachalarini  kattaliklaridagi  sezilarli  farq  so‘rilish  tezligini 
turlicha bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida dori preparatining klinik noekvivalentligiga 
olib kelishi mumkin. 
Asosan  yaxshi  eruvchi  moddalar  tezroq  dori  shaklidan  chiqib,  tez  so‘riladi  va  tez 
davolovchi ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin, davolash faoliyatini uzaytirish uchun qiyin eruvchi dorivor 
moddalar  yaroqli  hisoblanadi.  Bunday  dorivor  moddalarni  olish  uchun  preparat  erimaydigan 
muhit  hosil  qilinadi.  Masalan:  estradiol  benzoat  preparatining  moydagi  eritmasi  terapevtik 
samaradorligi uch sutka davomida bo‘ladi, suvli eritmasi esa uch haftagacha davom etadi. 
Dorivor  moddalarni  eruvchanligi  ularni 
qayta  kristallanishi  usulidan,
  tayyor  dorivor 
vostilarida  esa  foydalanilgan 
yordamchi  moddalar  va  texnologik  jarayonga
  bog‘liq  holda 
o‘zgarishi  mumkin.  Dorivor  preparatlarda  dorivor  moddalarni  eruvchanligiga  dori  shaklini 
tanlash ham ta’sir etadi. Qiyin eruvchi dorivor moddalarni peroral qabul qilish belgilanganda eng 
muayyan  dori  shakli  bo‘lib  suspenziya  hisoblanadi.  Bunday  dorivor  moddalarni  suspenziya 
to‘ldirilgan elastik kapsulalar ko‘rinishida tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. 
Dori  preparatlarni  eruvchanligiga  tanlangan  yordamchi  moddalar  -  solyubilizatorlar, 
yordamchi  erituvchilar,  yuza  faol  preparatlar  ta’siri  kattadir  va  ular  o‘z  navbatida  preparatni 
samaradorligini oshirishi  mumkin.  Bu qo‘shimcha moddalarni maqsadli ishlatish  kerakligini va 
dori shaklini tayyorlash texnologiyasini to‘g‘ri tanlash kerakligini ta’kidlaydi. 
 Qiyin eruvchi moddalarni eruvchanligini
 oshirish va shu bilan birga  biosamaradorligini 
oshirishning quyidagi bir nechta usullari mavjud: 
1.  Solyubilizatsiya  yordamida,  bunda  erituvchidagi  erimaydigan  yoki  qiyin  eriydigan 
birikmalarni  YUFM  yordamida  turg‘un  eritmaga  o‘z-o‘zidan  o‘tish  jarayoni  deb  ko‘riladi. 
Adabiyotlardan bu jarayon kolloid yoki qo‘shimcha eruvchanlik deb ataladi. 
2.  Individual  va  aralash  erituvchilarni  ishlatish  yo‘li  bilan  (benzilbenzoat,  benzil  spirti, 
propilenglikol, polietilenglikol, etilsellyuloza, demeksid, glitserin va boshqalar.). 
3.  Gidrotropiyadan  foydalanish  usuli  bilan.  Bunda  polyar  radikal  elektronodonor  o‘rnini 
bosuvchi  organik  moddali  gidrofil  komplekslarni  olinishi  ta’minlanadi.  Gidrotrop  moddalar 
misolida  natriy  salitsilati,  natriy  benzoati,  geksametilentetramin,  novokain,  antipirin, 
mochevina, glitserin, aminokislotalar va boshqalar xizmat qilishi mumkin. 
4. Tuz va komplekslar hosil qilish yo‘li bilan: 
a) qiyin eruvchi moddalar: asosli va kislotali birikmalar  natriy gidrokarbonati yoki ishqor bilan 
oson  eruvchi  tuzga  aylanadi.  Shu  usul  bilan  fenobarbital,  norsulfazol,  streptotsid,  osarsol  va 
boshqalarni oson eruvchi birikmalarga aylantirish mumkin; 
b)  yodning suvli  eritmalarini oson eruvchi  yod komplekslari  bilan  yodidlar va ishqorli  metallar 
yordamida olish; 
v)  polienli  antibiotiklarni  suvli  eritmalarini  (nistatin,  levorin  va  boshqalarni)  olish  uchun 
polivinilpirrolidondan  foydalaniladi.  Unda  suvda  erimaydigan  modda  solyublizator  bilan 


15 
 
koordinativ  bog‘lanib  suvda  yaxshi  eriydigan  kompleks  birikmalar  hosil  qiladi.  Bu 
yo‘nalishda boshlangan ilmiy tadqiqotlar murakkab fizik-kimyoviy sistema hisoblangan dori 
preparatlarida “dorivor modda - yordamchi modda”ga nisbatan  yangi qonuniyatlarni amalga 
oshishiga imkon beradi. 
5. Sintetik yo‘l - gidrofil guruhlarni molekula tuzilishiga kiritish: -ON; SOON; - SN
2
 – SOON; - 
SN
2
ON. Masalan: unitiol.    
Dorivor  moddaning  trepevtik  faolliligiga  shunigdek  uning  optik  xossasi  ham  o‘z  ta’sirini 
ko‘rsatadi. Optik izomerlar orasida kimyoviy farq yo‘q, lekin ulardan har biri polyarizatsiya nuri 
tekisligini ma’lum yo‘nalishida aylantiradi. Shunga qaramasdan kimyoviy tahlil ta’kidlaydiki, bir 
xil moddani turli izomerlari mavjud bo‘lgan dori preparatlari terapevtik jihatdan ekvivalent bo‘la 
olmaydi.  Preparatni  oshqozon  –  ichak  traktida  so‘rilishida  moddani  ionizatsiyalanish  darajasi 
katta  ahamiyatga  ega. 
Vodorod  ionlarini  konsentratsiyasiga
  bog‘liq  holda  dorivor  moddalar 
ionlashgan yoki ionlashmagan shaklda bo‘lishi mumkin. pH ko‘rsatkichi eruvchanlikga, dorivor 
moddalarni taqsimlanish koeffitsientiga, membrana potensialiga va yuza faolliliga ta’sir etadi. 
Suvsiz dorivor moddalar va kristallogidratlar ularni farmakologik ta’sirini o‘zgartiruvchi 
turli  eruvchanlikga  egadir.  Masalan:  kofein,  ampitsillin,  teofillin  suvsiz  eritmalari  ularni 
kristallogdratlariga nisbatan tezroq eriydi, demak tezroq so‘riladi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish