Polimorfizm
(grekcha, “poli-ko‘p, morphe - shakl”) – bu turli sharoitlarida kristallash
jarayonida kristallari bir-biridan simmetriya guruhi yoki shakli, fizikaviy, ayrim holatlarda
kimyoviy xossalari bilan farqlanuvchi kristallarni paydo qiluvchi kimyoviy moddaning
xususiyatidir.
Ma’lumki, polimorf modifikatsiyalarni ko‘pchilik kimyoviy va shu jumladan dorivor
moddalar hosil qiladi. Devi (1809) tomonidan uglerodni polimorfizmi (grafit, ko‘mir, olmos)
kashf etilgandan keyin bir polimorf modifikatsiyani ikkinchi turiga o‘tishi to‘liq o‘rganilgan.
Tadqiqotchilarni ta’kidlashlariga ko‘ra, moddaning
kimyoviy tarkibi
o‘zgarmay qoladi va sifat
ko‘rsatkichini baholashda qo‘llaniladi. Dorivor moddalardagi polimorfizm xossalarini o‘rganish
tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy mulohazalar A.I.Tensova, Xalebleyna,Bo‘she va Xalabalalar
ishlarida keltirilgan.
Kukun holdagi qattiq dorivor moddani zarrachalari turli tuzilishga ega bo‘lib (kristallik
yoki amorf), u moddalarni molekulyar strukturasini xususiyatlariga bog‘liqdir. Elektron –
mikroskopik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atomlarni molekulada joylashishi chegaralangan va
kristallanish jarayonida belgilangan sharoitda kristallarni yo‘naltirilgan o‘sishi natijasida dorivor
moddalar ko‘p holatlarda kristallik tuzilishga egadir.
Ularning amorf holatlari kamroq uchraydi. Har qanday dorivor modda ma’lum sharoitda
(
erituvchi, harorat, bosim va boshqalar
) ma’lum sistemada kristallanadi va ma’lum fizik-
kimyoviy xossalarga ega bo‘ladi (eruvchanlik, suyuqlanish harorati, nisbiy yuza, mustahkamlik,
shakl, zarracha o‘lchamlari va boshqalar). Sharoit o‘zgartirilganda modda boshqa sistemada
kristallanadi va o‘zga fizik-kimyoviy xarakteristikalarga ega bo‘ladi va mos holda boshqa
biologik samaradorlikkni ko‘rsatadi.
Kukunlarni mavjud AMH dagi fizik xossalari, ya’ni “kristal”, “mayda kristal”, “amorf”
va “yengil kukun” kabilar texnologik jarayon uchun yetarli, ammo terapevtik faolligiga ta’sirini
kristallokimyo berishi lozim.
Dorivor moddalarni idenfikatsiyalash uchun ettita kristallografik sistemalar mavjud
(singoniy) – monoklin, diklin, trigonal, tetragonal, geksagonal, rombik, kubik. I.Ya.Andronik va
F.V.Babilev kristallik dorivor moddalar uchun difraktogrammalar atlasini tuzib, kristallik
dorivor moddalarni difraksion spektrlari bo‘yicha identifikatsiyalash uchun informatsion-qidiruv
sistemasini ishlab chiqdilar. Atlas va avtomatlashtirilgan qidiruv sistemasidan foydalanish
dorivor moddalarni indentifikatsiyalashtirishni tezlashtiradi.
Suyuq va yumshoq dori shakllarida turli polimorf modifikatsiyalar hosil bo‘lishi mumkin
(masalan; erituvchilar o‘zgartirilganda, suyuq va yengil dori shakllariga turli qo‘shimcha
moddalar kiritilganda, quritilganda, tozalanganda, dorivor preparatlar tayyorlanganda va ularni
saqlash jarayonida).
Dorivor moddalar orasida polimorfizm hodisasi salitsilatlar, barbituratlar, sulfanilamidlar
va garmonal vositalar uchun xarakterlidir. Ko‘pchilik modifikatsiyalar uchun maxsus nomlar
bo‘lmagani uchun α, β harflari yoki I, II, III raqamlari bilan belgilanadi.
Dorivor vositalarni polimorf modifikatsiyalariga misollar ko‘p. Jumladan, atsetilsalitsil
kislotasini ikkita polimorf modifikatsiyasi mavjud bo‘lib, ulardan birini ikkinchisiga nisbatan
biologik aktivligi 1,5 barobar ko‘p. Levomitsetinni to‘rtta polimorf shakli mavjud, ulardan bittasi
100% lik faollikga ega, fenobarbitalda – o‘n bitta, testosteronda – oltita va hokazo. Amorf
modifikatsiya o‘zining xususiyatlari bo‘yicha kristallikdan farqlanadi. Masalan: novobitsinning
kristallik va amorf modifikatsiyalari mavjud. Amorf shakli kristallikka nisbatan 10 marta tezroq
17
eriydi.
Dorivor moddalarni polimorfizm xossasini hisobga olib va undan ratsional foydalanish
farmatsevtik va tibbiy amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir xil moddani polimorf modifikatsiyasi turli
Do'stlaringiz bilan baham: |