20
moddalar ko‘r-ko‘rona emas, balki aniq (konkret) individual substansiya bilan qo‘llanilishi
kerak.
Yordamchi moddalarning asoslanmay qo‘lanilishi davolanish effektining pasayishi,
zo‘riqishi, o‘zgarishiga yoki dori moddalarining davolanish faoliyatini batamom yo‘qolishiga
olib kelishi mumkin.
Yordamchi moddalarning dori vositasining terapevtik faolligiga ta’sirini adabiyotlarda
juda ko‘p misollar bilan keltirilgan. Masalan, laktoza izoniazidning faoliyatini minimumga olib
keladi, lekin testosteronning faoliyatini kuchaytiradi, barbitalnig faolitiyatini sekinlashtiradi.
Tvin-80 A, D, E vitaminlarining absorbsiyalanishini kuchaytiradi.
Yordamchi moddalar terapevtik ta’sirni nafaqat kuchaytira oladi, balki dori
moddalarining rezorbsiyalanish yo‘lini to‘sib terapevtik faoliyatini ham kamaytiradi.
Yordamchi moddalarning ta’siri o‘rganilayotgan ishlarda surtma va shamcha asoslariga
alohida e’tibor qaratiladi. Professor I.S.Axgixin natriy salitsilati, atsetilsalitsil kislotasi,
norsulfazol, efedrin gidroxloridi, teturam, izoniazid, PASK, ftivazid, furazolidon, butadion kabi
shamchalarda farmokinetikaga asoslarning turi ta’sirini o‘rgangan. Hattoki, asosga ozgina
miqdorda dimetilsulfoksid (DMSO) kiritilishi ta’sir etuvchi moddalarning absorbsiya tezligining
birdaniga oshishiga olib kelgan.
Yangi asoslarning ishlab chiqarish tufayli surtmalarning terapevtik ta’siri haqidagi
tassavurlar o‘zgardi. Emulsiya tipidagi asoslarning qo‘llanilishi dori moddalarning teri orqali
nisbatan oson diffuziyasini ta’minlaydi va dori moddalarining yog‘li va suvli fazaga kiritilish
imkoniyatini oshiradi.
Masalan, oqsil preparatlari, gelsimon tuzilishli, YUMB eritmalari oshqozon-ichak
traktida dori moddalarning rezobsiyasini qiyinlashtiradi (almagel). Vazelinda tayyorlangan
surtmalar faqat teri yuzasida ta’sir ko‘rsatadi, vazelin teri orqali yomon so‘riladi va o‘z navbatida
dori moddalarining so‘rilishiga ta’sir ko‘rsatadi (sulfanilamid surtmalari, fenollar, antibiotiklar
va boshqalar).
Vazelin-lanolin asosini polietilenglikol bilan almashtirilishi “Levosin” surtmasini
antimikrob ta’sirini 20-80 marotabaga oshirish imkoniyatini berdi. Bu surtmada , G.S.Bashur va
V.I.Bagdanov tomonidan levomitsetinga polietilenglikol-400ning (PEG-400) potensiyalovchi
effektidan qo‘llanilganligi kashf etilgan. Levometsitinning PEG-400da erishi tufayli unga har xil
mikroorganizmlarning sezgirligi oshadi (Vuda stafilokoklar va sena tayoqchalari 62 martaga,
patogen ichak tayoqchalari va dizenteriya bakteriyalari - 8 martaga).
Penitsillindan tashqari boshqa antibiotiklarning antimikrob ta’siri spektri shunga o‘xshash
asoslar qo‘llanilganda oshadi.
Yordamchi moddalarning biofarmatsevtik va farmakokinetik ko‘rsatkichlari dori
moddalarning hamma farmakologik xususiyatlarini ta’minlashi kerak, farmakoterapiyaning
zamonaviy talablariga javob berishi uchun. Yordamchi moddalarning asosiy ahamiyati dori
moddalarning farmakinetik modifikatsiyasiga va shundan so‘ng tuzilishining shakllanishiga olib
keladi.
Biofarmatsiya va farmakokinetika nuqtai nazaridan yordamchi moddalarga bunday
yondashuv dori moddalarining faoliyatining selektivligini katta darajada ta’minlash imkonini
beradi va dorilarning nojo‘ya ta’sirini kamaytiradi yoki butunlay yo‘qotadi.
Boshqacha aytganda,
yordamchi moddalarni ilmiy asoslab ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yordamchi moddalarning tanlanishi ilmiy va ratsional asos (iqtisodiy, estetik va
boshqalar)da
o‘tkaziladi, ya’ni ularning funksional tayinlanishi, biosamaradorligini
ta’minlanishi, texnologik tavsifi
va xususiyati, tejamkorligi va samaradorligi ko‘rib chiqiladi.
Shunday qilib, dori va yordamchi moddalarning xossalarining turlicha ekanligi va ular
assortimentlarining tezda o‘sishi mutaxassisning har qanday yordamchi moddalarning universal,
har qanday dori moddalari bilan ishlatilishiga aylanish harakatidan voz kechishiga majburlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: