Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Dori  shakli  –dorivor  modda  yoki  dorivor  o‘simlik  xom  ashyosini  ishlatish  uchun  qulay



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

         Dori  shakli  –dorivor  modda  yoki  dorivor  o‘simlik  xom  ashyosini  ishlatish  uchun  qulay 
holga keltirilgan shakli bo‘lib kerakli biofaollikni ta’minlovchi shaklga aytiladi. 
Dori  shaklining  zamonaviy  talqini  –  biofaol  va  yordamchi  moddalarning  dialektik 
birligini paydo qiluvchi hisoblanadi, shuningdek dori preparatlarinig optimal terapevtik ta’sirini 
ta’minlaydigan texnologik operatsiyadir. 
Dori  shakli  farmakoterapiya,  hamda  sanoat  ishlab  chiqarishning  strukturaviy  birligini 
namoyon  qiladi.  Dori  shaklining  mukamallashuvi  va  tayyorlanishida  asosiy  vazifa 
substansiyaning  ajralib  chiqishi  va  so‘rilishi  uchun  optimal  sharoit  yaratish  hisoblanadi.  Dori 
shakli javob berishi kerak bo‘lgan boshqa hamma talablar bu sharoitga bo‘ysinadi. 
Farmatsiya dori shaklini organizmga dori moddalarining transportirovka vositasi sifatida 
ko‘rib chiqadi. Shu sababli tabiiy  yo‘l  orqali dori  moddalaring organizmga  yuborilishi  osonligi  
e’tiborga  olingan  va  dori  vositalarning  70-80%    peroral  yo‘l  orqali  yuboriladi.  U  yoki  bu  dori 
shaklining  solishtirma  tadqiqoti  keltirilmadi,  amaliyotda  esa  dori  shakllaridan  eng  keng 
tarqalgani  tabletkalar  hisoblanadi  (hamma  TDP  ning  80%dan  yuqorisi).  Pediatriya  amaliyotida 
70%  gacha  suyuq  dorilar  tashkil  etadi.  Buni  shunday  qilib  tushuntirish  mumkin,  peroral  yo‘l  – 
eng qulay, lekin har doim ham samarali ta’sirga ega emas. Dori preparatini “per os” yuborilishi 
natijasida  ko‘pgina  dori  vositalar  enzimatik  parchalanishga  duch  keladi,  faolligini  yo‘qotadi, 
oshqozon-ichak  traktining  silliq  qatlamini  yallig‘lantirishi  mumkin,  pH  muhiti  2  dan  8  gacha 
kimyoviy ta’siriga uchraydi. Bunda hosil bo‘lgan mahsulotlar har xil asoratlarga olib keladi. 
Har  bir  preparatning  alohidaligi  va  bemor  patologiyasiga  rezorbsiya  jarayonning  ta’siri 
turlicha, shunig uchun dori vositalari har xil biosamaradorlikga ega. 
Dori  shaklining  biosamaradorlik  darajasi  faol  dori  vositasining  ajralib  chiqish  va 
so‘rilishi  tezligiga  va  oshqozon-ichak  traktiga  bilan  ta’siriga  uchrashi  bilan  aniqlanadi.  Dori 
vositasining dori preparatidan ajralib chiqish tezligi va mos holda biologik samaradorligi asosida 
barcha peroral dori shakllarini quyidagi qatorga joylashtirish mumkin: 
eritmalar – emulsiyalar – 
suspenziyalar – kukunlar- granulalar – tabletkalar
.   
Dorining shakli boshqa farmatsevtiek faktorlar bilan birgalikda terapevtik faollikka ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Muayyan  dori  shaklini  tanlash  dori  preparatlarining  terapevtik  ta’siriga  samarasini 
belgilaydi. Masalan,teofillin, eufillin, diprofillin, digoksinlarning tabletka dori shaklini shamcha 
holatiga almashtirilishi ularning biologik samaradorligini oshishiga olib keladi.      
Shuningdek,  bu  preparatlarning  rektal  shaklining  qo‘llanilishi  ularning  dozasini 
kamayishiga  olib  keladi.  V.V.  Nagornov,  V.O.  Golovkin,  I.L.  Kechin  ma’lumotlariga  ko‘ra 
in’eksiya  dori  shakllarini  rektal  dori  shakllari  bilan  almashtirish  mumkin,  chunki  ularning 
samaradorlik  darajasi  ine’ksiya  dori  shakllariga  teng  va  ular  tanani  jarohatlashni  oldini  oladi. 
Bundan tashqari, qon tomiri orqali yuborilgan preparatlar organizmdan tez chiqib ketadi, ayrim 
dori  preparatlarining  suppozitoriya  va  miroklizma  (masalan,  ksantiverin)  ko‘rinishida 
tayinlanishi  ularing  ta’sirini  uzaytirishi  bilan  baholanadi.  Nitroglitserinning  ta’sirini  uzaytirish 


22 
 
maqsadida  “Nitroderm”  malhamini  tabletka  o‘rnida  ishlataish  tavsiya  qilinadi.  Ishemik 
kasalliklarni  davolashda  keng  ishlatiladigan  “Trinitrolong”  preparatini  plastinka  ko‘rinishida 
yuborgan yaxshiroq. Bu dori shakli preparatlarini individual dozalash imkonini beradi, uzluksiz 
va  maksimal  terapevtik  ta’sirini  ta’minlaydi.  Statistik  ma’lumotlarga  asosan  tahminan 
bemorlarning  30%  tabletkalar  va  kapsulalar  qabul  qilganda  qiyinchilikni  his  etadi,  shuning 
uchun  ular  tabletkalarni  maydalaydi  va  kapsulalarni  ochadi.  Bemorlarning  23%  eruvchan  dori 
shakllarini  ma’qul  ko‘radilar.  Buni  inobatga  olib  sanoatda  oxirgi  shakldagilarni  ishlab  chiqish 
joriy  qilinyapti.  Ya’ni,  masalan,  oddiy  amoksillin  (biosamaradorligi  75%)  o‘rniga  “Flemoksin 
solyutab” (biosamaradorligi 95%) preparati ishlab chiqarilayapti. 
Dori shakli tanlanganda bir vaqtning o‘zida organizmga dori preparatining yuborilishi yo‘li 
ham aniqlanadi. 
Organizmga dori preparatining yuborilish yo‘lining har biri o‘zining afzalligiga ega, lekin 
ularning hammasi ham doimo effektiv emas.U yoki bu sabablarga ko‘ra ayrim paytlarda preparat 
vena  qon  tomiri  orqali  yuborilganda  ham  biomasaradorlikni  ta’minlamaydi.  Masalan, 
xoriogoninni  in’eksiya  ko‘rinishida  qo‘llanilganda  bemor  holatining  emotsional  o‘zgarishi, 
allergik  reaksiyalar kuzatilgan, rektal dori shaklida  yuborilganda aks  ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
bo‘lmagan.  
     
Shunday  qilib,  dori  shakli
 
qo‘llash  uchun  qulay,  foydali  va  ratsional  bo‘lishi  nafaqat 
iqtisodiy,  estetik  tomondan,  balki  eng  asosiysi  praparatning  farmakodinamik  va 
farmokoterapevtik nuqtai nazardan zamonaviy talablarni to‘la ta’minlashi kerak


Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish