Gidromeliorativ


Gidromexanizatsiyalashgan yer ishlari



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

2.5. Gidromexanizatsiyalashgan yer ishlari
Gidromexanizatsiya – gruntni qazish, tashish va joylashtirish 
ishlari suv yordamida amalga oshiriladigan yer ishlarini bajarish 
usulidir.
Qazish joyida grunt suv bilan yuviladi, hosil bo‘lgan gidro-
aralashma (pulpa) tuproq kanallar yoki novlar bo‘yicha o‘zi oqib 
yoki  quvurlar  bo‘yicha  bosim  ostida  profilli  to‘kmalarga  yoki 
tuproqtepalarga joylashtirish joyiga tashiladi.
Gruntni qazish ishlarini yer qazish mexanizmlari yoki portlatish 
usuli  bilan  bajarish,  suv  yordamida  faqat  gruntni  tashish  va 
joylashtirish mumkin.
Joylashtirish joyida gidroaralashmani oqish tezligi sekinlash-
ganda tuproq zarralari undan ajraladi, tiniqlashgan suv yaqin oradan 
suv manbayiga tashlanadi.
Gidromexanizatsiyaning keng qo‘llanilishi bu usulning ko‘pgina 
ij  obiy  sifatlari:  uskunalarning  soddaligi;  ish  unumdorli  gining 
yuqoriligi; gruntni suv ostidan qazish imkoniyati mavjudligi bilan 
tushuntiriladi.
Gidromexanizatsiya usulining kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 
ko‘p miqdorda suvga bo‘lgan talab; asosan, bog‘lanmagan va kam 
bog‘langan gruntlarni qazish mumkinligi; suvni ko‘tarish uchun ko‘p 


57
energiya talab qilinishi (1 m

gruntga 10 m
3
 suv); har joyda ishlarni 
bajarganda qo‘llash qiyinligi.
Gidromexanizatsiya quyidagi turdagi ishlarni bajarish uchun 
qo‘llaniladi: tuproqtepaga tashish bilan kanallarda va kotlovanlarda 
gruntni qazish; profilli to‘kmalar (to‘g‘onlar, dambalar)ga tashish va 
joylashtirish bilan konlarda gruntni qazish; kanallar va tindir gichlarni 
yotqiziqlardan tozalash; tog‘lardagi va o‘zanlardagi konlarda qum va 
shag‘alni ishlab chiqarish.
Gidromexanizatsiyadagi asosiy jarayonlarni - gruntni qa-zish, 
tashish va joylashtirish - qazish turi, tabiiy sharoitlar va obyektning 
qo‘llanilishiga qarab turli usullar va vositalar bilan bajarish mumkin.
Tajribada – suv oqimi va surilish hamda yuvilish bilan qazish; 
bosimli va o‘zi oqib toshish; profilli to‘kmalarga va tuproqtepalarga 
joylashtirish qo‘llaniladi.
Suv oqimi bilan yuvib qazish (monitor usuli) suv bilan ko‘- 
milmagan  zaboylarda  qo‘llaniladi.  Bu  usulda  suv  ta’minlovchi 
manbada  vaqtinchalik  nasos  stansiyasi  quriladi,  undan  suv 
uzatkichlar bo‘yicha suv zaboyga kompakt oqimni tashkil qilish 
uchun mexanizmlar gidromonitorlarga uzatiladi. Suv oqimi bilan 
yuvilgan grunt pulpa ko‘rinishida tuproq suruvchi stansiya yordamida 
chiqarib olinadigan chuqurchaga yig‘iladi va profi lli to‘kma yoki 
tuproqtepaga joylashtirish joyga pulpa uzatkichlar bo‘yicha uzatiladi. 
Joylashtirish joyida grunt aralashmasi ajraydi va tindirilgan suv, suv 
manbayiga tashlanadi. Ishlarni bajarish monitor usulida grunt suv 
tezligi 20...60 m/s bo‘lganda yuviladi, pulpa 1,5...4,0 m/s tezlikda 
tashiladi, joylashtirish joyida pulpa oqimining tezligi 0...0,5 m/s ni 
tashkil qiladi.
Suv ostidan sug‘orish bilan (refuler usuli) gruntni qazish.
Konda yoki qazilma (kanal, kotlovan)da grunt suzuvchi tuproq, 
suruvchi uskuna bilan qaziladi. Buning uchun qazish joyi suv bilan 
ko‘milgan bo‘lishi kerak. Quyqa boshida suruvchi, keyin esa magistral 
pulpa uzatkich bo‘yicha to‘kmaga uzatiladi. Ishlarni bajarishda 
bu usulda grunt surg‘ich oldida 1,5...2,0 m/s tezlikda surish bilan 
qaziladi, monitor usulidagidek tezliklarda tashiladi va joylashtiriladi.
Gidromexanizatsiyani qo‘llash suvning mavjudligi va qazila 
digan gruntning xossalari bilan aniqlanadi.


58
Grunt  xossalarini  baholashda  grunt  zarralarining  o‘rtacha 
diametri; mexanik tarkibining xilma-xilligini hisobga oluvchi koeffi 
-tsiyent; zarralarning gidravlik yirikligi; obraziv xossala-rini hisobga 
olishga to‘g‘ri keladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish