52
bu yerda:
V
v
– suv hajmi, m
3
;
V
g
– shibbalanayotgan grunt hajmi,
m
3
; – gruntning shibbalanishdan oldingi skeletining zichligi, t/m
3
;
W
o
– gruntning optimal namligi, %;
Wk
– gruntning qo‘shimcha
namlashdan
oldingi namligi, %.
To‘g‘on tanasida gruntning zarur zichligi
y
(t/m
3
) yoki suv sizilish
koeffitsiyenti K (m/sutka), odatda, loyihada ko‘rsatiladi. Muayyan
gruntlar uchun bu ko‘rsatkichlar zichligi har xil bo‘lgan grunt
namunalarini laboratoriyada suv o‘tkazuvchanlik nuqtayi nazaridan
sinash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shibbalab o‘tishlar soni, odatda, 6...14 ni tashkil etadi.
Shibbalovchi mashinalar gruntga ta’sir ko‘rsatish usuliga
ko‘ra uch guruhga: statik, dinamik va titrama ta’sir ko‘rsatuvchi
mashinalarga ajratiladi.
Gruntlarni shibbalash sxemalari va shibbalovchi mashinalardan
foydalanish sohasi 4.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Tuzilishiga ko‘ra g‘altaklar uch xil: tekis, kulachokli va havo
to‘lg‘azilgan g‘ildirakli bo‘ladi. Gruntlarni avtomashinalar va
skreperlarning yo‘l-yo‘lakay qatnovi bilan shibbalash mumkin.
Shibbalovchi mashina uch belgiga ko‘ra: shibbalanuvchi grunt
ning mustahkamlik chegarasi, shibbalanayotgan grunt qatlamining
qalinligi va haydash uzunligiga (u grunt yotqizilgan xaritaning
uzunligi va kengligiga bog‘liq bo‘ladi) ko‘ra tanlanadi.
Tekis va havo to‘lg‘azilgan g‘ildirakli g‘altaklar hamda shib-
balovchi plitalar uchun gruntga tushadigan maksimal bosim CTmax
gruntning mustahkamlik chegarasi σ
r
ga teng yoki yaqin bo‘lishi
lozim. N.Ya.Harxut tavsiyasiga ko‘ra:
σ
max
= (0,8...0,9) σ
r
.
(2.12)
Kulachokli g‘altaklar uchun gruntga tushadigan bosim gruntning
mustahkamlik chegarasidan katta bo‘lishi mumkin:
σ
max
>
σ
r
.
(2.13)
Kulachoklarning tayanch sirtiga tushadigan solishtirma bosim
yengil qumli loylar uchun (70...150)·10
4
Pa, o‘rtacha qumli loylar
uchun (150...400)·10 og‘ir qumli loylar uchun (300...600)·10
4
Pa
bo‘lishi lozim.
53
Gruntning namligi optimal darajadan past bo‘lsa, shibbalash
faol zonasining chuqurligi
W
k
/
W
o
baravar kamaytiriladi. Bog‘lanishli
gruntlarni barcha turdagi g‘altaklar bilan, bo
‘
g
‘
lanishsiz gruntlarni
kulachokli g‘altaklardan tashqari barcha g‘altaklar bilan shibbalash
mumkin. Serg‘ovak bog‘lanishsiz, yaxshi bog‘lanmagan va o‘ta
nam gruntlarni chuqurlik gidrovibratorlari bilan shibbalash mumkin.
Masalan, S-629 gidrovibratori bilan bunday gruntlarni 10 m gacha
chuqurlikda shibbalash mumkin (2.10-e rasm).
2.10-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: