Gidromeliorativ


Sepma tuproqdan to‘g‘on va dambalar qurilishi. To‘kma



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

2.4. Sepma tuproqdan to‘g‘on va dambalar qurilishi. To‘kma 
to‘g‘onlar va dambalar qurish
To‘kma tuproq to‘g‘onlar va dambalar qurish ishlarining majmuyi 
quyidagi  qurilish  jarayonlaridan  tashkil  topadi:  to‘kma  o‘rnini 
belgilash, zaminni tayyorlash va drenaj qazish; karyerda ishlarni 
amalga oshirish va gruntni to‘kmaga yetkazishni tashkil etish; to‘kma 
tanasiga gruntni yotqizish; to‘kilgan tuproq qiyaliklarini rejalash va 
mustahkamlash; karyerlarni rekultivatsiya qilish.
To‘g‘onlar va dambalarni rejalash joyda to‘kma cho‘qqisining 
o‘rnini, to‘kma tanasi zaminining konturini hamda uning boshqa 
elementlarini aniqlashdan iborat.
To‘kma o‘qining ikkala uchi va ulardan 20...30 m masofadagi 
nuqtalar stvorda beton yoki temir to‘sinlar bilan mahkamlanadi. 
Stvorda kesim qoldirilishi lozim. Relyefning o‘ziga xos joylarida, 
biroq  kamida  har  10...20  m  oraliqda  to‘kmaning  ish  belgilari 
qo‘yiladi. To‘g‘on o‘qidagi shu nuqtalardan to‘kma zaminining 
konturigacha bo‘lgan perpendikulyarlar uzunligi quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlanadi:


48

= (
b
/2) + 
hm

  (2.5)
bu yerda: 

– qiyaliklarning yotishi; 

– to‘g‘on cho‘qqisining 
kengligi, m; 

– stvorning ko‘rib chiqilayotgan nuqtasida to‘g‘on 
balandligi, m.
To‘kma  konturining  topilgan  nuqtalari  qoziqlar  bilan 
mustahkamlanadi va ularda qiyalik belgilari o‘rnatiladi. To‘g‘on 
cho‘qqisi  balandlik  va  qiyalik  belgilari  bilan  belgilanadi. 
Yog‘och qoliplarni to‘kma tanasida qoldirish mumkin emas; 
ular  chiriydi  va  ularning  o‘rnida  filtratsiya  uchun  xavfli 
bo‘shliqlar (ariqchalar) qoladi.
To‘kma zaminini tayyorlash to‘kma zaminidagi o‘simlik grunt, 
balchiq va torf qatlamini transport mashinalari, buldozerlar yoki 
skreperlar  yordamida  olib,  quyi  befga  tashlashdan  boshlanadi. 
So‘ngra zaminning ustki qatlami yumshatkichlar bilan yoki 0,3 m 
gacha chuqurlikda shudgorlab yumshatiladi va to‘kma tanasi loyihada 
belgilangan zichlikka yetgunga qadar g‘altaklar bilan shibbalanadi. 
Shu tariqa to‘kmaning sun’iy tanasidan tabiiy zamingacha bo‘lgan 
o‘tish zonasi yaratiladiki, bu to‘kma ostida filtratsiyaning kamayi-
shiga ko‘maklashadi.
Zaminni tayyorlash bilan bir vaqtda unda (zarur holda) filtrat-
 
siyaga qarshi qurilmalar: tish, qulf, diafragma, inyeksiyali qoplama 
o‘rnatiladi.
Agar  to‘kma  to‘g‘on  yoki  damba  zamin  sirti  ochilganidan 
ancha keyin va qishgacha qurilayotgan bo‘lsa, zaminda gruntning 
20...30 sm qalinlikdagi himoya qatlami qoldiriladi. Inshootni qurish 
bahorga qoldirilgan bo‘lsa, loyli gruntlarda zaminda 1...1,5 m gacha 
qalinlikdagi himoya qatlami qoldiriladi.
Drenajlar qazish quyidagicha amalga oshiriladi. Har bir drenaj 
ikki asosiy qismdan: teskari filtr ko‘rinishida qurilgan suv qabul 
qiluvchi hamda shag‘al, tosh to‘kma yoki drenaj quvurlaridan kuzatuv 
quduqlari va suv chiqargich ko‘rinishida qurilgan suv chetlatuvchi 
qismlardan tashkil topadi.
Bir ekskavatorga to‘g‘ri keladigan ag‘darma mashinalar yoki 
traktor telejkalari soni teng:


49
N
a
 

P
e
 
/
P
a

(2.6)
Ekskvatorning ish sharoitini yaxshilash uchun grunt transport ga 
cho‘michni to‘ldirib yuklanishi lozim. Bir transport birligiga to‘g‘ri 
keladigan gruntning to‘la cho‘michlari soni (≈ 4 – 5) quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlanadi:
m = G/ 

k qK
n
K’
r

(2.7)
bu  yerda: 

–  ekskavator  cho

michi  sig‘imining  geometrik 
sig‘imi, m
3

K
n
, K’
r
 – 
to‘lish hamda g‘ovak grunt hajmini tabiiy 
holatdagi hajmga keltirish koeffitsiyentlari.
Cho‘michlarning  butun  soni  qabul  qilinib,  kichik  tomonga 
yaxlitlanadi va 
Q
k

mq K
n
K

r
 
olinadi.
Sanab o‘tilgan operatsiyalar tutash sikl bo‘lib, vaqtda o‘zaro 
bog‘lanadi, shu bois ularni bir vaqtda va uzluksiz bajarish lozim. 
Ishni shu prinsip asosida tashkil etish uchun to‘kma maydonini 
balandlik bo‘yicha har 2...4 m oraliqda uchastkalarga ajratish lozim. 
Bu uchastkalar 
grunt yotqizish xaritalari 
deb ataladi. Operatsiyalar 
soniga ko‘ra, sathda to‘rt xarita bo‘lgani ma’qul. To‘rtala xaritada bir 
vaqtda mashinalar ishlaydi va bittadan operatsiyani bajaradi, so‘ngra 
mashinalar ma’lum vaqt (smena, sutka, bir necha sutka) o‘tgach, bir 
xaritadan boshqa xaritaga ko‘chib o‘tadi.
Vaqt birligida to‘kmaga keluvchi grunt hajmi 
grunt oqimi 
deb 
ataladi. U soat, smena, sutka, bir necha sutka bilan hisoblanishi 
mumkin va xaritada operatsiyani bajarish muddati (soat, smena, sutka, 
bir necha sutkada)ga bog‘liq bo‘ladi.
Grunt oqimi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


P
a
N
a
N
e

(2.8)
bu yerda: 
N
a
 
- bir ekskvatorga to‘g‘ri keladigan transport mashinalari 
soni; 
P
a
 
- bir mashinaning ish unumdorligi, m
3
/ soat; 
N
e
 
– karyerda 
bir vaqtning o‘zida ishlayotgan ekskavatorlar soni.
Xarita maydoni 
Fk 
qabul qilingan grunt oqimi 

va xarita 

da 
gruntni yotqizish qatlamining qalinligiga bog‘liq bo‘ladi:
F
k
 

P/h. 
(2.9)
Biron-bir belgidagi xaritalar soni quyidagi formula bo‘yicha 
aniqlanadi:


50
N
k
 

F
n
/
F
k

(2.10)
bu yerda: 
Fn 
– to‘kma maydoni, m
2

F
k
 
bir xarita maydoni, m
2
.
2.9-rasm. 

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish