Gidromeliorativ


Yer ishlarini bajarish usullari, qo‘llanish sharoitlari



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Yer ishlarini bajarish usullari, qo‘llanish sharoitlari
Ish turini belgilovchi qurilish jarayonida ishlatiladigan material 
asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Qurilishda qo‘llaniladigan 
materialning xossalarini hisobga olib, ishchilar ixtisosliklar bo‘yicha 
ajratilgan, maxsus qurilish tashkilotlari tuzilgan.
Gidromelioratsiya qurilishi sohasida tuproq, beton, temir-beton, 
yigʼish, gidroizolyatsiya, qoziq qoqish, tosh, yog‘och, yuk tashish kabi 
ishlar ko‘p uchraydi. Suv xo‘jaligi qurilishida bajariladigan ishlarning 
asosiy qismini tuproq va beton ishlari tash kil qiladi. Misol uchun, 
melioratsiya qurilishiga sarflanadigan umumiy mablagʼning 60-90 
foizini tuproq ishlari, daryo o‘zanida quriladigan gidromeliorativ 
inshoot uchun sarflanadigan umumiy mablagʼning 60-80 foizini 
beton va temir-beton ishlari tashkil qiladi. Suv xo‘jaligi qurilishida 
bajariladigan ish turlarini belgilashda obyekt quriladigan yerning 
tabiiy sharoitiga, geologik va gidrogeologik xususiyatlariga e’tibor 
qilinishi shart, chunki obyekt quriladigan yerning grunti gʼovak, 
cho‘kuvchan, o‘zaro bog‘lanmagan va suvga to‘yingan holatda 
bo‘lsa, qurilish davrida murakkab usullarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek,  qurilishda  ishchi  kuchlari  va  mashina-mexa-
nizmlardan yil davomida bir xilda foydalanish uchun qish faslida 
ham ishni davom ettirishga to‘g‘ri keladi. Qish faslida qurilish 
ishlarini tashkil qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar (muzlagan 
gruntni yumshatish, betonni muzlashdan saqlash va boshqa ishlarni) 
bajarishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha ishlarning yuzaga kelishi 
natijasida obyekt qurilishiga sarflanadigan mablag‘ miqdori, qurilish 
bajarilayotgan joyga qarab (janubiy rayonlarda - 2 %, markaziy 
rayonlarda - 7 
%, 
shimoliy rayonlarda - 15 %) ko‘payadi.


23
Yer ishlarini bajarishda, asosan, gruntga ishlov beriladi. Bu-
gungi kunda ishlov berishning quyidagi usullar mavjud: mexanik; 
gidromexanizatsiya; portlatish; qo‘l kuchi.
Bu usullar bir vaqtning o‘zida birgalikda ham qo‘llaniladi. Mi-
sol: mexanik-portlatish - qo‘l kuchi; mexanik-gidromexanizatsiya 
va h.k.
Mexanik  usulda  gruntga  ishlov  berish,  tashib  keltirish  va 
joylashtirish mashina-mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi.
Gidromexanizatsiya usulida esa gidravlik qonunlarga asoslangan 
holda gruntga ishlov beriladi, hosil bo‘lgan loyqa qurilish maydoniga 
oqizib keltiriladi va joylashtiriladi.
Portlatish usulida har xil mexanizmlar yordamida zaryadlar 
uchun  quduqchalar  qaziladi.  Qazilgan  quduqchalarga  zaryadlar 
joylashtirilib, so‘ngra zaryad portlatiladi. Zaryad portlashi natijasida 
yuzaga keladigan energiya hisobiga yer ishi bajariladi. U yoki bu 
turdagi gruntga ishlov berish usulini tanlash kerak bo‘lsa, bu holda 
ishlov beriladigan gruntning fizik xususiyatlariga, ko‘tarma yoki 
qazilma  shakli  va  o‘lchamlariga,  mexanizatsiya  quvvatiga,  suv 
zaxirasi bor yoki yo‘qligiga, bir birlikdagi ish hajmining bahosiga, ish 
hajmiga, ishning murakkabligiga, bir birlik ishni bajarishga ketadigan 
energiyaga, energiya manbasining bor yoki yo‘qligiga, ishni bajarish 
vaqtiga e’tibor qilinishi lozim. Agarda berilgan ishni bir necha usul 
bilan bajarish imkoni bo‘lsa, bu holda ishni bajarish usuli iqtisodiy 
taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish