Javdar donini silos elevatordan bo‘shatib olishda o‘z-o‘zidan
saralanishi
Namuna
tartib
raqami
Namuna olingan
vaqt
Hajm
og‘irligi
g/l
Ezilgan
donlar,
%
Puch
donlar,
%
Begona
o‘t urug‘-
lari, %
Yengil orga-
nik chiqin-
dilar, %
1
Bo‘shatish boshida
658
0,9
1,1
2,2
0,2
2
30 daqiqa o‘tgach
666
1,8
1,5
1,8
0,7
3
>>1 c
669
1,6
3,4
2,4
0,2
4
>>2>>
658
2,3
3,9
3,5
0,6
5
>>3>>
651
1,3
3,8
2,8
0,4
6
>>3>>30>>
660
3,5
5,0
1,9
1,0
7
>>3>>50>>
654
4,3
4.8
2,7
0,4
8
>>4>>05>>
632
1,8
5,6
4,2
1,1
9
>>4>>20>>
632
1,4
2,9
2,1
0,8
10
>>4>>27>>
576
2,5
13,9
6,5
9,1
11
>>4>>31>>
496
1,7
9,0
11,5
8,4
56
S.G. Gerasmov o‘z tajribalarida turli silos elevatorlardan quruq
bug‘doy doni oqib tushishining uchta holatini asoslab berdi: me’yoriy,
assimetrik va simmetrik.
4-sxema. Siloslardan don uyumining turlicha
oqib tushish sxemasi.
57
Me’yoriy oqimda (a-rasm) birinchi navbatda chiqarish teshigining
yuqorisida joylashgan vertikal qatlamdagi donlar oqib tusha boshlaydi.
Oqim uzluksiz ravishda yuqorigi yon qatlamlarga tomon siljib
boradi. Bunday oqim yuklash va chiqarish teshiklari simmetrik
joylashgan hamda diametri balandligiga mos kattalikda bo‘lgan
siloslarda yuzaga keladi. Shuning uchun bunday siloslarning markaziy
ustunida joylashgan don uyumi sifati yon tomondagilarga nisbatan
ancha yuqori sifatga ega bo‘ladi.
Asimmetrik oqim (b-rasm) diametri katta bo‘lgan hamda yuklash
va chiqarish teshiklari nosimmetrik joylashgan siloslarda kuzatiladi.
Bunday siloslardan donni chiqarishda markaziy ustun bilan bir qatorda
unga jipslashgan yon devordagi don uyumi ham oqib tusha boshlaydi.
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, markaziy ustunning o‘ng tomonga
bo‘lgan yuqori bosimi natijasida mazkur tomondagi donlar chap
tomonga nisbatan ilgariroq chiqib ketadi.
Simmetrik oqim (v-rasm) asosan tor siloslarda kuzatiladi. Bunday
siloslardan donni tushirishda don uyumi bir tekis pastga harakatlana
boshlaydi.
Markaziy ustundagi qatlam yon tomonlarga nisbatan bir oz tez
harakatlanadi. Don uyumi silosning yarmiga yetganda oqim tobora
me’yoriylashib boradi.
Rim raqamlarida don uyumi bo‘limlarining oqish navbati aks
ettirilgan.
Ko‘pgina mutaxassislarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, donni
silosdan chiqarishda faqat bitta markaziy oqim harakatlanadi. Oqimning
holatiga donning namligi bevosita ta’sir etadi. Yuqori namlikka ega
bo‘lgan donni chiqarishda simmetrik oqim kuzatilmaydi.
Shunday qilib o‘z-o‘zidan saralanish oqibatida omborlarda
saqlash uchun joylashtirilgan donning bir jinsliligi buziladi. Bu esa
donning qisman yoki butunlay nobud bo‘lishiga olib keluvchi salbiy
fiziologik jarayonlarni vujudga keltiradi. Yetarlicha nazorat bo‘lma-
ganda fiziologik jarayonlar faol kechib, don butunlay o‘z-o‘zidan qizib
qoladi. Shuni esda tutish lozimki, o‘z-o‘zidan saralanish salbiy fizik
xossa bo‘lib, uni yo‘qotishga qaratilgan barcha tadbirlar hali-hanuz o‘z
yechimini topgani yo‘q. Shuning uchun donning sifat ko‘rsatkichlarini
aniq belgilash, shu bilan bir qatorda namunaning aniq bo‘lishida mazkur
fizik xususiyatni e’tiborga olish lozim.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |