10.4. Mahsulot sifat nazorat tizimi
I.
Sifat nazorati tizimini yaratish.
Buni quyidagi taxlitda amalga oshirish mumkin:
1.
Iste’molchilar talabini qondirish yoki ularning xoxishistaklarini aniqlash uchun
loyihalash (ishlab chikish) bosqichida sifat yaratish, sifat loyihasiga asos qo‘yish va
iste’molchiga yangi mahsulot yoki xizmatni ilgarigidanda tezrok etkazish. Sifatni
boshqaruvning yangi modelida (TQM) loyihalash jarayonida loyihaning xar bir
jixatini, jumladan, ishlab chiqarish, etkazib berish va xizmat ko‘rsatish kabilarni
xisobga olish uchun korxonaning turli bo‘limlaridan (marketing, konstruktorlik, ishlab
chiqarish va boshka bo‘limlar) xodimlar birga yig‘ilishadi. Iste’molchilarning xoxish-
istaklari nimadan iborat ekanligi va korxona goyalarining iste’molchilar talablariga
kanchalik javob berishini tushunib olish uchun korxona uz jamoasiga iste’molchilarini
xam taklif etishi kerak. SHuningdek, korxona uzining muxim ta’minotchilarini xam
ularning professional bilimlaridan naf chiqarish va ularning potensial imkoniyatlariga
baxo berish uchun ushbu jarayonga ularni xam jalb etishi kerak.
2.
Barcha ishlab chiqarish jarayonlarida sifat bo`yicha ilmiy usullar va
instrumentlarni qo`llash. Ushbu usullar va instrumentlar sifat soxasida qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun boshqaruv faoliyatini amalga oshirish va boshqariladi- gan
ob’ektlarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish yo`llari va usullarini ifoda etadi xamda sifat
muammolarini xal etish va korxona faoliyatini yaxshilash imkonini beradi.
292
3.
Loyihalashning muvofikligi va foydalanishga yarokliligi sifatni boshqaruvning
bosh maqsadi sifatida karalishi lozim. Bu o`rinda korxonalarga yaponcha «turt sifat
darajasi» nomli konsepsiyani qo`llash tavsiya etiladi:
-
birinchi daraja
- standartga moslik. Bunda sifat standart talablariga muvofik
yoki nomuvofik sifatida baxolanadi;
-
ikkinchi daraja
- foydalanishga yaroklilik. Mahsulot nafakat standart talablariga
muvofik bulishi, balki iste’mollilik, foydalanish (ekspluatatsion) talablariga xamjavob
berishi kerak, chunki fakat shundagina bozorda unga nisbatan talab mavjud buladi;
-
uchinchi daraja
- bozordagi amaldagi talablarga muvofiklik. Ideal deb
karalganda, bu arzon narxda taklif etila- digan yukori sifatli mahsulot, degani. Arzon
narxda yukori sifatli mahsulot ishlab chiqarishning yagona yo`li defektsiz ishlab
chiqarishdir. Bunday ishlab chiqarish, avvalo, korxona ishchi-xodimlarining mahsulot
sifati juda muxim ekanligini yaxshi anglashi va ularning doimo mahsulot yukori sifati-
ni ta’minlash uchun xarakat qilishiga boglik;
-
turtinchi daraja
- yashirin extiyojlarga muvofiklik. YAshirin extiyojni xisobga
olib ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvda ustunlikka ega buladi. Iste’molchi uzi nima
xoxla- shini, kup xollarda, yaxshi bilmaydi. Bozorda boshkalariga uxshamagan,
kutilmagan biror mahsulot chikishi bilan u aynan usha mahsulot unga kerak ekanligini
tushunib etadi.
4.
«Nol defektlar» konsepsiyasini qo`llab-quvvatlash va keng qo`llash, zero,
mazkur konsepsiyada korxona uchun bir qator ijobiy jixatlar mavjud, ular orasidan
qo‘yidagilarni sanab utish mumkin:
-
asosiy e’tiborni defektlarni aniqlash va ularni tugrilashga emas, balki defektlar
paydo bulishining oldini olish- ga karatish;
-
ishlab chiqarishda xarakatlarning defektlar darajasini kamaytirishga karatish;
-
iste’molchiga nuqsonlardan xoli mahsulot kerak ekanli- gi xamda aynan mana
shunday mahsulot ishlab chiqarish kerakligini anglab etish;
-
korxona raxbariyati uzok muddatga muljallangan sifatni oshirish bo`yicha
maqsadlarni aniq belgilab olishi («sifat siyosati»ni ishlab chikish) kerakligi;
293
-
korxona ish sifatini nafakat ishlab chiqarish jarayonlari sifati bilan, balki
noishlab chiqarish bo‘limlari faoliyati sifati bilan xam belgilanishini anglab etish. Bu
kabi bo‘limlar faoliyati xizmatlar ko‘rsatish faoliyati sifatida karaladi;
-
sifatni ta’minlash faoliyati moliyaviy taxlilini olib borish zarurligini e’tirof etish.
5.
Potensial nomuvofikliklar sabablarini bartaraf etish va ularning vujudga
kelishini oldini olish uchun profilaktika tizimini joriy etish (ISO 9000 standarti goyala-
riga kura, sifat menejmenti tizimi shunday faoliyat kursatishi kerakki, bunda
muammolarni vujudga kelib bulganidan keyin aniqlash emas, balki ularning oldini
olishga muvaf- fak bulinsin). Nomuvofikliklarning oldini olish bo`yicha choralar
qo‘yidagilardan iborat bulishi mumkin: texnologik uskuna va kurollarni majburiy
almashtirish, asbob-uskuna- larni rejali va extiyot chorasi sifatida ta’mirlash, texnik
xizmat ko‘rsatish, barcha ish o`rinlarida kerakli xujjatlarni ta’minlash xamda eskirgan
xujjatlarni uz vaktida chiqarib tashlash va xokazo;
6.
Korxonadagi barcha ishchilarga asbob-uskunalar va kurilmalardan optimal
foydalanish, shuningdek, ularni mustakil ravishda ta’mirlash ishlarini urgatish.
7.
Sifat darajasini baxolashda belgilanadigan aniq natijalarni qo`lga kiritish uchun
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
8.
Asbob-uskuna va kurilmalar ishlashi uchun zaruriy sharoitni (xarorat, namlik va
xokazo) ta’minlash.
9.
Asbob-uskunalar va kurilmalarni standartlashtirish va davriy ravishda tekshirish
bo`yicha ilmiy dastur tuzish.
10.
Bajariladigan ish sifati darajasini uzluksiz ravishda baxolab borish.
11.
Teskari alokani yo`lga qo‘yish.
II.
Sifat nazorati tizimini joriy etish.
Sifat nazorati tizimini muvaffakiyatli joriy etish uchun bu jarayonga
korxonaning barcha xodimlari ishtirok etishi xamda sifatni boshqaruvning ilmiy
asoslarini joriy etish talab etiladi. Tadqiqot olib borilgan korxonalar etar licha mablag
ajratishlari, ishchilardagi ruxiyat va ishtiyokni oshirish xamda ularning xizmatlarini
e’tirof etish orqali ularni moddiy va manaviy qo`llab-quvvatlashlari, ragbatlan-
tirishlari zarur.
294
Sifat nazorati tizimini joriy etilganidan so`ng, sifatni boshqaruv bo`yicha
zamonaviy yondashuvlarning kanchalik muvaffakiyatli tatbik etilayotganlini baxolash
ishlari olib borilishi (birinchi bosqich) lozim va ushbu baxolash asosida keyingi
bosqichlar xakida karor kabul qilish kerak.
Agar sifatni boshqaruv bo`yicha zamonaviy yondashuvlarni qo`llash yuzasidan
berilgan baxo ijobiy bulmasa, korxona mazkur yondashuvlarni tatbik etishda keyin
davrlarda yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bu xolatni kayta kurib
chikishi zarur.
Agar sifatni boshqaruv bo`yicha zamonaviy yondashuvlarni qo`llash yuzasidan
berilgan baxo ijobiy bulsa, korxona keyingi bosqichga (sifatni ta’minlash bo`yicha
zamonaviy yondashuvlarni tatbik etish) utishi mumkin.
Ikkinchi bosqich: ISO 9000 xalsaro standarti asosida sifatni ta’minlash
bo`yicha zamonaviy yondashuvlarni tatbits etish.
Birinchi bosqich (sifatni boshqaruvga zamonaviy yondashuvlarni tatbik etish)
ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun asos bulib xizmat kiladi. Urganilgan
korxonalar mazkur bosqichni amalga oshirishdan oldin uz ishchilarining sifatni
ta’minlash bo`yicha zamonaviy yondashuvlarning moxiyati va axamiyatini tushunib
etishiga erishishi va ularga mazkur zamonaviy yondashuvlarni urgatishi lozim.
Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish bo`yicha ishni tashkil etish ISO 9000
xalkaro standarti talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimini yo`lga
qo‘yishni kuzda tutadi. Bunda mazkur standart bo`yicha beriladigan tavsiyalarga
e’tibor ka- ratish lozim. Ushbu tavsiyalarda sifatni boshqaruvni yo`lga qo‘yish uchun
tavsiya etiladigan bir qator faoliyat turlari (funksiyalar, elementlar) o`rin olgan.
SHundan keyin qo‘yidagi bosqichlar tomon odimlash kerak buladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |