10.3.Hududiy sanoat korxonalariga sifatni boshqarish tizimini joriy etishning
davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish
Xududiy sifatni boshqaruv tizimi dinamik tizim bulib, bu xolat sifatni boshqaruv
tizimi parametrlarining uzgarib turishiga zamin yaratadi. Xududdagi sifatni boshqaruv
tizimini takomillashtirish masalasi jaxon Iqtisodiy inkirozi sharoitida uta muxim
masala sanaladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sifat masalalariga ustuvor masala sifatida
e’tibor qaratiladi va axoli tur mush darajasi mamlakat rivojlanishining muxim omili
bulgan sifat masalasiga boglik ekanligi yaxshi tushuniladi. Bu mamlakatlarda,
shuningdek, sifat masalalarini xal etishda davlatning roli borgan sari ortib bormokda.
Xududdagi sifatni boshqaruv tizimining davlat tomonidan tartibga solinishi - bu
Iqtisodiy, ma’muriy va normativ-xukukiy chora-tadbirlar tizimi bulib, ular xududiy
idoralar va jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlardan maqsad
xududda sifatni boshqaruv tizimini maqsad rivojlantirish va uzgarib boradigan
sharoitlarga mos xolga keltirishdan iborat.
Oldingi mavzuda keltirilgan xududdagi sifatni boshka- ruv tizimini
takomillashtirishning mantikiy-tuzilmaviy modeliga muvofik, xudud mikyosida sifatni
boshqaruv tizimi faoliyati va rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishi,
uning shakl va usullari ikki yunalishdan kelib chikadi. Bir tomondan, sifat soxasidagi
umumdavlat siyosatidan, ikkinchi tomondan, sifat soxasidagi xududiy siyosatdan
(bunda xududni rivojlantirishning uziga xos jixatlari e’tiborga olinadi).
Davlat uzining sifat soxasidagi siyosatini belgilaydi va xududning sifat soxasidagi
siyosatiga ta’sir kursatadi. Bunda davlat uzining sifat soxasida tartibga soluvchi barcha
vositalarini ishga soladi
Xozirda respublikada sifat soxasidagi ishlarni tartibga solishning kuyidagi vosita
va kurollari qo`llaniladi:
-
respublika sub’ektlarining ijtimoiy-Iqtisodiy ri- vojlantirishning kompleks
dasturlari. Bulardan kuzlangan asosiy maqsad axoli turmush sifatini kutarishdan
iborat;
-
respublikadagi sub’ektlar sifatini boshkarish dastur- lari;
286
-
sifat soxasi infratuzilmasining rivojlanishini qo`l- lab-quvvatlash;
-
moliyaviy kumak va imtiyozlar;
-
nomoliyaviy imtiyozlar;
-
boshka chora-tadbirlar.
Uzbekiston Respublikasi konunchiligiga muvofik respublika sub’ektlarining
investitsion faoliyatini va sifatni boshkarish tizimini tartibga solish kurollari 3.4-
jadvalda keltirilgan.
Taxlillar xozirda butun dunyoda davlat va firmalar urtasida sifat masalalari
bo`yicha faol mulokot borayotganini kursatmokda.
Sifat soxasida davlatning tartibga solish faoliyatining nisbatan umumiy bulgan
yunalishlari kuyidagilardan iborat:
proporsiyalarni makroIqtisodiy tartibga solish, progressiv tarkibiy kismlarni
ragbatlantirish, ishlab chikarish soxalarida yirik tuzilmaviy siljishlarni amalga
oshirish ustuvor tarmoklar va korxonalarni texnika bilan kay- ta jixozlash
dasturlarini, fundamental va amaliy fanlar- ni, chunonchi, yangi texnologiyalarni
ishlab chikish soxasidagi fundamental va amaliy Tadqiqotlar dasturlarini moliya-
lashtirish;
-
maxsulot sifati soxasiga oid konunchilik va iste’mol- chilar xukuklarini ximoya
qilish, shu jumladan, sifat uchun javobgarlikka oid konunlarni ishlab chikish;
-
maxsulot, xizmat va sifatni ta’minlash tizimi uchun milliy standartlarni
(xalkaro darajaga javob beruvchi) jo- riy etish;
-
mamlakatda maxsulot muvofikligini baxolashning sama- rali, xalkaro e’tirof
etilgan, maxsulotning xalkaro standartlar talablariga javob berishini kafolatlovchi
tizimini joriy etish, shuningdek, sifat tizimini sertifikatlash;
Sanoat korxonalarida sifatni boshkarish tizimini davlat tomonidan tartibga solish
shakllari
3.4-jadval
Davlatning tartibga solish
kurollari
Amalga oshirish mexanizmi
Respublika sub’ektlarini
ijtimoiy-Iqtisodiy rivojlantirish
dasturlari
Xukukiy kumak. Tashkiliy kumak. Moliyaviy
kumak
Respublika sub’ektining
sifatni boshqaruv dasturlari
Xukukiy kumak. Tashkiliy kumak. Moliyaviy
kumak
287
Sifat soxasi infratuzil-
masi rivojlanishini qo`l- lab-
quvvatlash
Sifat soxasida innovatsion loyixalar uchun
texnologik parklar, biznes-inkuba- torlar barpo etish
Moliyaviy kumak va
imtiyozlar
1. Xalkaro sifat standartlarini joriy etish bo`yicha
bepul konsalting xizmatlari (madaniyat, ijtimoiy soxa va
kishlok xujaligi tashkilotlari uchun)
2. Kredit foiz stavkalarining ma’lum kismining
davlat tomonidan koplanishi (kredit mablaglarini sifatni
boshqaruv tizimini joriy etish va sertifikatlashga
yunaltirmokchi bulgan kichik tadbirkor- lik sub’ektlari
uchun).
Sifat soxasida kadrlar
ishiga kumaklashish
Standartlashtirish, metrologiya, sertifi- katlash,
akkreditatsiyalash, sifatni boshka- ruv tizimi, sinov-
tajribalar, davlat nazo- rati masalalari bo`yicha
mutaxassislarni tayyorlash, kayta tayyorlash va
malakasini oshirish ishini tashkil etish. Ilmiy-ama- liy
anjumanlar, seminarlar tashkil etish, ularga nufuzli
jaxon mikyosidagi, respublika mikyosidagi va xududiy
konsalting tashkilotlarini jalb etish. Xujalik rax- barlari
uchun ish urganish (stajirovkalar) imkoniyatini yaratish
Xududdagi sifatni boshqaruv tizimini takomillashtirish bo`yicha dasturlar va
chora-tadbirlarni ishlab chikish xududiy boshqaruv organlariga sifat soxasi
infratuzilmasini islox qilish borasida yagona Iqtisodiy va ilmiy-texnik siyosatni
amalga oshirish, xududda sifatni boshqaruv tizimini rivoj- lantirishga kompleks
yondashish imkonini beradi, shuningdek, sifat tizimini shakllantirish va
rivojlantirishda ishtirok etuvchi xujalik yurituvchi sub’ektlar Iqtisodiy man-
faatlarining bir-biriga muvofik bulishini ta’minlaydi.
Xudud mikyosida sifatni boshqaruv tizimining davlat tomonidan tartibga
solinishini takomillashtirishning kuyidagi yunalishlari belgilandi:
-
sifatni boshqaruv faoliyatiga oid konunchilik va normativ-xukukiy bazaning
bugungi kundagi dolzarbligini oshirish;
-
sifat masalalari bo`yicha konsalting xizmatlari soxasida rakobat muxitini
rivojlantirish;
-
davlat va xududiy sifatni boshqaruv sub’ektlari manfaatlari uygunligini
ta’minlash;
-
davlat qo`llab-quvvatlovi doirasida moliyaviy va nomoliyaviy chora-tadbirlarni
birga olib borish;
-
xududiy
sifatni
boshqaruv
tizimini
rivojlantirish
dasturlarini
moliyalashtirishning byudjetdan tashkari manba- larini jalb etish.
SHunday kilib, fakat davlat qo`llab-quvvatlovi sharofati bilan va davlatning
sifatni boshqaruv jarayonlariga faol aralashuvi bilangina xududda sifatni boshqaruv
288
tizimini rivojlantirishning ijobiy tendensiyalariga erishish mumkin.
Sifat soxasida kattagina nazariy va amaliy tajriba ega bulgan xolda respublika
xududlari uzlarida ishlab chikaril- gan maxsulotlarning sifati va rakobatbardoshligi
borasida olga siljishlarni amalga oshirish kobiliyatiga egalar. Bu xam, uz navbatida,
mamlakat Iqtisodiyotidagi inkirozni bartaraf etishning muxim elementlaridan
biridir.
Amalga oshirgan taxlillarimiz shuni kursatmokdaki, sa- noat korxonalarining
tashki omillar ta’siriga maqsad turishini ta’minlashda sifatni boshqaruv tizimini
joriy etishning axamiyati juda katta.
Sifatni boshkarish tizimi kachonki biznesda muvaffakiyatga erishishda,
rakobatbardoshlilikni oshirishda yordam bersa va tashkilot faoliyati kursatkichlariga
ijobiy ta’sir kursatsagina kerak buladi. Vaxolanki, kupgina raxbarlar biznes bilan
sifatni bir-biriga anik va ravshan boglay olmaydilar.
Sifat boshkarish tizimini sertifikatlash, shuningdek, ushbu soxadagi konsalting
xizmatlari bugungi kunda aloxida mustakil biznes va xatto, tarmokka aylandi.
Sifatni boshkarish tizimini sertifikatlash organlari bozorda uz ta’sirini qo`lga olish
uchun kuplab mijozlarni jalb etishga intila- dilar. Rakobatning usishi bilan
reklamalar bosimi va standartlarni tashvikot qilish xam ortib boradi. Ba’zida rekla-
madan tushunib olish mumkinki, sifatni boshkarish tizimini sertifikatlash
muvaffakiyatning zaruriy kafolati va ishlab
chikaruvchi duch keladigan sifat bilan boglik kupgina muammolarning echimidek.
Ammo bunday emas. Amerikalik mashxur mutaxassis, doktor Juran shu xususda
kuyidagi fikrni ayt gan edi: «Top» kompaniya sifat boshkarish tizimi sertifikatini
muammosiz qo`lga kiritadi, ammo bu degani, sertifikat kompaniyani «top»
kompaniyaga aylantira oladi degani emas. Standartlarda sifatni boshqaruv
muammolarini samarali echish usullari emas, balki boryugi ishlab chikaruvchiga
kuy- iladigan minimal talablar o`rin olgan. Standartda sifatni boshkarish tizimni
tashkil etish bo`yicha bir nechta tavsiyalar keltiriladi, ammo bu tavsiyalar kup
jixatdan yordam berishi mumkin bulsada, muvaffakiyatni kafolatlay olmaydi. Mu-
ammo shundaki, soxadan yaxshi xabardor bulmagan xodim uchun sertifikat suzi
289
sifat suziga karaganda yokimlirok va tushunarlirok tuyo`ladi».
Kupgina xorijiy mutaxassislar sifatni boshkarish tizimi muammolarini bartaraf
etishda ishni dastblab ISO 9000 standartlarini joriy qilishdan emas, balki korxona
mijozlarining talablaridan kelib chikkan xolda korxonaning uz-uziga baxo
berishidan boshlash maqsadga muvofik, deb xisoblashadi. Uz-uziga baxo berish
taxlillarini korxonaning uzi mustakil ravishda yoki tegishli amaliyotga ega
konsultantlar yordamida utkazishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyadagi BNFL
firmasi muntazam ravishda murakkab bulmagan uz-uzini baxolash usulidan
foydalanib keladi. Ushbu usul korxonada usish bor-yukligini aniklash va ushbu
usish kuprok kaerlarda kerak ekanini bilish uchun kompaniyani boshdan oyok
urganish imkonini beradi.
Fikrimizcha, sifatni boshkarish tizimi nimaga kerak, degan savolga kuyidagicha
javob berish mumkin:
1.
Maxsulot sifatini oshirish uchun kerak. Sifatni boshqaruv tizimida (SBT)
maxsulot sifatida nuqsonlar mavjudligi yoki maxsulot sifat kursatkichlarining tushib
ketish sabablarini aniklash va maxsulot sifati yaxshilanadigan ish jarayonlarini olib
borish tartiblarini urnatish imkonini beruvchi usullar va kurollar mavjud. Qayd etib
utish joizki, maxsulot sifati muntazam ravishda yaxshilanib boradi.
2.
Ishlab chikarish xarajatlarini kamaytirish uchun kerak. Sifatning yaxshilanishi
va ishlab chikarish samaradorligining usishi bilan yaroksiz maxsulotlar bilan boglik
zarar, shuningdek, xom ashyo va materiallarga sarflanadigan xarajatlar mikdori
kamayadi.
3.
Korxonada boshqaruv tizimini yaxshilash uchun kerak. Maxsulot sifatini
yaxshilash bilan shugullanish orqali mutaxassislar shunday xulosaga keldilarki,
maxsulot sifat talablariga javob bermasligining asosiy sababi 80 foiz xolatda
korxona boshqaruvida, kolgan 20 foiz xolatda esa ijro buginiga boglik ekan. Ammo
kup xollarda buyrukni bajaruvchilar aybdor, deb topiladi, buning sababi esa
kuyidagicha: 1) «Kuch- li doim kuchsizni ayblaydi» degan akida mavjud; 2) u yoki
bu boshqaruv tartiblari bo`yicha reglamentlar belgilash an’anasi mavjud emas.
4.
Sifatni boshqaruvning kattagina kismi turli jarayon- lar bo`yicha belgilangan
290
tartib-koidalar majmuidan iborat. Bunda raxbariyat urtasida, tuzilmaviy va
funksional buysu- nuvchi kuyi pogonalar urtasida javobgarlik va javobgarlik doirasi
taksimlanadi va urnatiladi. ISO 9000 sifatni boshqaruv tizimining ikkinchi tamoyili
shunday: «Boshqaruv bu ma’muriy faoliyat emas; raxbariyat maqsadlar va
yunalishlar bir butunligini ta’minlash, korxona xodimlari korxona maqsadlariga
erishish uchun tulik jalb buladigan muxitni yaratish uchun kerak».
5.
Korxona rakobatbardoshligini oshirish uchun kerak. Maxsulot sifati
yaxshilanganda, ishlab chikarish samaradorligi ortganda, korxonada boshqaruv
tizimi yaxshilanganda, korxonaning rakobatbardoshliligi ortadi.
6.
Xodimlar faolligini oshirish, ishga ijodiy yondashiladigan muxitni
shakllantirish uchun kerak. Sifatni boshkarish tizimini joriy etishda xodimlarning
faol ishtirok etishi zaruriy shartdir. Xodimlarning xamkorlik qilishi va ushbu
jarayonga jalb bulishi korxona foydasi uchun imkoniyatlarni maksimal darajada
ishga solish imkonini beradi. Bu ISO 9000 sertifikatining uchinchi tamoyili
xisoblanadi.
«Sifat» tushunchasini tizimli taxlil qilish sifatning murakkab va kup jixatli
boshqaruv ob’ekti ekanligini kursatdi. Xar bir boshqaruv darajasi (davlat, xudud va
korxona darajasi) uz usullari va yo`llari bilan sifatga ta’sir kursatadi. Xudud
mikyosidagi «sifat» tushunchasiga oydinlik kiritish sifat muammosini yanada
chukurrok anglashga, bu muammoni echishga qaratilgan strategik dasturlarni ishlab
chikishga zamin yaratadi.
Sifat tizimini yaratishda, shu jumladan, xudud mikyosidagi sifat tizimini xam,
maxsulot xayot siklining barcha boskichlarida kup sonli texnik, Iqtisodiy, ijtimoiy
va xatto vakt bilan boglik bulgan omillar ta’sir kursatadi. SHuning uchun ushbu
muammoni muvaffakiyatli xal etishda unga kompleks va tizimli yondashish zarur
buladi. Jaxon va maxalliy tajribalarni urganish borasida olib borgan Tadqiqotlarimiz
shuni kuratadi. Sifatni boshkarishga tizimli yondashishning max- suli bu sifatni
boshqaruv tizimi bulsa, sifatni boshkarish tizimi sifatni boshkarishga yondashuvlar
evolyusiyasining eng yukori natijasidir.
SHunday kilib, nazarimizda, xudud mikyosida sifatni boshkarish tizimi sifatni
291
boshkarish va xudud Iqtisodiyoti tugrisidagi bilimlar sintezi maxsulini uzida aks
ettiradi. SHundan kelib chikib, xudud nuktai nazardan sifatni boshqaruvning
evolyusiyasi va metodologiyasi xakidagi tuplangan bilimlarni kurib chikish, bunda
maxsulot va xizmatlar sifati xamda umumiy xudud axolisi tushmush sifatiga jiddiy
ta’sir etuvchi omillar va sharoitlarning turli-tumanligini xisobga olish zarur. Bundan
kuzlangan maqsad «xududiy sifatni boshqaruv tizimi» tushunchasini tizimli asosda
talkin etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |