Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

Ichkilikboz Sulaymon

  



1244 yil, 17 oktyabr, Konya.

 

Hazil-huzul va mayxo'rlik qila-qila 



qovoqxonada yarim kechagacha o'tirdim, keyin 

oxirgi qadahni ko’tardim va uyimga jo'nadim. 

- Men nima deganim esingda tursin, - dedi 

xayrlasha turib Xristos, ortimdan qo'l silkitib 

qolarkan. - Tilingga ehtiyot bo'l. 

Men haqimda qayg'uradigan do'stim borligidan 

o'zimni baxtiyor his etib, unga bosh silkitdim. 

Lekin qorong'u, bo'm-bo'sh ko'chaga chiqan 

zahotim meni charchoq bosdi va yo'lga bir 

ko'za may ola chiqmaganimga achindim. 

Boshmoqlarimning tosh yo'lga urilishidan 

eshitilayotgan ovozlar hamohangligida Rumiy 

ortidan ergashgan odamlar haqida xayol 

surardim. Ularning ko'zlarida yongan nafratni 

eslab dahshatga tushardim. Men dunyoda 

yomon ko'radigan faqat bir narsa bor, u ham 

bo'lsa riyokorlik edi. Uzoq yillar mobaynida bu 

odamlar meni shunchalik haqoratlab keldilarki

buni eslashning o'zidayoq badanim jimirlab 

ketadi. 



Men buni eslamaslikka harakat qilib borardim 

va tor ko'chaga burildim. Shox-butoqlari qalin 

o'sgan daraxtlar tufayli bu yer yana ham 

qorong'uroq edi. Boz ustiga oy ham to'satdan 

bulutlar ortiga berkinib, meni zim-ziyo zulmat 

ostida qoldirdi. Tasodifan men tomonga 

kelayotgan ikki qorovulni ko'rib qoldim. 

- Assalomu alaykum, - g'o'ldiradim men, 

vujudimni chulg'ab olayotgan qo'rquvni 

berkitish uchun me'yordan ortiqroq 

xushchaqchaqlik bilan. 

Qorovullar salomimga javob qaytarishmadi. 

Buning o'rniga bemahalda qo'chada nima qilib 

yurganimni so'rashdi. 

- Ketayapman, - cho'zilib dedim men. 

Biz uzoqlardan faqat itlarning vovullashlari 

eshitilib turgan sokinlikda birga turardik. 

Qorovullardan biri hidlab ko'rdi. 

- Undan qo'lansa hid kelyapti, - dedi u nafrat 

bilan. 


- Ha, undan sharob hidi anqiyapti, - tasdiqladi 

uning gapini ikkinchisi. Men agar biroz hazil 




qilsam hech nima bo'lmas deb o'yladim. 

- Xavotir olmang. Bu hid majoziy, xolos, 

chunki musulmonlarga faqat majoziy mayni 

ichishga ruxsat berilgan, shuning uchun bu hid 

ham faqat majoziy. 

- Bu nima deb valdirayapti? - to'ng'illadi 

birinchi qorovul. 

Shu payt atrofi nafis oq nuri bilan yoritib oy 

bulut ortidan chiqdi. Endi uning yuzini 

ko'rdim. Agar sovuq qarashi va yoqimsiz 

irjayishi bo'lmaganida, uni xushro'y desa ham 

bo'lar edi. 

- Bemahalda ko'chada nima qilib yuribsan? - 

savolini takrorladi qorovul. - Qayoqdan 

kelayapsan va qayoqqa ketayapsan? 

Bu yog'iga men chiday olmadim: - O'g'lim, sen 

mendan haddan ziyod murakkab narsalarni 

so'rayapsan. Javobini bilganimda edi, bu 

olamda mavjudligimiz sirlarini ochgan 

bo'lardim. 

- Ustimdan kulyapsanmi, hayvon? - bo'kirdi 

qorovul va men biron narsani fahmiga yetishga 




ulgurmasimdan qamchisi bilan havoni savaladi. 

Bu shunchaki xo'jako'rsinga qilingan harakat 

edi, shuning uchun o'zimni tutib tura olmadim 

va «hmm» deb yubordim. Shunda u qamchisi 

bilan ko'kragimga tushirdi. Shunday kuchli, 

dabdurustdan va og'ritib urdiki, natijada men 

muvozanatni yo'qotdim va oyoqda tura olmay 

qalqib ketdim. 

- Bu senga odobdan saboq bo'ladi, - dedi 

qorovul qamchisini bir qo'lidan ikkinchisiga 

olib o'ynatarkan, - ichkilikbozlik musulmon 

uchun eng katta gunoh ekanini bilmaysanmi? 

Boshim og'riqdan yorilgudek og'riyotgan va 

og'zimda o'z qonimning iliq ta'mini tuyib 

turgan bo'lsam-da, o'g'lim tengi yosh yigit meni 

ko'chaning qoq o'rtasida savalaganiga ishona 

olmay turardim. 

- Ur, uraqol meni, - baqirishga harakat qildim 

men. - Agar Xudoning jannati sendaqalar 

uchun bo'lsa, unda men do'zaxda yonganim 

yaxshiroq! Qorovulning g'azabi qaynab meni 

savalay ketdi. Men yuzimni qo'llarim bilan 




to'sdim, lekin foydasi bo'lmadi. Bir eski ashula 

esimga tushib qolib, yorilgan lablarim bilan 

xirgoyi qila boshladim. Ahvolim qanchalar 

og'irligini bildirmaslik uchun har safar qamchi 

tushgan sari ovozimni yanada balandlatib 

ashula aytardim. 

 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish