Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

2009 yil, 7 sentyabr, Konьya.

 

Uni noodatiy ovozlar birdan uyg'otib 



yuborganida, uning karavoti yoniga qo'yilgan 

kresloda uxlayotgan edi. Ella ko'zlarini ochib, 

quloq soldi. Qorong'uda kimdir notanish 

so'zlarni aytardi. U ko'chada odamlarni 




namozga chaqirishayotganini (azon 

aytilayotganini) darrov ilg'amagan edi. Yangi 

kun boshlanmoqda edi. Lekin u bu kun 

nimagadir barham berishini his etardi. 

Azonni birinchi marta eshitgan har qanday 

odamdan so'rasangiz, u ham ayni shu gapni 

aytadi. Bu chaqiriq ham go’zal, ham sirli. 

Lekin unda odamda qandaydir qo'rquv 

uyg'otadigan allanima ham bor. Ishqqa 

o'xshash nimadir. 

Ella shu ovozdan titrab, uyg'onib ketdi. 

Qorong'uda bir necha bor ko'zlarini tez-tez 

qisib, nihoyat, bu ovoz tashqaridan 

kelayotganini angladi. Ella o'zining 

Massachusetsda emasligini darrov anglay 

olmagan edi. U eri va uch farzandi bilan 

yashab kelgan kenggina uy boshqa hayotida - 

uzoq va tumanli o'tmishida - qolgan edi, u 

go'yo umuman bo'lmaganday, haqiqiy hayoti 

emas, balki ertakday bo'lib qolgan edi. 

Ha, bu yer Massachusets emas. U hozir 

zaminning boshqa qismida, Turkiyada, Konya 




shahrining shifoxonasida edi. Va hozir u bir 

tekis nafas olishini eshitib turgan erkak uning 

yigirma yillik eri emas, balki o'tgan yilning 

serquyosh yozida uni deb eridan qochib ketgan 

sevgilisi edi. 

«Nahotki kelajagi yo'q erkakni deb eringni 

tashlab ketsang? - deb unga bir xil savol 

berishardi hamma dugonalari va qo'ni-

qo'shnilari. - Bolalar nima bo'ladi? Ular seni 

kechirisharmikin?» 

Ella stol ustidagi kechki chiroqni yoqdi, uning 

iliq va sarg'ish yorug'ida o'zi uxlab qolgan bir 

necha soat ichida hech qanday o'zgarish 

bo'lgan-bo'lmaganini bilish uchun atrofga nazar 

soldi. U o'zi ko'rgan shifoxonalar palatalari 

ichida eng kichkinasi edi; aslida u shifoxona 

palatalarini uncha ko'p ko'rmagan ham edi. 

Karavot xonaning deyarli hammasini egallagan 

edi. Karavotdan tashqari xonada yog'och shkaf, 

kichkina kvadrat shaklidagi stolcha, stul, bush 

vaza, turli dorilar solingan patnis, yonida esa 

shu sayohatga chiqishlaridan oldin Aziz 




o'qiyotgan «Men va Rumiy» degan Shamsning 

kitobi ham bor edi. 

Ular to'rt kun oldin Konyaga kelishgan edi va 

birinchi kunlarini oddiy turistlardan hech farq 

qilmay o'tkazishgan edi: yodgorliklar, 

muzeylar, arxeologiya qazilmalarini ko'rishdi, 

milliy taomlarni tatib ko'rishdi va hammasini 

fotosuratga tushirishdi. Kechagi kunga qadar 

hammasi yaxshi edi. Restoranda 

ovqatlanayotgan vaqtlarida birdan Aziz yiqildi, 

uni o'sha yerdagi eng yaqin shifoxonaga olib 

borishga to'g'ri keldi. Shundan buyon Ella 

undan nari ketmas va nimani kutayotganini o'zi 

bilmagani holda, garchi umid bo'lmasa ham, 

o'zi juda kech tuhfa etgan sevgilisini o'zidan 

tortib olayotgan Xudo bilan qattiq bahslasha-

bahslasha kutardi. 

- Sevgilim, uxlayapsanmi? - shivirlab so'radi 

Ella. U Azizni bezovta qilishni istamasdi, lekin 

u Ellaga hushyor holda kerak edi. 

Javob bo'lmadi, faqat nafas maromi o'zgardi. 

- Uxlamayapsanmi? - qattiqroq shivirlab yana 




so'radi Ella. 

- Uxlamayapman, - sekin javob berdi Aziz. - 

Sen nimaga uxlamayapsan? 

- Ertalabki ibodat... - dedi sekin Ella, go'yo bu 

bilan hamma narsani tushuntirish mumkinday: 

uning sog'lig'i yomonlashganini ham, o'zining 

uni yo'qotishdan qo'rqayotganini ham, o'zining 

telbalarcha sevgisini ham. 

Aziz karavotda Elladan ko'z uzmay o'tirib oldi. 

Lampaning yengil yorug'ida oq yostiqlar 

fonida uning chiroyli yuzi oppoq oqarib 

turardi, shunga qaramay, unda quvvat, hatto 

abadiylik namoyon edi. 

- Ertalabki ibodat boshqacha, - shivirladi Aziz. 

- Musulmonlar har kuni ado etadigan besh vaqt 

namoz orasida tonggi namoz eng asosiyligi va 

eng samimiyligini bilasanmi? 

- Nima uchun? 

- Chunki, menimcha, odamning uyqusi 

bo'linadi, bu esa unga yoqmaydi. Biz uxlashni 

afzal ko'ramiz. Shuning uchun ertalabki 

namozda boshqa namozlarda bo'lmagan 




«Uxlashdan ibodat afzal» degan satr bor. 

«Lekin, baribir, ikkalamizga ham biroz uxlagan 

yaxshiroqmidi, - o'yladi Ella. - Agar biz birga 

uxlay olsak edi». U yengilgina, osuda uyquni - 

o'zidagi og'riqni bosadigan ko'p yillik butkul 

dong qotiradigan uyquni orzu qilayotgan edi. 

Birmuncha vaqtdan keyin azon tugadi. Oxirgi 

sas to'xtagach, dunyoga chidab bo'lmas 

jimjitlik cho'kdi. Ular bir yil birga bo'lishgan 

edi. Bir yillik ishq. Bu vaqtning katta qismida 

Aziz sayohat uchun yetarlicha kuch-quvvatga 

ega bo'lgan edi, lekin keyingi ikki hafta ahvoli 

yomonlashdi. 

Ella uning yana uyquga ketayotganini kuzatib 

turdi, uning sokin va juda qadrli chehrasiga 

termuldi. Uni qo'rquv qamrab oldi. Og'ir 

xo'rsinib, palatadan chiqdi. Devorlari yashilga 

bo'yalgan yo'laklardan yurib, qari va yosh, 

erkak va ayol har turli odamlar tuzalayotgan va 

vafot etayotgan palatalar, bo'limlardan o'tib, 

yo'lak bo'ylab yurib ketdi. Ella o'ziga qiziqsinib 

qarayotganlarni e'tibor bermaslikka harakat 




qilardi, lekin oqish sochlari va moviy ko'zlari 

uning begonaligini ko'rsatib turardi. U hech 

qachon o'zini bunchalik yot his etmagan edi. 

Bir necha daqiqadan keyin Ella shifoxona 

bog'ida fontan yonida o'tirardi. Bu yerda 

farishtaning kichik haykalchasi bor edi va suv 

ostida bir nechta kumush tanga - kimlarningdir 

orzu-istaklari nishonasi bo'lib - yiltirab yotardi. 

Ella cho'ntaklarini kavladi, lekin allanimalar 

yozilgan qog'ozchalardan boshqa hech nima 

topmadi. U yoq-bu yoqqa qarab, yaqin orada 

bir necha tekis qora toshchalarga ko'zi tushdi. 

Ulardan birini oldi va ko'zlarini yumib, 

orzusini, garchi ushalmasligini bilsa hamki, 

ovoz chiqarmay aytib, toshni fontanga otdi. 

Toshcha fontan devoriga urildi, chetga, to'ppa-

to'g'ri farishtaning tizzasiga borib tushdi. 

«Aziz shu yerda bo'lganida edi, - xayol qildi 

Ella, - bu bir nimaning belgisi ekanini bilgan 

bo'lar edi». 

Yarim soatlardan keyin palataga qaytib, u 

yerda shifokor va hamshira borligini ko'rdi. 




Aziz boshi bilan choyshabga o'rab qo'yilgan... 

U ketdi... 

Azizni o'zining sevimli insoni Rumiy kabi 

Konyaga dafn etishdi. 

U biron bir ikir-chikirni unutmaslikka harakat 

qilib, dafn marosimini o'tkazishga e'tibor 

qaratdi. Eski qabristonda katta magnoliya 

daraxti ostida qabr uchun joy topdi. Keyin dafn 

marosimida nay chalishga rozilik bergan so'fiy 

mashshoqlarni izlab topdi, Azizning barcha 

mamlakatlaridagi do'stlariga, dafn marosimiga 

taklif etib, elektron xabarlar yozdi. Ella uzoq 

mamlakatlardan, hattoki Keyptaun, Sankt-

Peterburg, Murshidobad, San-Pauludan 

ko'pchilik odamlar kelganidan mamnun bo'ldi. 

Ular orasida Azizning fotograf hamkasblari, 

asrandi farzandlari, shuningdek, olimlar, 

jurnalistlar, yozuvchilar, raqqoslar, 

haykaltaroshlar, biznesmenlar, fermerlar, uy 

bekalari bor edi. 

Marosim iliq va xushkayfiyatlar bilan o'tdi, 

unda barcha din, mazhab vakillari qatnashdi. 




Ular, uning o'z istagiga binoan, marosimni 

bayram qilib o'tkazishdi. Bolalar betashvish 

o'yinlar qilishdi. Meksikalik shoir o'zlarining 

urflariga binoan hammaga «pan de los 

muertos» (o'lganlar uchun non deb atalgan 

yeyiladigan narsa) ulashib chiqdi, Azizning 

shotlandiyalik do'sti esa hech kim o'limga 

qo'rqish kerak bo'lgan hodisa, deb 

hisoblamasligi uchun hammaning ustidan gul 

yaproqlarini sochib chiqdi. Marosimni 

kuzatgan ko'zlari sinovchan va samimiy 

tabassumli shu yerlik qari bukchaygan chol bu 

marosimni, ko'p asrlar avval Konyada Mavlono 

uchun o'tkazilgan dafn marosimini hisobga 

olmaganda, eng devonavor marosim deb aytdi. 

Dafn marosimidan keyin ikki kun o'tgach, 

nihoyat yolg'iz qolgan Ella yonidan o'tayotgan 

oilaviy juftliklarni, unga nimadir tiqishtirishni 

istagan do'kondor- lar va ko'chalardagi 

sotuvchilarni kuzatib yurib shaharni aylandi. 

Hamma odamlar ko'zlari yig'idan qizarib 

ketgan amerikalik ayolga tikilib qarashardi. U 




bu yerda begona edi. To'g'risi, u hamma yoqda 

ham begona edi. 

Nomerga qaytib, oteldan chiqish va aeroportga 

yo'l olishdan oldin Ella jaketini echib, 

shaftolirang angor junidan tikilgan sviterini 

kiydi. Bolalari orasida faqat bittasiga, uning o'z 

tuyg'ulariga bo'ysunish istagini qo'llab-

quvvatlagan Janetga telefon qildi. Orli bilan 

Avi hamon u bilan gaplashishni istamas edilar. 

- Oyi! Ahvolingiz qanday? - samimiy 

jonkuyarlik bilan so'radi Janet. 

Ella go'yo qizi uni ko'rib turgandek jilmaydi. 

Keyin zo'rg'a eshitiladigan qilib dedi: 

- Aziz vafot etdi. 

- Oh, oyijon, siz bilan hamdardman. 

Qisqa jimlik cho'kdi, har ikkisi ham yana nima 

deyish kerakligini o'ylashardi. Jimlikni Janet 

buzdi. 


- Oyijon, uyga qaytasizmi? 

Ella o'yga toldi. Qizining so'zlarida aytilmagan 

savollar bor edi: u o'zaro bir-birovlarini 

ayblash va xafalashuvlar tuguniga aylanib 




bo'lgan nikohni bekor qilish jarayonidan voz 

kechib, Nortgemptonga, eriga qaytadimi? U 

nima qilmoqchi? 

Uning puli ham, ishi ham yo'q edi. Lekin u 

ingliz tilidan dars berishi, jurnalda ishlashi, 

hatto omadi kelsa, albatta, biron joyda yaxshi 

muharrir bo'lib ketishi ham mumkin. 

Ella bir zumgina ko'zini yumib, yaqin orada 

o'zini shodu xurram va o'ziga ishongan 

qiyofada bo'la olishini tasavvur etdi. Uning hali 

shu vaqtga qadar faqat o'z kuchiga ishonib 

yashashiga to'g'ri kelmagan edi, lekin, ne 

ajabki, u o'zini yolg'iz qolgan deb his 

etmayotgan edi. 

- Qizalog'im, seni juda sog'indim, - dedi u. - 

Ukang va singlingni ham sog'indim. Meni 

ko'rgani kelasanmi? 

- Albatta, oyijon... biz boramiz... Lekin siz 

nima qilmoqchisiz? Rostdan ham bu yerga 

qaytishni istamaysizmi? 

- Men Amsterdamga boraman, - javob qildi 

Ella. 



- U yerda derazalari kanallarga qaragan kichik-

kichik kvartiralar ijaraga beriladi. Pulim bunga 

etadi. Yana velosipedda uchishni o'rganishim 

kerak. Boshqasini hali bilmayman... 

Rejalashtirishni istamayman, azizam. Bir kun 

bilan, hozirning o'zi bilan yashamoqchiman. 

Ko'raylik-chi, nima bo'lar ekan? Bu 

Qoidalardan biri, agar tushunsang? 

- Oyi, bu qanaqa qoida? Nima deyapsiz? 

Ella deraza yoniga keldi va ajabtovur tiniq 

ko'm-ko'k lojuvard osmonga qaradi. 

- Bu qirqinchi qoida, - dedi sekin Ella. - «Ishq 

bo'lmasa, hayot ham kerak emas. Ishqning qay 

xilini izlasam ekan - ruhiysinimi yo 

jismoniysinimi, ilohiysinimi yoki 

dunyoviysinimi, g'arbga xosinimi yoki sharqqa 

xosinimi, deb o'zingdan so'rama... Ajratishlar 

yana boshqa ajratishlarga olib keladi.... 

Ishqning xos nomi yo'q. U qanday bor bo'lsa, 

shundayicha bor - oddiy va sof tuyg'u. Ishq obi 

hayotdir. Oshiqlik esa olov. Olov suvga oshiq 



bo'lgan chog'da butun koinot butkul boshqacha 

aylana boshlaydi». 



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish