4-mavzu:
Yatrokimyo, metаllurgiya vа texnokimyoning shаkllаnish bosqichlаri.
Reja:
1.Yatrokimyo va uningn mashhur namoyandalari
2. Pnevmokimyo.Van Gelmont ishlari.
3. Gazlar qonunlarining kashf qilinish(Boyl (1660) - Mariott (1677), Gey
-
Lyussak (1802)-Volta (1792) va Gey Lyusak)
4.Kavendish 1766 y. Lavuaze. Daniel Rezerford (1749-1819) Pristli (1774)
larning gazlar to‘g‘risida olib borgan ishlari.
Yatrokimyo kimyoni alkimyo asoratlaridan andak xalos kilgan bo‘lsada, shu
bilan birga u kimyoniig kepg rivojlanishiga anchagina to‘siq bo‘ldi, Chunki u
kimyoning tadkiqot doirasipi beixtiyor toraytirgan edi. Yatrokimyoning asoschisi
shveytsariyalik nemis Teofrast Paratsels edi. U “kimyoning asosiy vazifasi oltin
tayyorlash emas, dorilar tayyorlashdan iboratdir” degan edi. Shunday qilib,
yatrokimyo meditsinani kimyo bilan qushmoqchi bo‘ldi. Organizmda bo‘ladigan
o‘zgarishlarda kimyoviy moddalarning roli muximdir deb xisoblana boshlandi.
«Kimyo meditsina bilan birlashgan kelishgan xolda olg‘a yurishi kerak » degan edi
Paratsels. Barcha yatrokimyogarlar «meditsina bilan kimyoning ittifoqi ikkala
fanni ham porloq kelajakka olib chiqadi » deb xisoblar edilar. Masalan ,
Paratselsning davomchisi Van Gelmont oshqozonning ishi osmonga, ruhga emas,
balki unda kislota yoki ishqorning ko‘p kamligiga bog‘liq deb xisoblar edi, bu
xayotni kimyo asosida tushuntirishga yuqori darajada asoslangan edi.
Yatrokimyo kimyoning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yatrokimyogarlar yonish bilan
nafas olish o‘xshash xodisa, moddalar ta’sir kuchlari vositasida birlashadi, xosil
bo‘ladi dedilar. Bu fikr kimyoviy bog‘ va uning xosil bulish tushunchasini keltirib
chiqardi.
Yatrokimyogarlar faoliyati tufayli farmatsevtik kimyo yaratildi Temir
renkturasi, kol xikum (kolxitsin tutgan o‘simliklardan olinadi), efir, sulfat kislota,
Glauber tuzi (Na
2
SO
4
10H
2
O) titroqqa qarshi kaliy xiloridni qo‘llash taklif
qilindi.
Fon Gogengaym tarix sahifalarida o’zi tanlangan Rarasel’s, ya’ni “Sel’sdan
o’tuvchi” degan nom bilan kirib keldi. Sel’s- medisina haqida asarlar yozgan,
qadimgi rim olimi edi.Uning asarlari o’sha davrda katta ahamiyatga ega bo’lgan
ishlardan biri edi.
Parasel’s, Ibn-Sino kabi, alximiyaning asosiy masalasi-oltin olish yo’llarini izlash
emas, balki dori vositalarini tayyorlash, deb hisoblar edi.Parasel’sgacha,
o’simliklardan tayyorlangan preperatlardan dori vositalari sifatida foydalanishgan,
biroq Parasel’s minerallardan tayyorlangan dori vositalarining effekti (ta’siri)
kuchliroq ekanligiga juda qattiq ishonar edi.Transmutasiya g’oyasiga negative
munosabatda bo’lishiga qaramay, Parasel’s eski maktab alximigi edi. U 4 unsur
haqidagi qadimgi grek ta’limotini va 3ta prinsip-element (simob,oltingugurt va tuz)
haqidagi arablarning ta’limotini qabul qilar edi va hayot eleksirini izlar edi(hatto,
uni topdim deb ta’kidlar edi). Parasel’s rux metalini kashf qildim, deb qattiq
ishonar edi, ammo rux ruda tarkibida va mis bilan bo’lgan qotishmasi(latun’)
tarkibida qadimdan ma’lum bo’lishiga qaramasdan, ayrim vaqtlarda uni,ruxning
kashfiyotchisi deb ham hisoblashadi. Parasel’sning ishlari uning o’limidan so’ng,
hatto yarim asr o’tgandan keyin ham tortishuvlarga sabab bo’lar edi. .
Parasel’sning izdoshlari o’zlarining ustozining qarashlaridagi mistik mazmunni
kuchaytirishdi va ulardan ayrimlarini hatto diniy aqidalargacha olib kelishdi, bu
esa alximiklar aniqlik va ratsionalizmga intila boshlashgan davrda yuzaga keldi.
Texnik kimyoning rivojlanishi kimyoni taraqqiy qildirish uchun amaliy yo‘lni,
xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun xizmat qilish yo‘lini tanlanganligidan
ko‘rishimiz mumkin. Ammo usha davrdagi texnik kimyo kimyoning fan sifatida
oldida turgan masalasi, modda tarkibi masalasini xal qila bera olmas, bunga qodir
emas edi. Shu 17, 18 asrlarda saxnaga tadkiqotchilar turli yo‘llar bilan chiqib
keldilarki, ular o‘z kashfiyotlari bilan kimyoning dastlabki (1) ilmiy
iazariyalarini yaratishga sharoit tug‘dirdilar, xizmаt qildilаr vа vositаchi bо‘ldilаr.
Bu o‘rinda eng avvalo pnevmokimyo to‘g‘risida gap yuritilishi mumkin.
Pnevmokimyogarlar moddalarning gaz xolatini o‘rgandilar va tadqiqotlar
davomida gazlar to‘grisidagi 3 ta fizikaviy qonunlar kashf kilindi.
Boyl (1660) - Mariott (1677), Gey -Lyussak (1802)-Volta (1792) va Gey
Lyusakkning gazlarning birikishi vaqtidagi xajmiy munosabatlar qonuni (1908) bu
uch qonun pnevtologiyaning asosini tashkil topadi.
Pnevmatik kimyoning asoschisi Van Gelmont xisoblanadi, birinchi bo‘lib gaz
terminini kiritdi. Bu soxaning namoyandalari. Boyl (gazlarning yig‘uglevodlarchi
moslamalar yaratishdi, (PV)
Tiμ
=const konunini ochdi). Blek (SO
2
ni batafsilroq
o‘rgandi (Van Gelmont SO
2
—o‘rmon gazi deb atagan edi) va unga bog‘lanuvchan
gaz deb nom bergan: ishqor (kons) + SO
2
karbonat; Sa(ON)
2
SO
2
SaSO
3
(SO
2
bog‘lanayapti).
Kavendish 1766 y. da vodorodni izoxladi. Uni yonuvchan gaz deb atadi, atmosfera
havosini bog‘lanuvchi gazni mukammalroq o‘rgandi. Daniel Rezerford (1749-
1819) - xavodan azotni ajratib olgan (1772), Pristli kislorodni kashf qilgan (1774)
va o‘rgangan. Sheyele mustaqil ravishda kislorodni kashf qilgan va o‘rgangan.
Lavuaze kislorodni mufassal o‘rgandi va uiing yonish, kuydirish va nafas olishdagi
o‘rnini ko‘rsatdi. Fonshana gazlarni o‘lchash apparatlarini yaratdi, suv gazinikashf
qildi va 1766 yilda selitra gazi (NC
3
) ning ustida muhim tadqiqotlar olib bordi.
Gazlarning kashf kilinishi va o‘rganilishi flogiston nazariyasining inqirozga
uchrashishiga sabab bo‘ldi, demak yangi kimyoning yaratilishiga asos soldi.
Boyldan Lavuazegacha bo‘lgan davr eksperimental tadqiqotlarning gullash davri
bo‘ldi. Masalan, NH
3
, HCl va SO
2
lar suvda yaxshi eriganligi uchun Pristli ularni
simob ustida yig‘ishni taklif qildi. Bu esa endi istalgan gazni o‘rganish
imkoniyatini tug‘dirdi. Avvallari gazlar faqat suv ustida yig‘ilar edi. Hamma
gazlar havodan qelib chiqadi deyilar edi, chunki Aristotelning havo 4ta
elementning biri degan ta’limoti xanuzgacha o‘z mavqeini saqlab kelar edi. YA’ni
xavo —element, oddiy modda deb qaralar edi. Shunday ekan boshka moddalar ana
shu oddiy modda, element bo‘lgani havo ishtirokida xosil bo‘ladi deyilar edi,
Pristli, Sheleye, Lavuazelarning ishlaridan keyin havoning murakkab sistema
ekanligi, unda kislorod va qoldiq azot borligi, ya’ni xavo aralashma xolida ekanligi
aniqlandi.
Bu davrning mashxur namoyondasi Robert Boyl edi.
Boyl kimyo alkimyo va tibbiyotdan ajraliq holi bo‘lishi yo‘li bilan mustaqil bo‘la
oluvchi fanga aylana oladi der edi. Men kimyoviy vrach yoki al kimyogar sifatida
emas, faylasuf sifatida qarayman. Men kimyoviy falsafa rejasini tuzdim. O‘z
ishlarim, faoliyatim tufayli bu rejani bajara olaman deb umid qilaman der edi
R.Boyl.
Agar kishilar tajribalar o‘tkazsalar, ma’lumotlar yig‘ish bilan shug‘ullansalar, o‘z
nazariyalarini tajribalar asosida yaratsalar va tasdiqlasalar yaxshi bo‘lor edi der edi
R.Boyl. U fanga analiz so‘zini kiritdi. O‘simliklardan indikator oldi, lakmus
qog‘ozidan muxitni aniqlashda foydalandi. Temir ioni, dub bargi tanasidan qora
siyox yasadi.
Boyl tadqiqotlari kimyoviy reaksiyalarni element tushunchasi asosida izohlashga
olib keldi.
Aristotel va alkimyogarlarning element tushunchasi elementlarning ko‘p bo‘lishini
takozo etmasdi, va shy sababli bizga malum faktlarni tushuntirish uchun yetarli
emas deb, u nazariyalarni inkor qildi va ularga qarshi chiqdi. Elementlar
jismlarning eng kichik, bo‘linmas tarkibiy kismidir, ularning hili va soni anchagina
bo‘lishi kerak deb hisobladi.
Borning korpuskular nazariyasiz ma’nosi, mazmuni jihatidan atomistika bo‘lib,
ma’lum darajada kimyoviy, tajribaviy faktlarga tayanishga intilgan edi, Masalan,
oltin yoki kumushni podsho arog‘ida eritilsa, ular erib, o‘z tabiatini o‘zgartirib
maydalanib ketadi, Lekin ularni yana qaytadan ajratib, sof holda chikarib olish
mumkin. Shuiga binoan Boyl «jismlar o‘zgaradi, lekin ularni tashkil qiluvchi
«korpuskulalar» o‘zgarmay qoladi degan xulosaga kelgan, Boylning bunday
xulosasi atom to‘g‘risida o‘ylashga undadi. Bu ishni uning vatandoshi Dalton
bajardi. Atom to‘g‘risida biror yangi konkret ma’lumot berish uchun uning atom
massasi to‘g‘risidagi fikr dunyoga kelishi kerak edi. Boyl birlamchi va ikkilamchi
korpuskulalar borligiga, birlamchi korpuskulalar o‘zgarmovchi ekanligini,
ikkilamchi korpuskulalar esa moyillik asosida hosil bo‘lishini aytdi.
Yuqorida aytilganidek Boylning korpuskulyar nazariyasida atom massasi
tushunchasi yo‘k edi. Shuning uchun bu nazariya eksperimental kimyo uchun
unchalik muhim bo‘lolmadi. Atom massasini aniqlashning mikdoriy prinsiplari
(yo‘llari) ning yo‘kligi ham bu tushunchaning yuzaga kelishiga olib kelmadi.
Xulosa kilib aytganda, 17—asr atomistikasida atom aniq ta’riflanmagan
tushunchasi kimyo uchun mutlaqo zarur va muxim ekanligini uqtirdi. Bu
tushunchalarga asoslanmasligi mumkin emas g‘oyani o‘rtaga tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |