Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

2008 yil, 28 may, Nortgempton.

 

Keyingi vaqtlarda Ella uyqudan g'amgin 



uyg'onadigan bo'lib qoldi. U hali o'zi tayyor 

bo'lmagan holda, hayotining qandaydir 

bosqichini bosib o'tganday his etardi. 

Oshxonada kofe qaynagunicha stol tortmasidan 

qiladigan ishlari ro'yxatini oldi va qayta ko'rib 

chiqdi. 


Men qirq yoshga to'lmasimdan oldin quyidagi 

ishlarni qilishim kerak: 




O’tkazadigan vaqtimni tartibga solish, iloji 

boricha rejali bo'lish va vaqtni behuda 

sarflamaslik kerak. Yangi kundalik daftar sotib 

olish. (Bajarildi)  

Ovqatga minerallar va antioksidantlar qo'shi- 

shim kerak. (Bajarildi) 

Ajinlar haqida o'ylash. Alfa-gidroksidli 

kislotalarni sinab ko'rish va yangi «L’Oreal» 

kremidan foydalanishni boshlash. (Bajarildi) 

Uy devorlariga yopishtirilgan gulqog'ozlarni 

al- mashtirish, yangi o'simliklar va yostiqlar 

sotib olish. (Bajarildi) 

O'z hayotimni, hayotiy qadriyatlarim va 

qarashlarimni baholash. (Yarim bajarildi) 

Tanovul etadigan ovqatlarim ro'yxatidan 

(ratsionimdan) go'shtni olib tashlash, har hafta 

uchun sog’lomlashtiruvchi taomnoma tuzish, 

o'z vujudimga e'tibor qaratish. (Yarim 

bajarildi) 

Rumiy she'rlarini o'qishni boshlash. (Bajarildi) 

Bolalarni brodvey myuzikliga olib borish. 

(Bajarildi) 




Oshpazlik kitobini tuzishni boshlash. 

(Bajarilmadi) 

Ishqqa yuragimni ochish!!! 

Ella o'z ro'yxatidagi o'ninchi bandga 

tikilgancha, qimirlamay turardi. U bu satrlarni 

yozganida nimani nazarda tutganini o'zi ham 

bilmas edi. Nimani o'ylapti u? «Shirin 

shakkoklik»ni berilib o'qishim oqibati bo'lsa 

kerak, - shivirladi u go'yo o'ziga-o'zi izoh 

berganday. Keyingi paytda o'zining sevgi 

haqida o'qtin-o'qtin o'ylayotganini payqadi. 

 

«Qadrli Aziz! 



Bugun mening tug'ilgan kunim! Men o'zimni 

qandaydir davrga etib kelganday his 

etmoqdaman. Qirq yosh inson, ayniqsa, ayol 

hayotining muhim pallasi, deyishadi. 

Shuningdek, qirq yosh - bu yana o'ttiz yosh 

demakdir (oltmish yosh esa - yana qirq yosh 

demak) deyishadi ham, lekin, menimcha, bu 

yerda bo'rttirib yuborilgan. Ya'ni, biz o'zimizni 

aldab qo'ymoqchimizmi? Qirq degani bu qirq-


da axir! Menga «nimalardir» kelib qo’shildi - 

bilim, hikmatlar, albatta, ajinlar va 

sochlarning oqlari ham. 

Avvallari tug'ilgan kunlarimda o'zimni baxtli 

his etar edim, bugun tongda esa yuragimda 

og’ir tuygu bilan va o'zining ertalabki 

qahvasini hali ichmagan odam uchun haddan 

ziyod murakkablik qiladigan savollar bilan 

uyg'ondim. Shu paytgacha yashab kelayotgan 

hayot tarzimni o'zgartirishni istaymanmi yo 

yo'qmi, o'zim ham bilmayman. Shu boisdan 

qurqib ketdim. «Ha» ham, «yo'q» ham birday 

dahshatli natijalarga olib kelsa, nima bo'ladi? 

Balki shuning o'zi savolimga javobdir? 

Sizga ehtirom ila 

Ella. 

P.S. Xatim uncha quvnoq chiqmagani uchun 

uzr so'rayman. Nima uchun bugun o'zimni 

bunday his etayotganimni bilolmayapman. 

Sababi yo'qday ko'rinadi. (Yoshim qirqqa to'lib 

bo'lganini hisobga olmaganda, albatta. Bu 

balki o'rta yoshga xos krizis, deb atalgan narsa 


bo'lsa kerak)» 

 

«Qadrli Ella! 



Tavallud kuningiz bilan tabriklayman! Qirq 

yosh - erkak kishi uchun ham, ayol uchun ham 

eng go'zal yosh. So'fiylar qirq sonini yuqoriroq 

pog'onaga ko'tarilishni va ruhan uyg'onishni 

ifodalovchi majoz, deb hisoblashlarini Siz balki 

bilarsiz? Aza tutganimizda, u qirq kun davom 

etadi. Chaqaloq tug'ilsa, uning yangi hayotga 

ko'nikishi uchun qirq kun kerak bo'ladi. Agar 

sevib qolgandek bo'lsak, o'z hissiyotimizga 

iqror bo'lishimiz uchun ham qirq kun kerak. 

Olamni suv bosishi, suv Avvalgi hayot 

tarzining yuvib tashlanishi, barcha 

yovuzliklarni tozalab va odamlarga takroran 

yangi hayot boshlash imkoniyati berilmog'i 

uchun butun Olamni qirq kun davomida suv 

bosgan. Islom falsafasiga ko’ra inson bilan 

Xudo orasida qirq pog’ona bor. Iso (a.s.) qirq 

kechayu qirq kunduz cho'lga uzlat etganlar. 

Muhammad (s.a.v.) ga payg'ambarliklari 


haqidagi vahiy kelganida qirq yoshda 

bo'lganlar. Budda qirq kun jo'ka daraxti ostida 

meditasiya (zikr) qilgan. Shamsning qirq 

qoidasi haqida esa aytmasam ham bo'ladi. 

Siz yangi ishingizni qirq yoshingizda oldingiz 

va bu yangi hayot boshlanishidan nishona! 

Shunday qilib, Siz juda xayrli yoshga kirdingiz. 

Muborak bo'lsin! Va yoshingiz ortganidan xafa 

bo'lmang. Hech qanday ajin va oqargan soch 

qirq sonining quvvatiga ta'sir eta olmaydi! 

Sizga ezgu tilaklar ila 

Aziz.» 

 

 




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish