„Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini,
burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab
qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah-
kamlash tarafdorimiz“,
— degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish ha-
qidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i
ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi
hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan
ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiqbo‘-
yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gru-
ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan-
ligini e’lon qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |