KIRISH
Aziz o‘quvchi!
Qo‘lingizdagi darslik Vatanimizning
milliy istiqlol davri tari-
xini yoritishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston xalqi XX asrning
so‘nggi o‘n yilligi boshlarida sovet tuzumiga qaramlikdan ozod
bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritdi. 1991-
yil 31- avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Kengashning
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekistonning davlat
mustaqilligini e’lon qildi. Xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga
chiqib, siyosiy mutelik va zug‘umdan qutuldi.
Dunyo xaritasida
yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo
bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik-huquqiy dav-
lat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadi-
gan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
maqsadida keng qamrovli
demokratik islohotlar amalga oshirildi. Mazkur darslikni o‘qish,
o‘rganish jarayonida Siz mustaqillik yillarida milliy-huquqiy dav-
lat qurilishi jarayonini — markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlari barpo etilishi va ularning faoliyatini, shuningdek,
ochiq fuqarolik jamiyati
asoslarining yaratilishi, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi
va ularning faoliyatini bilib olasiz. Mazkur darslik mustaqillik yil-
larida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiy-
atini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jaray-
onini idrok etishda, ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
tabaqasining shakllanishini, yuksak texnologiyalar asosida
bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar
va ularning faoliya-
tini, sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi sohasida
erishilgan yutuqlarni o‘rganishda Sizga yordam beradi. Shuning-
dek, Siz mamlakatimizning ma’naviy-madaniy hayotida sodir
bo‘lgan chuqur o‘zgarishlarni, bu
sohada erishilgan yutuqlarni
bilib olasiz. Qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizga Yurtboshimiz Is-
lom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning
„o‘zbek modeli“ asos bo‘lib xizmat qilganini, bu yo‘lning maz-
mun-mohiyatini qalban anglab yetasiz, deb umid qilamiz.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz — O‘zbekiston jahon
hamjamiyatiga qo‘shildi.
Dunyodagi yirik, rivojlangan mamla-
katlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar
o‘rnatildi, o‘zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy
siyosati
va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro‘-e’tibor qozon-
di. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagan,
o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi.
Qo‘lingizdagi darslik O‘zbekiston tarixining bu sohadagi yorqin
sahifalarini bilib olishda Sizga ko‘maklashadi, albatta.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta max-
sus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi
tomonidan tasdiqlangan „O‘zbekiston tarixi“ fani o‘quv dasturi
asosida tayyorlandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi