Bog'liq O'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajriba- si va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huqu- qini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’min- lashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad- riyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“. O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi O‘zbekiston SSR
demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida
va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir .
O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu
hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi
mumkin emas.