O’zbekistonning eng yangi tarixi



Download 300,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.07.2021
Hajmi300,17 Kb.
#121521
  1   2
Bog'liq
Документ (4)



“O’zbekistonning eng yangi 

tarixi” fanidan sessiya oraliq 

savollariga javob. ( 4-variant) 

 

TA’LIM SHAKLI: SIRTQI 



 

YO’NALISH: MATEMATIKA VA  

INFORMATIKA 

 

GURUH: 103 



 

 

Mamatkarimov Shaxzod 




1-topshiriq:O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning mazmun-

mohiyatini yoriting. 

Mustaqillik  deklaratsiyasi 

(1990-yil  20-iyun)  —  Oʻzbekiston  SSR  Oliy 

Sovetining  2-sessiyasida  qabul  qilingan.  U  Oʻzbekistonning  mustaqillikka 

erishishida  muhim  qadam  boʻldi.  M.D.da  "Oʻzbekiston  Sovet  Sotsialistik 

Respublikasi  Oliy  Kengashi  oʻzbek  xalqining  davlat  qurilishidagi  tarixiy 

tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi 

belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning 

kelajagi  uchun  tarixiy  masʼuliyatni  chuqur  his  etgan  holda  xalqaro  huquq 

qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  va  demokratiya  prinsiplariga 

asoslanib,  Oʻzbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining  davlat 

mustaqilligini  eʼlon  qiladi",  deb  yozib  qoʻyilgandi.  Ana  shu  hujjat  asosida 

Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda 

hal  qilina  bordi  va  1991-  yil  31-  avgustida  "Oʻzbekiston  Respublikasining 

Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi .

 O‘zbekiston Sovet  

Sotsialistik  Respublikasi  Oliy  Soveti:  o‘zbek  xalqining  davlat  qurilishidagi  tarixiy 

tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash 

huquqini  ta’minlashdan  iborat  oliy  maqsad  haqi,  har  bir  kishining  farovon  hayot 

kechirishini  ta’minlashni  oliy  maqsad  deb  bilgan  holda,  O‘zbekiston  xalqlarining 

kelajagi  uchun  tarixiy  mas’uliyatni  chuqur  his  etgan  holda,  xalqaro  huquq 

qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  va  demokratiya  prinsiplariga  asoslanib, 

O‘zbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining  Davlat  mustaqilligini  e’lon  qiladi. 

O‘zbekiston  SSRning  demokratik  davlat  mustaqilligi  respublikaning  o‘z  hududida 

barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. 

O‘zbekiston  SSRning  davlat  hududi  chegarasi  daxlsiz  va  bu  hudud  xalqning 

muhokamasiga  qo‘yilmay  turib  o‘zgartirilishi  mumkin  emas.  O‘zbekiston  SSRda 

davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan  barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari 

ustidan  amalga  oshiriladi  va  shu  hududda  yashaydigan  aholiga  taalluqlidir.  SSSR 

Oliy  Soveti  qabul  qiladigan  qarorlar  O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyasiga  muvofiq 

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR 

hududida  kuchga  ega  bo‘ladi.  O‘zbekiston  SSR  davlat  hokimiyati  vakolatiga 

O‘zbekiston  SSR  ichki  va  tashqi  siyosatiga  tegishli  barcha  masalalar  kiradi. 

O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. 

O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va 

amalga oshiradi. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi 

va  davlat  belgilarini  (gerb,  bayroq,  madhiya)  o‘zi  ta’sis  etadi.  Qoraqalpog‘iston 



Muxtor  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  mustaqilligini  Muxtor  Respublika 

Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston 

SSR  Konstitutsiyasi  asosida  Qoraqalpog‘iston  MSSR  manfaatlarini  himoya  qiladi. 

O‘zbekiston  SSRning  qonun  chiqaruvchi  hokimiyati  O‘zbekiston  SSR  davlat 

mustaqilligini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  qonunlarni  ishlab  chiqadi. 

O‘zbekiston  SSRning  siyosiy  va  iqtisodiy  sistemalari  tarkibini  va  qurilishini 

belgilaydi.O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik 

huquqiy  davlat  tuzishga  qaror  qilganini  bildiradi,  O‘zbekiston  SSRda  yashayotgan 

barcha millat va elatlarning qonuniy siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga 

hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston 

SSRning  yangi  Konstitutsiyasini  hamda  yangi  ittifoq  shartnomasini  ishlab  chiqish 

uchun asosdir. 

6-sentyabr—Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi 

tashkil  etildi.  14-sentyabr—Toshkentda  Oʻzbekiston  kommunistik 

partiyasining  oxirgi  favqulodda  23-sʼyezdi  boʻlib,  unda  KPSS  tarkibidan 

chiqish  va  sifat  jihatidan  yangi  siyosiy  tashkilot  —  Oʻzbekiston  Xalq 

demokratik  partiyasi  (Oʻzbekiston  XDP)  ni  tuzish  haqidagi  Bayonot  qabul 

qilindi.  26-sentyabr —  Oʻzbekiston  Respublikasi  Milliy  xavfsizlik  xizmati 

tuzildi.  26  sentyabr  —  Toshkentda  Jahon  oʻzbeklari  (turkistonliklar)ning 

xalqaro  anjumani  oʻtkazildi. 

30  sentyabr

 —  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining  navbatdan  tashqari  7-sessiyasida  Oʻzbekiston  Respublikasi 

davlat  mustaqilligi  asoslari  toʻgʻrisidagi  qonunga  konstitutsiyaviylik 

maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 

Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi. 

24-

oktyabr


 — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. 

1-noyabrda

 — 

Toshkentda  Oʻzbekiston  Xalq  demokratik  partiyasining  1-taʼsis  qurultoyi 



boʻlib  oʻtdi  (15  noyabrda  roʻyxatga  olingan).  18-noyabr —Oʻzbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining 

Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.29-noyabr — Toshkentda 

Oʻzbekiston  xalq  artisti  Sulaymon  Yudakov  memorial  muzeyi  ochildi.  25-

dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo 

boʻldi. 29-dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq 

referendumi  va  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  boʻlib  oʻtdi. 

Oʻzbekiston  xalqi  respublika  Oliy  Kengashi  eʼlon  qilgan  Oʻzbekiston 

Respublikasining  davlat  mustaqilligini  maʼqulladi.  Birinchi  marta  yashirin 

ovoz  berish  yoʻli  bilan  oʻtkazilgan  toʻgʻridan-toʻgʻri  umumiy  va  alternativ 

asosdagi  saylovda  I.A.Karimov  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  etib 

saylandi. 




 

 

 



2-topshiriq: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining I-bo‘limi mazmunini 

yoriting. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  O‘n  ikkinchi  chaqiriq  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992- yil 8- dekabrda 

qabul qilingan. 

(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra 

hamda  uning  asosida  O‘zbekiston  Respublikasining  2003-  yil  24-  aprelda 

qabul  qilingan  Qonuniga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar 

kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul  qilingan 

Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  89-modaasiga, 

93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar 

kiritilgan.  O‘zbekiston  Respublikasining  2008-  yil  25  -dekabrda  qabul 

qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  77-

moddasining  birinchi  qismiga  o‘zgartish  kiritilgan.  O‘zbekiston 

Respublikasining  2011-  yil  18-  aprelda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  78,  80,  93,  96  va  98-

moddalariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritilgan.  O‘zbekiston 

Respublikasining  2011-  yil  12-  dekabrda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  90-moddasining  ikkinchi 

qismiga  tuzatish  kiritilgan.  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-  yil  16- 

aprelda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi  32,  78.  93,  98,  103  va  117-moddalariga  o‘zgartish  va 

qo‘shimchalar  kiritilgan. O‘zbekiston  Respublikasining 2017-yil  6-aprelda 

qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 

81,  83,  93,  107,  110  va  111-moddalariga  o‘zgartishlar  va  qo‘shimcha 

kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 31- mayda qabul qilingan 

Qonuni  bilan  O‘zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi  80,  93,  108  va 

109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- 

yil  29-avgustda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.) 

O’zbek  xalqi: 

inson  huquqlariga  va  davlat  suvereniteti  g‘oyalariga  sodiqligini 

tantanali  ravishda  e’lon  qilib,

 

hozirgi  va  kelajak  avlodlar  oldidagi  yuksak 



mas’uliyatini  anglagan  holda,  o‘zbek  davlatchiligi  rivojining  tarixiy  tajribasiga 


tayanib,

 

demokratiya  va  ijtimoiy  adolatga  sadoqatini  namoyon  qilib,



 

xalqaro 


huquqning  umum  e’tirof  etilgan  qoidalari  ustunligini  tan  olgan  holda,

 

respublika 



fuqarolarining  munosib  hayot  kechirishlarini  ta’minlashga  intilib,

 

insonparvar 



demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etishni  ko‘zlab,

 

fuqarolar  tinchligi  va  milliy 



totuvligini ta’minlash maqsadida,

 

o‘zining muxtor vakillari siymosida  Oʻzbekiston 



Respublikasining 

mazkur 


Konstitutsiyasini 

qabul 


qiladi.                                                                

1-modda.


Oʻzbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston 

Respublikasi”  va  “O‘zbekiston”  degan  nomlari  bir  ma’noni  anglatadi.                                 

2-modda:Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslar  jamiyat  va  fuqarolar  oldida  mas’uldirlar.                      

3-modda:  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  milliy-davlat  va  ma’muriy-hududiy 

tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va 

tashqi 

siyosatini 

amalga 

oshiradi.                                                                                   

O‘zbekistonning  davlat  chegarasi  va  hududi  daxlsiz  va  bo‘linmasdir.                                                                                                                                            

4-modda:  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  o‘zbek  tilidir.  O‘zbekiston 

Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-

odatlari  va  an’analari  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi,  ularning  rivojlanishi  uchun 

sharoit yaratadi. 5-modda : O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o’z 

davlat 


ramzlari 

– 

bayrog’I, 



gerbi 

va 


madhiyasiga 

ega.                                                                                                       

6-modda:  O‘zbekiston  Respublikasining  poytaxti  —  Toshkent  shahri.    7-modda: 

Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.O‘zbekiston Respublikasida davlat 

hokimiyati  xalq  manfaatlarini  ko‘zlab  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 

hamda  uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  bergan  idoralar 

tomonidangina  amalga  oshiriladi.  Konstitutsiyada  nazarda  tutilmagan  tartibda 

davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib 

qo‘yish  yoki  tugatish,  hokimiyatning  yangi  va  muvoziy  tarkiblarini  tuzish 

Konstitutsiyaga  xilof  hisoblanadi  va  qonunga  binoan  javobgarlikka  tortishga  asos 

bo‘ladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

3-topshiriq:O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  asosiy  tamoyillari  haqida 



ma’lumot yozing.    

O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 

Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot 

yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va 

amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, 

hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 

tamoyillari quyidagilardan iborat: 

•mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy 

qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; •davlatlarning suveren 

tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; •boshqa davlatlarning ichki 

ishlariga aralashmaslik; •nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; •kuch ishlatmaslik va 

kuch bilan tahdid qilmaslik; •inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; •ichki 

milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan 

qoidalari va normalarining ustivorligi; •davlatning, xalqning oliy manfaatlari, 

farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga 

kirish va ulardan ajralib chiqish; •tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga 

kirmaslik; •davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat 

milliy manfaatlarining ustunligi; •tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p 

tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga 

boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va 

xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil 

davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat 

mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan 

diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. 

Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, 

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni 

kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro 

tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, 

Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning 

elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. 

O’zbekistonning BMTga a'zo bo’lishi 

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki 

kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 

qilish yo’lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda. O’zbekiston Respublikasi 



o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli 

xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz 

jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. 

A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993– yilda bo’lgan 48– sessiyasida 

ishtirok etishi va unda 27– sentabrda qilgan ma'ruzasi O’zbekistonni jahonga 

ko’hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi 

nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha 

BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi 

kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha 

bir qator takliflar o’rtaga qo’yildi. 1993–yil 24–oktabrda Toshkentda BMT ning 

vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zbekiston rahbariyati va BMT 

rahbarlarining sa'y–harakatlari natijasida O’zbekiston BMT–ning Xalqaro 

telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi 

bo’yicha oliy qo’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro 

aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish 

jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti 

tashkiloti, Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan 

muassasalarga a'zo bo’ldi. 1994–yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining 

yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak


Download 300,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish