O’zbekistonning eng yangi tarixi



Download 300,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.07.2021
Hajmi300,17 Kb.
#121521
1   2
Bog'liq
Документ (4)

 

yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning 

mavqeyini yanada ko’tardi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT 

rahnamoligida 1995– yil 15–16– sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va 

hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash–seminari bo’lib o’tdi. 

Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan 

muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya 

jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari 

yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul 

qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy 

kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik 

hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. O’zbekiston BMT ning 50 yilligiga 

bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov 

BMT Bosh Assambleyasining 1995– yil oktabr–noyabr oylarida bo’lgan 50– yubiley 

sessiyasida qatnashib va nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini 

yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy 

xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini 

ta'minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta'minlash mumkinligi alohida 




ta'kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning 

aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi.  

4-topshiriq: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing. Taraqqiyotning “Oʻzbek 

modeli”, Bozor iqtisodiyoti, Sotsialistik iqtisod, Xususiy mulk, Menejment. 

•Iqtisodiy

 

taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat 

iqtisodiyotini  tashkil  etish  va  rivojlantirishning  strategiyasi,  maqsadlari, 

umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. t.m. tushunchasi 

20-asrning  50-yillarida  paydo  boʻldi.  Bu  davrga  kelib  koʻpchilik  sobiq 

mustamlaka  mamlakatlar  oʻz  mustaqilligiga  erishib,  milliy  davlat  qurish 

yoʻliga  oʻtgan  edilar.  Bu  vaqtda  asosiy  3  yirik  taraqqiyot  yoʻli  boʻlishi 

mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik 

yoʻnalish  (oriyentatsiya)].  20-asr  oxirlariga  kelib  biron-bir  mamlakatning 

iqtisodiy  taraqqiyotini  qatʼiy  qabul  qilingan  qoidalar  doirasi  bilan  cheklab 

turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va 

maq-sadga  egaligi,  ulardan  birini  tanlashda  har  bir  mamlakat  oʻz  ichki 

shartsharoitlaridan  kelib  chiqmogʻi  zarurligi  maʼlum  boʻldi.  Iqtisodiyot 

nazariyasida  ayrim  olimlar  t.m.ni  davlat  tuzumi  desa,  boshqalar  ijtimoiy-

iqtisodiy  formatsiya,  uchinchilari  esa  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  aniq 

belgilangan yoʻli deb hisoblaydi.

 

Bozor  iqtisodiyoti

— 

anʼanaviy  va  rejali  buyruqbozlik  tuzumidagi  iqtisodiy 



munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy 

zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy 

taraqqiyotni  va  xalq  farovonligini  taʼminlay  olmay  qoladi  hamda  Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan 

Bozor  iqtisodiyotiga  oʻtishning  uch  yoʻlini  koʻrsatish  mumkin:  1)  anʼanaviy 

natural  xoʻjaligi  iqtisodiyotidan  Bozor  iqtisodiyotiga  oʻtish ;  2)  qoloq  va 

mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali 

buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod 

boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar 

modeli  mavjud.  Klassik  model  eng  koʻhna  model  sifatida  Yevropa 

mamlakatlariga xos boʻlgan.  

•«

Sotsializm» atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan. 



Lekin  ijtimoiy  adolat  jamiyati  bilan  bogʻliq  tasavvurlar 


asr> toʻgʻrisidagi  qadimiy  gʻoyalarga  borib  taqaladi.  Bu  gʻoyalarning 

asoschisi 

Platon

 hisoblanadi.  U  «Siyosat»,  «Davlat»,  «Qonunlar»  kabi 



asarlarida  mohiyatan  sotsializmga  oʻxshash  jamiyat  toʻgʻrisidagi  fikrlarni 

bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan 

Aristotel

 oʻsha vaqtdayoq 

xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri 

halokatli  ekanligini  taʼkidlagan.  Umumiy  tenglik,  «oltin  asr»  borasidagi 

gʻoyalar keyinchalik 

utopik


 (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz 

ifodasini topdi. 

•  Xususiy  mulk—  ayrim  sohibkorlarga  qarashli  yollanma  mehnatga 

asoslangan 

va 

oʻz 


egasiga 

foyda


 keltiruvchi 

mulkdir. 

Oʻzbekiston 

Respublikasining  mulkchilik  toʻgʻrisidagi  qonunida

 (7-modda), xususiy 

mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 

etish  huquqidan  iboratdir  deb  koʻrsatilgan.  Shu  bilan  birga  xususiy  mulk 

boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi. 

•Menejment (

inglizcha

: management)  —  (boshqarish,  tashkil  etish)  — 

maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab 

chiqarish  samaradorligiga,  texnika  va  texnologiya  darajasi  hamda  ishchi 

kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va 

boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi 

boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan 

iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat 

etish  jarayonidir.  Uning  asosiy  maqsadi  bozor  munosabatlari  sharoitida 

barcha  boʻgʻinlarda  ishlay  oladigan  yuqori  malakali  boshqaruvchilarni 

tayyorlashdan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 

 

 

 



 

5-topshiriq:  Mustaqillik  yillarida  O‘zbekistonda  diniy  bag‘rikenglik,  millatlararo 

totuvlikning ta’minlanishi borasida qanday ishlar amalga oshirildi va bu borada siz 

yashayotgan hudud (tuman, shahar yoki viloyat)da qanday ishlar amalga oshirildi? 

  Ma`lumki  O`rta  Osiyo,  xususan  O`zbekiston  hududi  qadim  asrlardan  turli 

madaniyat,  til,  urf-odat,  turmush  tarziga  ega  bo`lgan,  xilma-xil  dinlarga  e`tiqod 

qiluvchi,  bir-biriga  o`xshash  bo`lmagan  bir  necha  xalqlar  yashagan  o`lkadir. 

O`zbekistonning  jo`g`rofiy  nuqtai  nazaridan  muhim  savdo  yo`llari  chorrahasida 

joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy 

va  ma`naviy  hayotiga,  shuningdek,  Movarounnahrdagi  urf-odatlar  ham  o`zga 

yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo 

ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib 

xizmat  qilgan.  Bu  haqda  Prezidentimiz  o`zlarining  «O`zbekiston  XXI  asr 

bo`sag`asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari» 

asarida:  «Ming  yillar  mobaynida  Markaziy  Osiyo  g`oyat  xilma-xil  dinlar, 

madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib 

keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida 

qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu 

jamiyatning  ma`naviy  yuksalishiga  muayyan  hissa  qo`shdi.  Hozirgi  kunga  kelib, 

respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va 

elat  vakillari  uchun  esa  bir  qancha  milliy-madaniyat  markazlari  faoliyat  yurgazib 

kelmoqda.  Jumladan,  Toshkent  viloyatida  Angren  shahar  rus  milliy-madaniyat 

markazi,  Olmaliq  shahar  ukrain  milliy-madaniyat  markazi,  Oqqo`rg`on  tumani 

koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l 

shahar  tatar  milliy-madaniyat  markazi  kabilardir. O`zbekistonda  barcha  diniy 

tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos 

istaklari ro`yobga chiqarilmoqda. Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda 

musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib 

kelmoqda.  Toshkent  viloyati  hududida  esa  200  ortiq  masjid  rasmiy  ro`yxatdan 

o`tgan. Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan 




eng  qadimiy  o`lkalardan  biri  ekanidan  dalolat  beradi.  O`lkamizda  qadim 

zamonlardanoq  zardushtiylik,  budizm,  yahudiylik,  nasroniylik  kabi  murakkab 

ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. VIII asrda 

Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va 

odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy 

axloq  g`oyalari,  huquqiy  me`yorlar  va  urf-odatlarni  olib  kirdilar. Prezidentimiz  I. 

Karimov bu xususida shunday deganlar: «Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-

bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar 

mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari 

tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik 

hayot  bo`ronlaridan  omon  qolish  va  rivojlanish  uchun  zarur  tabiiy  me`yorlarga 

aylandi.  Hatto  bu  hududlarni  bosib  olganlar  ham  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 

madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu 

hududda  mavjud  bo`lgan  davlatchilik  an`analarini  avaylab  qabul  qilganlar.  turli 

millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning 

huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  konstitutsiyaviy  kafolatlar 

belgilangan.  Bunda,  eng  avvalo,  fuqarolarning  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini, 

ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng 

huquq  va  erkinliklarini,  ularning  qonun  oldida  tengligini  ta'minlash  alohida 

e'tiborga  olingan.  Mazkur  sohada  O'zbekiston  Respublikasi  davlat 

siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy 

adolat,  qonun  ustuvorligi,  millat  va  elatlarning  madaniy,  til  va  diniy 

qadriyatlari,  an'ana  va  urf-odatlarini  o'zaro  hurmat  qilish  kiradi. 

Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan 

qat'i  nazar,  fuqarolarga  jamoat  va  davlat  qurilishida  ishtirok  etishni 

ta'minlaydi.  Ta'kidlash  joizki,  O'zbekiston  Respublikasining  millatlararo  va 

konfessiyalararo  totuvlikni  o'rnatish  siyosati  Inson  huquqlari  umumjahon 

deklaratsiyasi  va  boshqa  xalqaro  huquqiy-me'yoriy  hujjatlarga  to'la  mos 

keladi.  Ikkinchidan,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag'rikenglikni  ta'minlash 

O'zbekistonning  zamonaviy  davlat  sifatida  rivojlanish  strategiyasining 

ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo'nalishi  bo'yicha 

Harakatlar  strategiyasiga  muvofiq,  mazkur  sohaga  alohida  e'tibor 

qaratilmoqda. 

Bag’rikenglikni  namoyon  inson  huquqlariga  ehtirom  bilan 

hamohang,  u  ijtimoiy  adolatsizlikka  nisbatan  sabr-toqatli  munosabatda 

bo’lishni, o’z imon- e’tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki,   

har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar 

ham ega ekanligini tan olmog’I lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o’z 

tabiatiga  ko’ra  tashqi  ko’rinishi,  qiyofasi,  o’zini  tutishi,  nutqi,  xulqi  va 

qadiryatlari  jihatidan 

farqlanishi  e’tirofga  loyiqligi  barobarida,  ular  dunyoda 

yashashga 

va o’zlarining ana shu indiviualligini saqlab qolishga haqlidirlar. 




 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 300,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish