Ashgabatda
O‘rta Osiyo Respublikalari
va Qozog‘iston davlat boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib, unda
Òajan-Seraxs temiryo‘l qurilishi bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik
qilish haqida bitim imzolandi. Uni O‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Òurkmaniston prezidentlari—I. Karimov, N. Nazar-
bayev, A. Akayev va S. Niyozovlar imzoladilar. Òemiryo‘l qurilishi
haqidagi bu bitim yagona Osiyotrans magistralini yaratishda
muhim ahamiyatga egadir. Besh davlat boshliqlari Chernobil
halokati, Orol fojiasi oqibatlarini tugatish masalasida birgalikda
harakat qilish haqida qaror qabul qildilar. Halokat zonalari
aholisiga tezlikda gumanitar yordam jo‘natishga ahdlashdilar.
1993- yil 4- yanvarda I. Karimov tashabbusi bilan Òoshkentda
O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘iston prezidentlarining
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda
Do'stlaringiz bilan baham: |