Amerika Qo‘shma Shtatlari 1776-yil 4-iyulda mustaqillikka erishgan. Birinchi prezidenti nomi 1789-yilda rasman e’lon qilingan. Hozirgacha AQShni jami 45 nafar prezident boshqargan.
Mamlakatning eng yosh saylangan rahbari sifatida 43 yoshli Jon Kennedi tarixda qolgan. Eng yoshi kattasi — Ronald Reygan. U 69 yoshida saylangan. Franklin Ruzvelt eng ko‘p prezidentlikka saylangan (to‘rt martta) shaxs sanaladi. Mamlakatni eng qisqa muddat boshqargan Uilyam Genri Xarrison edi. U bir oylik boshqaruvdan keyin pnevmoniyadan vafot etgan.
Haligacha birorta ayol kishi AQSh prezidentligiga saylanmagan. Hozirda AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tyapti. Xabaringiz bor, bu kurashda amaldagi prezidentga Jo Bayden raqiblik qilmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentlarining solnomasi:
Jorj Vashington (1789-97): Jorj Vashington taniqli tarixiy shaxs va mustaqillik g‘alabasida qit’a armiyasini boshqarganidan keyin AQShning birinchi prezidenti bo‘lgan. (Partiyasiz).
Jon Adams (1797-1801): Jon Adams AQShning ikkinchi prezidenti bo‘lishdan oldin Vashingtonda vitse-prezident lavozimida bo‘lgan. Keyinchalik uning o‘g‘li Jon Kvinsi Adams ham prezident bo‘lgan. (Federalchi).
Tomas Jefferson (1801-09): Amerika Qo‘shma Shtatlarining uchinchi prezidenti. Jefferson Luizianani Napoliondan 15 mln dollarga sotib olgan. U ikki muddat prezident bo‘lib ishlagan. (Demokratik-respublikachi).
Jeyms Medison (1809-17): AQShning to‘rtinchi prezidenti edi. Uni ko‘pincha Konstitutsiyaning otasi deb atashadi. (Demokratik-respublikachi).
Jeyms Monro (1817-25). (Demokratik-respublikachi).
Jon Kvinsi Adams (1825-29): Qo‘shma Shtatlarning oltinchi prezidenti bo‘lgan. Jon Adamsning o‘g‘li. (Demokratik-respublikachi va Milliy respublikachi).
Endryu Jekson (1829-37): Shimoliy Amerika hindulari bilan muomalasi va qullik tarafdori bo‘lganligi haqidagi tanqidlarga qaramay, unga demokratiyaning buyuk himoyachisi sifatida qaraladi. Endryu Jekson qiyin davrda Amerikani birlashtirgan. (Demokrat).
Martin Van Byuren (1837-41). (Demokrat).
Uilyam Garrison (1841). (Viglar partiyasi).
Jon Tayler (1841-45). (Vig).
Jeyms Noks Polk (1845-49). (Demokrat).
Zakari Teylor (1849-50). (Vig).
Millard Fillmor (1850-53). (Vig).
Franklin Pirs (1853-57). (Demokrat).
Jeyms Byukenen (1857-61). (Demokrat).
Avraam Linkoln (1861-65): Xalqni eng mashaqqatli davr — Fuqarolar urushi davrida boshqargan. Taniqli davlat arbobi va notiq. U mamlakat tarixidagi eng mashhur prezidentlardan biri. Linkoln 1865 yili Jon Uilkes But tomonidan o‘ldirilgan. (Respublikachi va Milliy Ittifoqchi).
Endryu Jonson (1865-69): Amerika Qo‘shma Shtatlarining 17-prezidenti bo‘lib, 1808 yilda tug‘ilgan. Linkoln otib o‘ldirilganidan so‘ng u prezidentlik lavozimini egallagan. (Milliy Ittifoqchi va Demokrat).
Uliss Grant (1869-77). (Respublikachi).
Raterford Xeys (1877-1881). (Respublikachi).
Jeyms Garfild (1881). (Respublikachi).
Chester Artur (1881-85). (Respublikachi).
Grover Klivlend (1885-89). (Demokrat).
Bendjamin Garrison (1889-93) (Respublikachi).
Grover Klivlend (1893-97). (Demokrat).
Uilyam Mak-Kinli (1897-1901). (Respublikachi).
Teodor Ruzvelt (1901-09): AQShning 26-prezidenti edi. U «Square Deal»dagi faoliyati, atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalari va uchinchi siyosiy organ — «Progressive Party»ni yaratish orqali progressiv harakatga rahbarlik qilgani bilan tanilgan. (Respublikachi).
Uilyam Taft (1909-13). (Respublikachi).
Vudro Vilson (1913-21): Birinchi Jahon urushi davrida mamlakatni boshqargan va bugungi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosi bo‘lgan Millatlar Ligasini yaratishda muhim rol o‘ynagan. (Demokrat).
Uorren Garding (1921-23). (Respublikachi).
Kalvin Kulidj (1923-29). (Respublikachi).
Gerbert Guver (1929-33): Amerika Qo‘shma Shtatlarining 31-prezidenti edi. Prezident bo‘lishidan oldin u oziq-ovqat ma’muriyatining rahbari bo‘lgan. U 1929-yildagi Buyuk fond bozori qulashi paytida mamlakatni boshqargan. (Respublikachi).
Franklin Ruzvelt (1933-45): Garvard bitiruvchisi. U AQSh prezidenti bo‘lishidan oldin dengiz flotining kotibi va Nyu-York gubernatori bo‘lib ishlagan. (Demokrat).
Garri Trumen (1945-53): Ruzvelt vafot etganidan so‘ng AQSh prezidenti bo‘ldi. U Yaponiya ustiga atom bombasini tashlashga buyruq bergan. (Demokrat).
Duayt Eyzenxauer (1953-61): Ruzvelt davrida Yevropada Ittifoqning Oliy qo‘mondoni darajasigacha ko‘tarildi. U Ikkinchi jahon urushida Germaniyaga qarshi ko‘plab strategiyalar qo‘llagani bilan muvaffaqiyat qozongan. (Respublikachi).
Jon Kennedi (1961-63): Ehtimol AQShning eng taniqli prezidentlaridan biri. 1963-yil 22-noyabrda otib o‘ldirilgan. (Demokrat).
Lindon Jonson (1963-69): AQShning 36-prezidenti bo‘lgan va 1963-yilda Kennedi o‘ldirilganidan keyin o‘z muddatini boshlagan. (Demokrat).
Richard Nikson (1969-74): U ko‘plab muhim va kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, asosan Votergeyt mojarosi bilan taniqli. (Respublikachi).
Jerald Ford (1974-77). (Respublikachi).
Jimmi Karter (1977-81). (Demokrat).
Ronald Reygan (1981-89): Ketma-ket ikki marta AQSh prezidenti lavozimiga saylanishidan oldin taniqli aktyor bo‘lgan. Ronald Reygan «samoviy urishlar otasi» nomini ham olgan. (Respublikachi).
Jorj Gerbert Uoker Bush (1989-93): AQShning 41-prezidenti. Katta Bush nomi bilan mashhur. (Respublikachi).
Bill Klinton (1993-2001): Ikki muddatga saylangan. Uning rafiqasi Hillari Klinton ham taniqli siyosiy arbob sanaladi. (Demokrat).
Jorj Uoker Bush (2001-09): Kichik Jorj Bush nomi bilan tanilgan. (Respublikachi).
Barak Obama (2009-2016): Mamlakat tarixidagi qora tanli yagona davlat rahbari. Uning davrida Suriya urushi boshlangan. (Demokrat).
Donald Tramp (2016-): Amerikaning eng xarakterli prezidentlaridan biri. Tramp davri yakuni (ikkinchi muddatga saylanishi uchun bugungi saylovlarja g‘alaba qozonishi kerak) koronavirus pandemiyasiga to‘g‘ri kelmoqda. (Respublikachi).