Ichki o‘zgaruvchilar
- bu tashkilotning ichidagi vaziyatli omillar. Rahbarlar
diqqatini talab qiladigan asosiy ichki o‘zgaruvchilarga
maqsadlar,
masalalar,
struktura, insonlar va texnologiya
kiradi.
Tashkilot ta’rifining o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu umumiy deb tushunilgan
maqsadlarga ega odamlar guruxi. Tashkilot odamlar oldidagi maqsadlariga yakka-
yakka holda erisha olmaganda, ya’ni buning uchun jamoa (birgalikda) faoliyat talab
etilganda, tashkil topadi.
Maqsadlar
- bu tashkilot erishmoqchi bo‘lgan aniq pirovard natijalar
bo‘lib, ular rahbariyat tomonidan faoliyatni rejalashtirish davomida ishlab chiqiladi.
Bu muvofiklashtirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi, chunki tashkilot a’zolariga
ular nimaga intilishlari zarurligini bilish imkoniyatini beradi.
Turli tashkilotlarning maqsadlari turlidir. Masalan, tijorat va notijorat
tashkilotlarning maqsadlari bir-biridan fark qiladi. Yirik tashkilotlar bir-birlarini
tuldiruvchi ko‘plab maqsadlarga ega. Rahbarlarning barcha kelgusi qarorlari
maqsadlar aniqlab bergan yo‘nalishda qabul qilinadi va bajariladi. Tashkilot singari,
uning tarkibiy qismlari ham o‘z maqsadlarini ishlab chiqishadi. Bu maqsadlar
tashkilotning umumiy maqsadiga mos bo‘lishi, uni rivojlantirishi va bir-birlariga
qarama-karshi bo‘lmasligi zarur.
Tashkilotning yana bir ichki o‘zgaruvchisi - bu
masalalar,
ya’ni belgilangan
usul bilan aniq muddatda bajarilishi kerak bo‘lgan ish, ishning bir qismi yoki ishlar
ketma-ketligidir. Masalalar turlari to‘g‘risida biz oldingi ma’ruzalarda aytib o‘tgan
edik, ya’ni ular 3 turga bo‘linadi:
- buyumlar (mashina, jixozlar) bilan ishlash;
- odamlar bilan ishlash;
- ma’lumotlar bilan ishlash.
Masalalar tashkilotning maqsadlariga va mehnat qanday taqsimlanganligiga
bog‘liq.
Turtinchi muxim o‘zgaruvchi- bu texnologiyadir. Lyuis Deyvis [l] bergan
ta’rifga ko‘ra
"Texnologiya
— bu materiallarda, axborotlar yoki odamlarda istalgan
(xoxlangan) o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakaviy
ko‘nikmalar, asbob-uskunalar, infrastruktura, jixozlar va zaruriy texnik bilimlar
yig‘indisidir".
Masalalar va texnologiya bir-birlariga bog‘liq, chunki birinchisini bajarish
konkret texnologiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Texnologiya o‘z rivojlanishi davomida 5 ta yirik o‘zgarishni boshidan
kechirdi:
- sanoat inqilobi;
- standartlashtirish va mexanizatsiya;
- yigma konveyer liniyalar;
- bio va plazma texnologiyalari;
- nanotexnologiyalar va telekommunikatsiya texnologiyalari.
Bu innovatsiyalar masalalarning mazmuni va moxiyatigagina emas, balki
butun boshqarish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatdi. Texnologiyalar turlanishi
(klassifikatsiyasi) ning mavjud tizimlaridan ko‘proq ma’lum bo‘lgan tizim
Dj.Vudvord [l ] taklif etgani bo‘lib, unga ko‘ra barcha ishlab chiqarish firmalarining
texnologiyalari 3 xil turga bo‘linadi:
1) Donalab, mayda seriyalab yoki individual ishlab chiqarish;
2) Ommaviy yoki yirik seriyalab ishlab chiqarish;
3) Uzluksiz ishlab chiqarish.
Djeyms Tompsoning ta’rifiga ko‘ra [ l] texnologiyalarni quyidagi uch turga
ajratish mumkin:
1. Ko‘p buginli texnologiyalar - birin-ketin bajariladigan, o‘zaro bog‘liq
masalalar to‘plami bilan xarakterlanadi.
2. Vositachilik texnologiyalari - bir-biriga bog‘liq bo‘lgan yoki bo‘lishi
istalgan odamlar guruxlarining uchrashuvlari bilan xarakterlanadi.
3. Intensiv (jadal) texnologiya - ishlab chiqarishga kelib tushayotgan aniq
materiallarda ma’lum o‘zgarishlarni sodir etish uchun qo‘llaniladigan maxsus
usullar, ko‘nikmalar yoki xizmatlar majmuidir.
*Texnologiyaning har bir turi o‘z afzalliklariga ega va aniq maqsad va
masalalarni eng yaxshi yo‘l bilan bajarishga mos keladi.
Tashkilotning keyingi ichki o‘zgaruvchisi -
odamlar
bo‘lib, ularsiz har
qanday ilg‘or texnologiya foydasiz bo‘lishi va hech qanday masala (ish)
bajarilmasligi mumkin.
Rahbarlar insonlarning xatti-harakatlari masalalarini uch xil nuqtai
nazardan: alohida shaxslar sifatida, guruxlar sifatida va sardorlar sifatida harakat
qiluvchi shaxslar nuqtai-nazardan o‘rganadilar.
Insonlarning individual xatti-harakatlari qobiliyat, iktidor, munosabatlar,
ehtiyojlar, kadriyatlar, kuzatishlar va tushunish kabi muxim jixatlarga bog‘liq.
Rahbariyat shakllantiradigan muxit ko‘p xollarda ishlovchilarning xatti-
harakatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. *Demak, rahbarlar bu muxit ni tashkilot
maqsadlariga erishishiga imkon berishini ta’minlashga harakat qilishlari kerak.
Tashkilotninig barcha ichki o‘zgaruvchilari bir-birlaridan alohida qurilishi
mumkin emas, chunki bir omilning katta o‘zgarishi boshqa omillarga ham ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda ushbu ta’sir ayrim o‘zgaruvchilariga ijobiy,
ba’zilariga salbiy mazmun berishi mumkin. SHuning uchun ichki
o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘lanishlar moxiyatini tushunish zarur. Tizimlar
nazariyasiga asosan - tashkilot bu o‘zaro bog‘liq qismlardan iborat yaxlitlikdir.
Tashkilot tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘liqligini quyidagi modelda ko‘rsatish
mumkin.
T A SH K I L O T
TEXNOLOGIYA
ODAMLAR MAQSADLAR STRUKTURA
MASALALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |