Bevosita mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarining
tezkor (operativ) masalalarini hal qilish boshqaruvning
quyi pog‘ona
sida amalga
oshiriladi.
Menejerlar, ular qaysi boshqarish pog‘onasida faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy
nazar, tashkilotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun yuqori mas’uliyat va
tadbirkorlik bilan ish yuritishlari zarur.
5.2. Tashkilotlarning ichki va tashqi muhiti
Har bir tashkilot - ochiq tizim bo‘lib, tashqi muxit bilan chambarchas
bog‘langan ko‘plab o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bir yaxlitlikdir.
Tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash uchun ushbu omillarning moxiyati va
o‘rnini tushunmoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: