e-tailing
), tarmoqda har xil xizmatlar taklif qiluvchi korxonalar,
biznes hamkorlar tanlashni ta’minlovchi dallollar, internetda ishlash uchun yordam
va ko’mak taklif qiluvchi vakillar (portallar, qidiruv tizimlari), Web-birlashmalar
qurish bilan shug’ullanuvchi , yangi elektron tovar yoki xizmatga bag’ishlab
yaratilgan korxonalardir.
Tashkilot elektron bozor ishtirokchisi.
An’anaviy bozorda bo’lganidek, elektron bozorning asosiy ishtirokchilari
tashkilot, ta’minotchilar va tovar, xizmatlarni iste’mol qiluvchilardir. Elektron
bozorda korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun u rivojlangan korporativ
axborot tizimiga ega bo’lishi kerak. Bu tizim asosiy biznes jarayonlarni qo’llab-
quvvatlanadi va internetga chiqish uchun kichik tizimga ega. U orqali elektron
biznes sohasida tashkilot o’z vazifalarini amalga oshiriladi.
Ishlatilayotgan resurslar va dasturiy muxitning yuqori tezlikdagi o’zgarishini
hisobga olgan holda zamonaviy tashkilotni samarali boshqarish ancha murakkab
vazifa hisoblanadi. Bu vazifaning echimi korporativ axborot tizimlari tomonidan
amalga oshiriladi. Bunday tizimlar mavjud biznes jarayonlarni qo’llab-
quvvatlanishi, hamda boshqaruvning strukturasi va usullariga mos kelishi kerak.
elektron biznes nuqtai nazaridan zamonaviy axborot tizimlarini ma’lumotlar
bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qo’llash imkoniyati bilan server-
mijoz arxitekturasi asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari
ular har xil nazrat usullari va axborot resurslaridan foydalanishni cheklash
yordamida xavfsizlikni ta’minlashi, taqsimlangan axborotni qayta ishlashni
qo’llab-quvvatlashni, ochiq standartlar evaziga turli xil operativ mustaqil
funkstional bloklardan qurilishning modul prinstipi, shuningdek, internet va
internet texnologiyalarni qo’llab-quvvatlashni ta’minlashi zarur. Korporativ
axborot tizimlarida tashqi iqtisodiy muxit bilan aloqa elektron biznes qarorlari –
interaktiv Web-vakolatxonalar va portallari bilan integrastiya xisobiga
ta’minlanadi. Web-vakolatxonalar (korporativ vakolatxona) deb, birinchi navbatda
161
reklama - marketing vazifalarini xal qiluvchi internet tarmog’idagi korxona sayti
tushuniladi.
Web-vakolatxona odatda korxona haqida axborotga ega bo’ladi: uning
rivojlanish tarixi, yangiliklar va press-relizlar, korxona tomonidan taklif
qilinadigan tovar va xizmatlarning asosiy ko’rinishlari haqida ma’lumot, vohadagi
faoliyati haqida axborot, distribyutor va diler tarmoqlari v.h. Masalan,
integrashtirilgan korporativ axborot tizimlarida ta’minot tizimi (B2B distribution)
mahsulot ishlab chiqaruvchisi va tarqatuvchisi o’rtasida o’zgaruvchan aloqani
ta’minlaydi. Bu elektron do’konlarda tovarlar haqidagi axborotni operativ
yangilashga imkon beradi.
10.2-rasm. Elektron biznes texnologiyalari (sotish)
Tashkilot to’liqligicha elektron biznes vazifalarini amalga oshirish uchun
korporativ portallar (EIP - Enterprise Information Portal – dasturiy apparat
kompleksi) yaratadilar. Ular ishchilar, mijozlar, hamkorlarga tashkilotning turli
axborot resurslaridan erkin foydalanishga imkon yaratadi. Bu axborot resurslari:
dasturlar, korporativ va boshqa ma’lumotlar, tashkilot va korxonalar vazifalari va
maqsadlari bilan mos keluvchi, taklif qilinuvchi xizmatlar (qidiruv tizimlari,
elektron pochta yoki e’lonlar elektron taxtachasi, buyurtmani bajarish jarayoni olib
boruvchi buyurtma tizimi yoki nazorat tizimi). Ish mazmuniga ko’ra portal nafaqat
tashqi iqtisodiy muxit bilan aloqani amalga oshiradi, balki ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilar, ta’minotchilar o’rtasida o’zaro munosabatlar muxitini yaratadi.
Masalan, xaridlar yoki ta’minot tizimlari texnik-material resurslarga ehtiyojlari
162
haqida axborot joylashtirishga, ta’minotchilar qidirish va ulardan tijorat takliflarini
olish, tenderlar takiloti va boshqalar uchun imkon yaratadi (rasm 2) Barcha
ma’lumot tizimda standartlashtirilgan katalogga mos ravishda sinflashtiriladi va
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |