10.3. Elektron to‘lovlar: debet va kredit, naqd pul to‘lovlari,
elektron pul
Elektron biznes va korxona strategiyasi.
Elektron biznez, internet, axborot telogiyalari korxonaning barcha
muammolarini echishga qodir panastiya (omil, vosita) hisoblanmaydi.lekin
shunchaki marketing vositalaridan biri emas. Internetga chiqish va u yoki bu
elektron biznes modelini qo’llash borasida korxona yoki tashkilot tomonidan
mavjud strategiya asosida qaror qabul qilinadi. Aynan ana shu strategiya
navbatdagi texnika yangiligini qo’llash bo’yicha korxonaning tadbirlari tartibini
belgilashi kerak. Bunda korxona yuqori boshqaruvining o’rni juda katta. Interent
tarmog’i va elektron biznes rivojlanishining birinchi bosqichlarida korxonaning
tarmoqqa ulanishi bilan bog’liq barcha qarorlar IT-personal tomonidan qabul
qilingan. Korxonaning tarmoqdagi faoliyatiga kim mas’ul degan savol ko’pincha
javobsiz qolgan. Elektron bozorlarning zamonaviy rivojlanish bosqichida
korxonaning internetga chiqishi va on-layn faoliyat yuritishi strategik sinfga
qarashli va ular bo’yicha qarorlar korxonaning yuqori boshqaruvi tomonidan qabul
qilinishi kerak. korxonada moliya va inson resurslari bo’lishi shart. Ko’p sonli
dot.com g’oyalarining muvaffaqiyatsizligidan so’ng, bu bosqichda internet
loyihalarga nisbatan sarmoyadorlarning munosabati ancha e’tiborli va ehtiyotkor
bo’lib qoldi. Sarmoyalar uchun tashkilot tarmoqda to’g’ri marketing
158
strategiyasigaegaligi va uni amalga oshirilishi uchun zaruriy malakaga ega
personalga egaligi ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda elektron
bozorda zaruriy ish tajribasiga ega yuqori malakali kadrlarning defistiti xali ham
mavjud. Sanab o’tilgan omillarni to’liq tahlili va baholanishidan so’nggina
elektron bozorga chiqish va internet tarmog’ida ishlashga qaror qilgan korxona
internet tarmog’i uchun o’z marketing strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
Strategiyani tanlash bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Birinchidan,
korxonaning raqobat ustunliklari aniqlab olinadi. Tashqi va ichki muhit tahlili
ma’lumotlarini solishtirish va ular asosida raqobatchilar xarakteristikasidek
berilgan korxona xarakteristikalari, shuningdek, raqobatchilar va hamkorlar
kutishlari bilan taqqoslanishi amalga oshiriladi. Korxona o’zining kuchli va zaif
tomonlarini aniqlaydi. Bu unga muvaffaqiyatga erishishi mukin bo’lgan
yo’nalishlarni ajratishga imkon beradi. Bundan tashqari korxona bozorda omad
omillarini aniqlashga yordam beradigan bozor imkoniyatlari va tahdidlarini
baholaydi. Potenstial muvaffaqiyatli yo’nalishlar va muvaffaqiyat uchun muhim
omillar solishtirilishi korxonaga raqobat qilish ustunliklari haqida tushuncha beradi
va strategiyani ishlb chiqarishga imkon yaratadi. Bundan so’ng bazaviy
strategiyani ishlab chiqish navbati keladi, ya’ni korxona o’zining maqsadlariga
qanday erishishi haqida qisqscha ta’rif beradi. Qabul qilingan bazaviy strategiyaga
asoslanib, korxona boshqaruvi uning barcha bo’limlari barcha bosqich darajalarida
to’plamlar tahlilini o’tkazadi. Bunday tahlil natijalari korxonaning unga ochilgan
imkoniyatlarni qo’llaganmi, raqobatchilarga o’z o’rnini boy berganmi – shuni
aniqlashga yordam beradi. To’plam tahlili va ajratilgan raqobat ustunliklari
tahliliga asoslanib, cheklangan korxona resurslarining turli xil bozor va faoliyat
yo’nalishlari o’rtasida taqsimlanishini optimallashtirish mumkin. Korxonaning
internet strategiyasi umumiy marketing strategiyasining bir qismi hisoblanadi. U
o’z strategik maqsadlariga erishish uchun shu korxona tomonidan internet
vositalari va imkoniyatlarini qo’llashni asoslaydi. Internetga chiqish moda yoki
barcha korxonalar elektron biznesni ishlatayotgani bilan tushuntirilishi mumkin
emas. Korxonaning bunday qaror qabul qilishi uchun keskin sabablari bo’lishi
159
lozim. Bunday sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
Jismoniy bozorda raqobat o’sishi;
-
Raqobatchilar, iste’molchilar, hamkorlar tomonidan yangi texnologiyalarning
qo’llanishi;
-
Elektron biznesni qo’llaydigan yangi iste’molchilar segmentiga chiqish istagi.
-
Yangi kanalni qo’llab, mavjud mijozlar xaridlarini kengaytirish intilishi.
-
Kutishlarni, operastiya bajarish vaqtini kamaytirishga intilish v.h.
O’z faoliyatida internetni ishlatayotgan korxonalarni (brick-and-click)
elektron biznesni qo’llash maqsadi va sabablariga bog’liq holda, bir nechta
kategoriyalarga bo’lish mumkin:
-Jismoniy yoki elektron tovar yoki xizmatlar sotish orqali qo’shimcha
daromad olishga intiluvchi korxonalar. Bu kataloglar bo’yicha va chakana savdo
bilan shug’ullanadigan jismoniy tovar sotuvchilari bo’lishi mumkin. Ular
kataloglarni intrnet orqali tarqatish, o’z tovarlari haqida axbrot havola etish,
buyurtmalar olish v.h.larga qaror qiladilar. Xuddi shu kategoriyaga bozor
strategiyasini ta’minlovchi dallollar (ma’lum bir biznes sohasidagi dallollar,
aukstionerlar v.b.) ni kiritish mumkin.
-Biznesning turli sohalarida bitimni amalga oshirish muddatini qisqartirish va
kutilmalarni pasaytirishga intiluvchi korxonalar: tovarlarni taqsimlash, mijozlar
bilan munosabatlarni boshqarishda, yangi tovarlarni yaratish, axborotni tarqatish,
fondlar aylanishi sohalarida.
-o’z savdo markalarini yaratish va mustaxkamlashga intiluvchi korxonalar
-reklama/yurgizish;
- mijozlar bilan doimiy aloqani amalga oshirish;
-yangi tovarlar haqida axborot tarqatilishi;
-tashkilot siyosatining o’zgartirilishi;
-mijozlar v.b. maqsadli auditoriyalar o’rtasida muhokamani amalga oshirish;
-korxona mijozlari bilan uzoq muddatli munosabatlar o’rnatish tizimi
doirasida iste’molchilar bilan doimiy suhbatni amalga oshirish uchun Internetni
qo’llaydilar.
160
Internet orqali faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar orasida har xil
maqsadlarga intiluvchi tashkilotlar mavjud. Bu Internetda chakana savdo bilan
shug’ullanuvchi (
Do'stlaringiz bilan baham: |