10-BOB. ELEKTRON TIJORAT, ELEKTRON
BOZOR MUNOSABATLARI
10.1.Elektron bozor, elektron bozor maydonlari, elektron magazin
Elektron bozor deb, uning ishtirokchilari va axborot strukturalari hamda
telekommunikastiya texnologiyalari, tizimlari sharoitida ma’lum Qonuniyatlar
bilan xarakterlanadigan ishtirokchilar, ularning o’zaro ta’sir jarayonlari majmuasi
tushuniladi. Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga nisbatan ancha mukammal
raqobat bilan xarakterlanadi. Elektron bozorda xaridor va sotuvchilarning katta
soni ishlaydi, yangi ishtirokchilarning bozorga chivishiga hech qanday to’siqlar
yo’q, barcha ishtirokchilar axborotdan erkin foydalanadi. Sotuvchilar har xil
o’lchamdagi, turli geografik rayonlarda joylashgan, elektron biznes vositalarini
tadbiq etishning turli bosqichlaridagi kompaniyalar tomonidan e’tiborga havola
etilganlar. Jismoniy bozordr katta kompaniyalar afzallikka ega. Chunki ular
o’zlarining bozordagi katta o’rni, ulushi sababli iste’molchilarda o’zlarining tovar
yoki xizmatlarini ancha sifatli, ancha ishonchli deb qabul qilish tuyg’usini
shakllantiradilar. Elektron tijorata bunday afzallik mavjud emas. Internetni buyuk
tarozu ham deyishadi.
Kichik kompaniyalar katta muvaffaqiyatga erishishlari va yirik kompaniyalar
bilan barobar raqobatlashishi mumkin. Axborotdan erkin foydalanish har xil
kompaniyalar tovarlari xarakteristikasi va narxini solishtirishi mumkin bo’lgan
iste’molchilargagina foydali emas. Axborot texnologiyalari almashinuvlar
natijasida topilgan iste’molchilar, ularning didi va ta’bi haqidagi axborotni yig’ish
va saqlashga imkon beradi. Iste’molchilarga individual xizmat ko’rsatish
yondashuvi amalga oshirilishi mumkin. Bu esa talabning noaniqligining darajasini
pasaytiradi va korxonaning bu noaniqlik ta’sirida bo’ladigan zararlarini chetlatadi.
Axborotning mavjudligi va ochiqligi xaridorlarga maksimal darajada ma’qul narx
qo’yishda sotuvchilarga imkon beradi.
152
Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi hamma korxonalarni ularning elektron
bozorga bo’lgan munosabatiga ko’ra 3 guruhga ajratish mumkin:
1.
An’anaviy (brick-and-mortar) kompaniyalar – ular real, jismoniy bozorda
faoliyat ko’rsatib, ma’lum vaziyatlar majbur qilmasa, elektron bozorga
murojaat qilmaydilar.
2.
Aralash (slick-and-brick) korxonalar – ular o’z faoliyatlarining bir qismini
internet orqali amalga oshiradilar. Bunday korxonaar faoliyatni ko’rib
chiqayotganda elektron biznesning qo’llanishi ularga nima berishini aniqlash
juda muhim.
3.
To’liq elektron (click-only) korxonalar – ular faqat internetda mavjud.
Bunda ularning paydo bo’lishi sabablarini va ularning foydani qanday
olishlarini tushunish juda muhim.
10.1-rasm. An’anaviy va elektron biznes o’zaro munosabatlari sxemasi.
Elektron biznesda xaridorlar ham o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular
an’anaviy jismoniy bozor xaridorlaridan farq qiladi. Intrenetdan foydalanish
ma’lum apparat vositalari va ma’lum bir bilim darajasi mavjudligiga bog’liq. Shu
sababli, internet foydalanuvchisini real bozorning o’rta darajadagi xaridoridan,
umuman olganda, ancha yuqori foyda va bilim darajasi bilan xarakterlanadi. Turli
mamlakatlarda ularning profillari va xaridorlik faoliyatining xususiyatlari mavjud.
Bu shaxsiy kompyuterlar, aloqa liniyalari taraqqiyoti, mavjud taqsimlash
tizimlarining ishonchliligi, milliy xaridor faoliyati xususiyatlariga, keng
tarqalganligi v.b. larga bog’liq. Lekin bu milliy va davlat xususiyatlari doimiy yoki
o’zgaruvchanmi, elektron biznesning keng tarqalishi va texnologiyaning keyingi
153
mukammallashishi bilan bu holat o’zgaradimi degan savollar ustida o’ylab ko’rish
kerak.
Elektron biznesda xaridorlarni 3 guruhga ajratish mumkin:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |