Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

An’anaviy  yo’nalish  tarafdorlari
  –  ular  sotib  olmoqchi  bo’lgan  tovarni 
ko’rish,  uni  ushlash,  sotuvchi  bilan  muloqot  qilish  (savdolashish)ni  afzal 
ko’radilar.  Bu  iste’molchilar  ularni  ma’lum  vaziyatlar  majbur  qilmasa,  o’z 
xaridlarini  elektron  muhitda  amalga  oshirishga  moyil  emaslar.  Bunday  vaziyatlar 
iqtisod  qilish  (tejash),  mavjud  ish  grafigini  o’zgartirish,  ijobiy  fikr,  do’stu 
tanishlarning maslahati v.h. bo’lishi mumkin.  
2.
 
Elektron  do’konni  o’zlashtirgan  va  o’z  xaridlarining  bir  qismini  amalga 
oshirish  uchun  Internetdan  foydalanadigan  xaridorlar.
  Ular,  masalan,  talab 
qilinayotgan  tovar  narxlari  haqida  ma’lumot  olish,  zarur  tovarlarning  bir  qismini 
elektron  do’konda  buyurtma  berish  uchun  internetdan  foydalanishlari  mumkin. 
Bunda ular xarid qilishning an’anaviy usulidan voz kechmaydilar. 
3.
Barcha  xaridlarni  on-layn  rejimda  amalga  oshiradigan
,  ancha  oldinlab 
ketgan  iste’molchilar.  Ular  odatda  axborot  texnologiyalari  bilan  professional 
jihatdan bog’liq bo’ladi. 
Elektron  biznesda  iste’molchilar  xulqi  va  psixologik  reakstiyasi  ham  o’z 
spestifik  qirralariga  ega.  tarmoq  mijozlari  katta  foyda  va  bilim  darajasiga  ega 
ma’lum  bir  guruhidir.  Xarid  qilish  qarorini  qabul  qilish  uchun  ular  ko’pincha 
etarlicha  sifatli  va  ancha  arzon  narxlardagi  toarlar  haqida  axborot  qidirish  uchun 
tarmoqni tadqiq qiladilar, o’rganadilar.  
Tarmoq mijozlari oddiy mijozlardan farqli o’laroq qulaylikka ko’proq e’tibor 
berishlari  yoki  an’anaviy  kanallarda  taklif  qilinmaydigan  maxsus  tovar 
(xizmat)larni  izlashlari  mumkin.  Tarmoq  mijozlari  axborotdan  foydalanishda 
ko’proq  imkoniyatga  ega.  Shuning  uchun,  bozor  haqida  keng  bilimga  ega 
bo’ladilar.  Ular  boshqa  mijozlar  bilan  aktiv  o’zaro  ma’lumot  almashadilar.  Ular 
tovarni  qiymatini  aniqlash  va  xarid  qilishni  tarmoqda  yoki  undan  tashqarida 
amalga oshirishlari mumkin.  Tarmoq  mijozlarida  bilish va qabul qilish  an’anaviy 
xaridorlarnikidan farq qilishi mumkin. Tarmoq sayti orqali o’zaro aloqa an’anaviy 


154 
 
ofis yoki do’kondagidek to’liq va katta xajmli bo’lmasligi mumkin.  
Mijozlar  texnologiyani  tushunish  uchun  etarli  bilim  va  malakaga  ega 
bo’lmasliklari  mumkin.  Bundan  korxona  bitim  shaxsiyligini  (konfidenstialligini) 
saqlay olish xususiyatiga nisbatan mijozning ishonchsizligi kelib chiqadi. Shunisi 
muhimki,  tarmoq  mijozlari  katta  kuchga  ega  virtual  birlashmalarga  birlashishlari 
mumkin.  An’anaviy  savdoda  esa  mijozlar  individual  xulq  bilan  xarakterlanadi. 
Bunday birlashmalarda mijozlar bir-biri bilan , ma’lumot, bilim, tajriba va fikrlari 
bilan  almashishlari  mumkin.  Ularnig  fikri  tarmoq  bo’ylab  tez  tarqaladiva 
marketing  strategiyasining  muvaffaqiyati  yoki  omadsizligini  xal  qiladi.  Virtual 
birlashmalarda  mijozlar  bilimlarga  ega  bo’lishlari  mumkin.  Bu  esa  marketologlar 
uchun  katta  ahamiyatga  ega  vaelekton  biznesda  marketing  strategiyalarini  ishlab 
chiqishda  xisobga  olinishi  kerak.  Internet  –  butun  dunyo  tarmog’i 
foydalanuvchilarian’anaviy  axborot  tarmog’i  foydalanuvchilaridan  ham  farq 
qiladilar.  Bu  farqlar  ularnig  professional  ko’nikmalari,  kutishlari,  maqsadlari, 
faoliyat soxalari v.b.larga bog’liq. 
Bugungi  kunda  B2S  sektoridagi  virtual  savdo  maydonchalarining  quyidagi 
turlari mavjud: 

 
WEB - vitrinalar; 

 
Elektron do’konlar; 

 
Elektron savdo qatorlari; 

 
Savdo - Internet - tizimlari; 

 
Aukstionlar (kim oshdi savdolari). 
Bu  savdo  maydonchalarining  Rossiya  bozorlaridagi  asosiy  xususiyatlarini 
ko’rib chiqamiz: 
WEB - vitrinalar – bu aytarli katta bo’lmagan WEB bo’limlaridir. Odatda ular 
kichik  biznes  -  kompaniyalariga  tegishlidir.  Bu  saytlardagi  savdo  hajmi  odatda 
uncha  katta  bo’lmaydi  va  bir  kunda  bir  nechtadan  to  o’ntagacha  bo’lgan  savdo 
ishlarini amalga oshiradi. 
WEB - vitrinalarning asosiy komponenti tovarlar va xizmat turlari qayd etilgan 
kataloglar  (prays  -  list)  hamda  xaridorlardan  buyurtma  to’plash  tizimidir.  Saytda 


155 
 
to’planadigan  barcha  buyurtmalar  sotuvchilar  kompaniyasining  elektron  pochta 
manziliga  yuboriladi.  So’ngra  sotuvchi  ularni  odatiy  biznes  -  tadbirlarida  ko’rib 
chiqadi.  "WEB  -  vitrinalar  shunisi  bilan  ajralib  turadiki,  ular  Internet  -savdoda 
rivojlangan boshqaruv tizimiga ega emas. Biroq vitrinalarni tashkil etish yuzasidan 
mavjud qarorlar WEB - katalogga EXSEL -jadvallar va elektron pochtalardangina 
foydalangan holda osonlikcha o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Natijada bu 
ish  maxsus  tayyorgarlik  talab  qilmaydi  va  buni  menejer  WEB  -dizayner  va 
programmist yordamisiz ham bajarish mumkin, Shu tufayli bu kabi tizimlar ishlab 
chiqarish  va  ekspluatastiyada  arzon  tushadi.  WEB  -  vitrina  tashkil  etishning 
hozirgi narxi 99-200 $, uni kuzatib borish esa oyiga 50 $ dan to’g’ri keladi. 
 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish