11-BOB. INTERNET SAVDO TIZIMLARI
11.1. Internet magazin, internet maydon, internet auksion,
internet birjalar
Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari Internetdan
foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va
hizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo’yicha axborot olishga,
internet orqali to’lovni amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid
qilishga imkon beradi. Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari
xaridorga-axborot xizmatini ko’rsatish, buyurtmalarni ishlash, to’lovlarni amalgam
oshirish hamda turli statistik axborotlarni yig’ish va tahlillash.
Internet-magazinni boshqarish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
11.1- rasm. Internet-magazinni boshqarish sxemasi
Bu sxemada:
•
Web-server – tushgan so’rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni chegaralaydi.
•
Ilovalar serveri – barcha tizim ishlashini, xususan Internet-magazin biznes
mantiqini boshqaradi:
•
MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokozo hususidagi axborotni saqlashni
va ishlashni amalgam oshiradi.
Internet-magazinning ta’minoti Web-vitrinanikiga qaraganda qimmqtga
tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi yuqori. Undan tashqari,
165
axborotning dinamik ishlanishi va ma’lumotlar bazasining mavjudligi evaziga
Internet-magazin har bir ro’yxatdan o’tgan xaridor bilan individual ishlash
imkoniyatiga ega.
Elektron tijorat tizimlarida virtual savdo maydonlari.
Kompyuterning yaratilishi XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biridir. Davr
talabiga ko’ra, bugunga kunga kelib kompyuter texnologiyalari va ularning
imkoniyatlaridan foydalanish juda rivojlanib ketdi. Kompyuter tarmoqlari va
ularning beradigan imkoniyatlari, qulayliklari katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi
va axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keltirmoqda. Jamiyat tarakkiyotida yuz
berayotgan jadal o’zgarishlar insonlarning kunlik extiyojlariga bo’lgan talablarini
bajarishda xam o’z ta’sirini ko’rsatmokda. Tarmoqning xozirgi kunda
ko’rsatayotgan katta imkoniyati bu elektron tarzdagi savdo – sotiqni amalga
oshirishidir. Elektron tarzdagi mahsulotlarning sotilishi va sotib olinishi elektron
tijorat tizimiga asos soldi. Elektron tijorat deganda ko’plab kishilar on-line rejimda
mahsulot sotib olishni tushunadi. Elektron tijorat – bu internet texnologiyalaridan
foydalanib pul ishlash jarayonidir. Elektron savdo jarayoni modelini tarmoqda
ishlatilishning muvaffaqiyati uchta tashkil etuvchidan iborat:
Texnologik platformani to’g’ri tashkil etish.
Raqobatbardosh mahsulotlar.
Zarur infratuzilish va biznes jarayonlar.
Agar shu uchta tashkil etuvchidan birortasi qatnashmasa ham zamonaviy
texnologiyaning qo’llanilishi muvaffaqiyatga olib kelmaydi. An’anaviy do’kon
tipida tashkil etilgan savdo elektron tijoratning mijoz – biznes tipi deyiladi.
Bunday tipdagi Web saytlarga elektron tijoratdagi ko’plab saytlar kiradi. Elektron
tijorat tizimida Web saytlar orqali olib borayotgan savdo sotiq ishining hajmi
an’anaviy savdo jarayoniga yaqin bo’lib bormoqda. Bunday saytlar elektron
bozorda eng yaxshi o’ringa ega va rivojlanib bormokda. Elektron tijorat tizimi
shuningdek biznes – biznes bozori muhitida ham ishlaydi. Bunday jarayonda
ulgurji savdo qiluvchi kompaniyalar va oddiy sotuvchilar 16 birgalikda ishlaydi.
Masalan shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchi ishchilar o’z mahsulotlarini
166
distributorga va yirik sotuvchi kompaniyalarga sotishi mumkin. Elektron tijorat
tizimida u yoki bu ko’rinishdagi savdo maydonini yaratishda mazkur ish faoliyati
muhitidagi haridor va sotuvchining o’zaro ta’sir sferasining darajasi aniqlanadi.
Elektron tijoratda “virtual savdo maydonchasi” degan tushuncha ham mavjud
bo‘lib, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomalar tuziladi va moliyaviy
oldi-sotdi amallari o‘tkaziladi. B2B-sxemasidagi elektron tijoratda virtual savdo
maydonchalarining quyidagi uch xil ko‘rinishi mavjud:
1) Xaridor tomonidan tashkil etiladigan (“buyer-driven”);
2) Sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan (“supplier-driven” yoki “seller-
driven”);
3) Uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (“third-party-driven”).
“Buyer-driven” ko‘rinishidagi virtual savdo maydonchalari bir yoki bir nechta
kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va u o‘zida mahsulot sotib oluvchi
kompaniyalarni birlashtiradi. Savdo maydonchalarining bu konsepsiyasi yirik
kompaniyalar faoliyatida tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonini
optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish tarmog‘i va savdo-sotiq
shartnomalarini kengaytirishga bo‘lgan ehtiyojlari bilan bog‘liq.
“Supplier-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari sotuvchilar tomonidan
tashkil qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat ko‘rsatish yoki mahsulotni
sotish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
“Third-party-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari esa xaridor va
sotuvchilarni bir-birlari bilan uchrashtirish mas’uliyatini oladi. Odatda, bunday
maydonchalar biznesning ma’lum sektori va unda bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi
tushunadigan uchinchi shaxs (tashkilot, kompaniya) tomonidan tashkil qilinadi.
Odatda bunday maydonlar kim-ki biznesning aniq sektorida va undagi
jarayonlarning borishida yaxshi ishlay olsa, ular uchun yaratiladi. Bunday maydon
yaratuvchilari, haridor va sotuvchi o’rtasidagi etkazib beruvchi kabi bo’ladi.
Hozirgi vaqda virtual savdo maydonini tashkil etishning asosiy uchta modeli
mavjud: katalog, auktsion va birja. Katalog. Kataloglar zamonaviy kuchli axborot
tizimlari imkoniyatlaridan foydalanib, bir necha parametrlar bo’yicha
167
mahsulotlarni tez tanlash, etkazib berish vaqtini bilish, to’lov turlari va imkonlarini
o’rganish, xizmatlar haqida axborot olish va boshqa shu kabi axborotlarni olish
uchun xizmat qiladi. Bu model, unchalik qimmat bo’lmagan mahsulotlarning
savdo-sotig’ini tez-tez o’tkazishda haridor va sotuvchi orasidagi kuchli fragmentni
harakterlashda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu modelda narxlarni sotuvchi
belgilaydi. Katalog modeli shuningdek, agar kattagina savdo-sotiq mashhur etkazib
beruvchilar va aniq qoidalar asosida amalga oshirilsa, haridor sotuvchini tanlash
uchun kichik etkazib beruvchilarning ichidan tanishingiz va zarur bo’lgan holda
yaxshi ishlaydi.Bu model narxlar kam o’zgaruvchi, so’rovlar aniq aytiladigan
bozorlarda yaxshi ishlaydi. Auktsion. Narxlar faqat sotuv vaqtida aniq bo’ladigan
modeldir. Auktsion-web sayt, unda istalgan odam o’zining mahsulotlarini sotuvga
qo’yishi mumkin. Narxlarni aniq qo’yish kerak. Mahsulotga qiziqqanlar esa
o’zlarining narxlarini ko’rsatishadi. Birja. Narxlar so’rov va takliflar bilan
boshqariladigan va natijada kuchli o’zgarishlar bo’lishi mumkin bo’lgan modeldir.
Bugungi kunda on-line sotib olish jarayonida to’lov vositasi bo’lib plastik
kartochkalar etakchilik qilmoqda.Lekin yangi to’lov vositalari ham qo’llanilmoqda
– smart-kartalar, raqamli pul, mikroto’lov va elektron cheklar kabi. Web-
vitrinalarni yaratish va ishlatish internet do’konlariga nisbatat 2-3 marta arzonroq
bo’ladi. Xozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda ham ko’plab internet savdo
maydonlari ishlamoqda.
Avvaldan elektron tijorat iqtisodiyotning alohida yo‘nalishi sifatida qabul
qilinmagan, avvaliga biznes yuritishining an’anaviy mexanizmlarini shunchaki
internetga o‘tkazish yuz bergan. Yangi yo‘nalishdagi odatiy texnologiyalarning
mavjudligi yangi paydo bo‘lgan internet-tadbirkorlarga qo‘l kelgan, chunki
yangisiga ishonch darajasi pasaygan va iste’molchilar katta istak bilan yangi
imkoniyatlardan foydalanishgan. Jumladan, masalan, ilk internet-do‘konlar keng
tarqalgan, telefon yoki elektron pochta orqali tovarlarga buyurtma berish
modelidan foydalanishgan. Amaldagi offlayn biznes mohiyatiga ko‘ra o‘zining
texnologiyalari va mexanizmlari bilan eng qo‘pol tarzda internetga o‘tkazilgan,
hatto birinchi buyurtma shakllari saytda xuddi an’anaviy sotuv kanallarida
168
foydalanilgan qog‘ozlardagi kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bu kabi sxema bo‘yicha
ishlaydigan ilk internet-do‘konlarning egalari magazinov mavjud bo‘lgan va
o‘rganib chiqilgan normativ bazadan foydalanishgan. Internet-do‘konlarda
buyurtma berilgan tovarlarni yetkazib berish mavjud bo‘lgan logistika
infratuzilmasi yordamida amalga oshirilgan. Ilk g‘arb internet-do‘konlari uchun
to‘lov vositasi plastik kartochkalari bo‘lgan, g‘arb iste’molchilariga bu kabi to‘lov
usulidan foydalanish ertalab yuvinish kabi odatiy hisoblanadi. Rossiyada, internet-
tijorat yuzaga kelishi davomida, plastik kartochkalari g‘arbda bo‘lgan kabi
tarqalmagan bo‘lgan, bu qisman elektron savdoni rivojlantirishning to‘xatib
turuvchi faktorga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |