Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
58-bob.
Modomiki, amalga oshmasa, Alloh ichida gapirgan yoki qalbida tukkanining
gunohini kechirgani haqida
264/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta Alloh taolo ummatimdan ichiga tukkan narsaning, modomiki
gapirmasalar ski amal qilmasalar, gunohidan o‘tib yuborgandir», dsdilar.
Bu yerda mazkur hadis ikki marta takror qilgan.
59-bob.
Banda agar biror yaxshilikni kasd qilsa, bir yaxshilik qilgan deb yozilishi va
biror yomonlikni kasd qilsa, unga yomonlik qildi, deb yozilmasligi haqida
265/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yomonlikni qasd qilsa, uni
yozmanglar», deydi. «Agar o‘sha
yomonlikka amal qilsa, bitta yomonlik, deb yozinglar»,
deydi. «Agar (banda) biror yaxshilikni bajarishga qasd qilsa-yu, unga amal qila olmasa,
bitta yaxshilik bajargan, deb yozinglar», deydi. Agar unga amal qilsa, «o‘nta yaxshilik,
deb yozinglar» deydi».
266/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal
qilmasa, bir yaxshilik yozaman. Agar unga amal qilsa, o‘n barobardan yetti yuz
barobargacha yozaman. Bordiyu, biror yomonlikni qasd qilib, unga amal qilmasa, unga
(hech narsa) yozmayman.
Agar amal qilsa, bir yomonlik yozaman», deb aytdi».
267/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar biror bandam yaxshilik qilishni aytsa, unga amal
qilmasa ham, bir yaxshilik yozaman. Agar amal qilsa, o‘n barobargacha yozaman. Bordi-
yu, biror yomonlikni bajarishini gapirsa, unga amal qilmasa kechirib yuboraman. Agar
amal qilsa, o‘shandoq yozib qo‘yaman», dedi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar: «Ey Rabb!
Mana bu bandang
yomonlikni bila turib bajarishni xohlaydi», deyishsa, Alloh taolo: «Uni kuzatinglar, agar
unga amal qilsa, qandoq bo‘lsa, o‘shani yozinglar. Agar tark qilsa, bir yaxshilik qildi, deb
yozinglar. Chunki u Men sababli uni tark qildi», deydi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biringizning Islomi chiroyli bo‘lsa (ya’ni,
haqiqiy ma’noda musulmon bo‘lsa), har bir qilgan yaxshiligiga bir barobardan yetti yuz
barobargacha ziyoda qilib (savob) yoziladi. Har bir qilgan yomonligiga faqat o‘shaning
o‘zi
yoziladi, u shu holatida Allohga yo‘liqadi», dedilar.
268/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim biror yaxshilikni qasd qilsa-yu, lekin unga amal qila olmasa, bitta
yaxshilik bajargan, deb yoziladi. Kimki biror yaxshilikni qasd qilib,
unga amal etsa, o‘n
barobardan to yetti yuz barobargacha ziyoda qilinadi. Kim biror yomonlikni qasd qilsa-
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
yu, lekin unga amal qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar amal qilgudek bo‘lsa,
unga bir yomonlik yoziladi», dedilar.
269/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam Rabbilari taboraka va taolodan qilgan rivoyatlarida: «Albatta Alloh taolo
yaxshilik va yomonlikni yozib, keyin uni quyidagicha bayon qildi:
kim biror yaxshilikni
qasd etsayu, unga amal qilmasa, Alloh Uzining huzurida mukammal yaxshilik qildi, deb
yozib qo‘yadi. Agar unga amal qilsa, Alloh Uz huzurida o‘ndan yetti yuz va undan ko‘p
ziyodalik ila yozib qo‘yadi. Bordi-yu, biror yomonlikni qasd etib, unga amal qilmasa,
Alloh Uz huzurida
mukammal yaxshilik qilgan, deb yozib qo‘yadi. Agar qasd etib, unga
amal qilsa, bitta yomonlik bajargan, deb yozib qo‘yadi», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Alloh undan (xatolarni) o‘chiradi, Alloh
faqat halok bo‘lishini muhrlab qo‘yganlarnigina halok etadi» so‘zi ziyoda qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: