279/1. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim musulmon haqqini (yolg‘on) qasam bilan tortib olsa, Alloh taolo unga
do‘zaxni vojib qilib, jannatdan mahrum etadi», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning
rasuli! Ozgina narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Arok daraxti novdasi bo‘lsa ham», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
280/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim musulmonning molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, unda
fujurlik (gunoh) bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», dedilar.
Ash’as ibn Qays kirib: «Sizlarga Abu Abdurahmon nimani gapirib berdi?» deganlarida,
ular: shunday-shunday, dedi, deb yuqoridagi hadisni aytishgan edi, Ash’as ibn Qays