www.ziyouz.com
kutubxonasi
58
57-bob.
Alloh hech kimni tokatidan tashqari narsaga taklif etmasligi haqida
262/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga: «Samovot va yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani xoh
oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi va Uzi
istagan kishini mag‘firat qilib, Uzi istagan kishini azoblaydi. Alloh hamma narsaga
qodirdir» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam sahobalariga bu oyat og‘irlik qildi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning oldilariga borib, cho‘kkalab o‘tirishdi va: «Ey Allohninig rasuli! Biz
toqatimiz yetadigan namoz, ro‘za, jihod va sadaqa kabi amallarga buyurilgan edik. Endi
bo‘lsa, bu tushgan oyatga toqatimiz yetmaydi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlar ham oldingi ikki ahli kitob, ya’ni yahudiy va nasroniylar kabi: «Eshitdik
va osiylik qildik», deyishni xohlaysizlarmi? Balki uning o‘rniga: «Eshitdik va itoat etdik.
Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat Uzingga
qaytajakmiz», deb aytinglar», deganlarida, ular: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro,
gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz», deb
o‘qishganida tillaridan toyilishdi. Alloh taolo uning izidan «Payg‘ambar o‘ziga
Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon
keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har
bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz. Va eshitdik
va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat
Uzingga qaytajakmiz», dedilar» (Baqara surasi, 285-oyat) oyatini nozil qildi. Ular bu
narsani bajarishganida Alloh uni nasx qilib quyidagi oyatni nozil qildi: «Alloh hech bir
jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi
uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki
xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning
zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama!
Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni avf et,
(gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! Uzing Xojamizsan! Bas, bu kofir
qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil» (Baqara surasi, 286-oyat). Bu oyatlarni o‘qiy turib
«Ha, Rabbimiz», deb aytib turishdi.
263/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ichingizdagi narsani xoh oshkor
qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi», (ya’ni
qalbingizga biron narsa kirsa ham, kirmasa ham, hisob-kitob qiladi)» oyati nozil
bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Sizlar) «Eshitib itoat qildik va taslim
bo‘ldik», deb aytinglar», dedilar. Bas, Alloh ularning qalblariga iymonni joylab, quyidagi
oyatni nozil qildi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har
kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir.
Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama!
Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan
yukingni yuklama. (Gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! Uzing
Xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga Uzing bizni g‘olib qil» (Baqara surasi, 286-oyat).
Bu oyatlarni o‘qiy turib «Haqiqatda bajarganman», deb aytib turdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |