www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
roziyallohu anhu: «Abu Abdurahmon rost gapiribdi. Bu narsa men haqimda nozil bo‘lgan.
Men bilan bir kishi o‘rtamizda Yamanda bir yer bor edi. Men xusumatlashib Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot: «Isbotlaydigan narsang bormi?»
dedilar. Men: «Io‘q», dedim. U zot: «Xusumatchining qasami bormi?» degandilar, men:
«Unday bo‘lsa, qasam ichadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunda:
«Kim musulmon kishining molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, ichgan
qasamida fojirlik bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», deb aytganlarida
quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina
qimmatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir...»
(Oli Imron surasi, 77-oyat)», dedilar.
281/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim molga haqdor bo‘lish
uchun qasam ichsa, qasamida fojirlik (gunoh) bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda
yo‘liqadi», deb keyin yuqoridagi hadisda aytilganidek so‘zladilar, lekin (oxirida) «Men bir
kishi bilan bir quduq xususida tortishib qoldim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam (huzurlari)ga xusumatlashib borsak, u zot: «Sen guvoh olib kel yoki u qasam
ichsin», dedilar», deb aytdilar.
282/4. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim haqsiz musulmon kishining moliga (ega bo‘lish uchun) qasam ichsa,
Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», dedilar.
Abdulloh roziyallohu anhu: «Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning tasdig‘i
uchun Allohning kitobidan quyidagi oyatni o‘qidilar: «Allohga bergan ahd-paymon va
qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday
nasiba yo‘qdir» (Oli Imron surasi, 77-oyat)».
283/5. Voil ibn Hujr otalaridan qilgan rivoyatlarida hazramavtlik kishi va kindalik boshqa
bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishdi. Hazramavtlik kishi:
«Ey Allohning rasuli! Bu kishi otamdan qolgan yerga egalik qilib oldi», dedi. Kindalik
kishi esa: «Bu qo‘limdagi yer bo‘lib, unda dehqonchilik qilaman. Bu yerda uning haqqi
yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazramavtlik kishiga: «Senda dalil-
isbot bormi?» degan edilar, u: «Io‘q», dedi. «Qasam-chi?» degan edilar, hazramavtlik:
«Ey Allohning rasuli! U fojir kishi. Qasam ichgan narsasiga ahamiyat bermaydi va biror
narsada taqvosi ham yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buning
ahamiyati yo‘q, faqat qasami kerak, xolos», dedilar. U kishi qasam ichtirish uchun jo‘nab
ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ortidan: «Agar u buning molini
yeyish uchun qasam ichsa, Alloh undan yuzini o‘girgan holda Allohga yo‘liqadi», dedilar.
284/6. Voil ibn Hujr roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edim, ikki kishi kelib bir yer xususida
xusumatlashdi. Ulardan biri: «Mening johiliyatdagi yerimni bu kishi tortib olyapti, ey
Allohning rasuli», dedi. U Imrul Qays ibn Obis al-Kindiy bo‘lib, xusumatchisi Rabiy’a ibn
Ibdon edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dalil-isboting bormi?» degandilar, u:
«Dalilim yo‘q», dedi. «Uning qasami bormi?» degandilar, u: «Unday bo‘lsa, haqni olib
ketadi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga buning ahamiyati yo‘q,
faqat qasami kerak, xolos», dedilar. Qasam ichish uchun o‘rnidan turganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yerni zulm bilan tortib olsa, Allohga Uning
g‘azabini keltirgan holda yo‘liqadi», dedilar».
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |