Anomal bolalar
(yun. “anomaliya” – notekislik, me’yordan chetlashish) –
rivojlanishi va xulqida nuqsoni bo’lgan bolalar. Bu kabi bolalarda eshitish, ko’rish,
aqliy rivojlanish, tayanch-harakat apparatlari, sensomotorik funksiyasining buzilishi
nuqsoniga egaliklardan biri kuzatiladi.
An’ana
(lot. “traditio” – uzatish) – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib,
avloddan avlodga o’tib boradigan madaniy meros elementlari – qarashlar, urf-odatlar,
ijtimoiy tartib-qoidalar, axloqiy me’yorlar, qadriyatlar, marosimlar va b. Mohiyatiga
ko’ra an’analar ijtimoiy, sinfiy, guruh xarakteriga ega bo’ladi. M: milliy urf-odatlar,
oila an’analari, mehnat jamoasi an’analari.
Do'stlaringiz bilan baham: |