Taqrizchilar:
pedagogika fanlari doktori, prof.
M.B.Urazova
pedagogika fanlari doktori, prof. v/b.
N.Sh.Erkaboyeva
Izohli lug’at Namangan davlat universiteti Kengashining
2020 yil “20”
fevraldagi 12-sonli
qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.
©
“Navro’z” nashriyoti,
2020 yil
4
SO’ZBOSHI
Pedagogika sohasi mavjud sharoitda O’zbekiston Respublikasining uzluksiz
ta’lim tizimi, yo’nalishlari, o’quv yurtlarida amalga oshirilayotgan pedagogik
jarayonni qamrab oladi. Pedagogika kollejlari va pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida “Pedagogika”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik
texnologiya va pedagogik mahorat” fanlarining o’qitilishi yo’lga qo’yilgan bo’lib,
ularda sohaning umumiy asoslari, metodologiyasi, ustuvor tamoyillari, pedagogik
jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish shartlari, samarali shakl, metod va vositalariga
oid bilimlar yoritilib, malakali o’qituvchilarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi.
Fanning umumiy asoslari yashash, terib-termachlab kun kechirishga asoslangan
ibtidoiy tuzumda kattalar tajribasini yoshlarga o’rgatishga qaratilgan amaliy
harakatlardan boshlab, to bugungi kun – axborot asriga qadar bosib o’tilgan insoniyat
tarixiy taraqqiyotini ifodalovchi ma’rifiy va tarbiyaviy g’oyalar negizida shakllangan.
Shu sababli ularni puxta o’rganish pedagogika kollejlari o’quvchilari, oliy ta’lim
muassasalari talabalari tomonidan bo’lajak mutaxassis sifatida kelgusida kasbiy
faoliyatni samarali tashkil etish, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini
oshirish, har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashga erishish imkoniyatini
yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi, shuningdek, global
axborotlashuv davrida va umuminsoniy sivilizatsiyaning in’ikosi sifatida jamiyatda
kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar pedagogika sohasida ham
yangilanishlar ro’y berishiga olib keldiki, endilikda ularni ifodalovchi tushuncha,
iboralar bilan “Pedagogika” (pedagogika kollejlarida), “Pedagogika nazariyasi va
tarixi”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” (pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida) fanlari asoslarini boyitish talab etilmoqda. Ma’lumki, har qanday fan
asoslari darslik hamda o’quv qo’llanmalardagina o’z aksini topmay, ular to’g’risidagi
ma’lumotlar yordamchi adabiyotlar – lug’at, metodik ko’rsatma, xrestomatiya, atlas,
yo’l-yo’riq, diktant, mashqlar va test topshiriqlari to’plami kabilarda ham yoritiladi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanish davrida mavjud ehtiyojni inobatga
olgan holda o’zbek tilida “Pedagogika fanidan izohli lug’at” (J.Hasanboyev,
X.To’raqulov, M.Haydarov, O.Hasanboyeva, N.Usmonov. – Toshkent: “Fan va
texnologiyalar” nashriyoti, 2009) tayyorlangan. Biroq, davrning shiddatli tezligi,
axborotlar almashinuvidagi tezkorlik, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ro’y
berayotgan keskin o’zgarishlar darslik, o’quv va metodik qo’llanma, o’quv dasturlari
kabi lug’atlar mazmunini ham doimiy, izchil boyitib borish zarurligi ko’rsatmoqda.
Mazkur izohli lug’at ana shu ehtiyojni inobatga olgan holda tayyorlandi.
Izohli lug’atni tayyorlashda pedagogika (didaktika) bo’yicha o’zbek, rus va
ingliz tilidagi tegishli ilmiy maqola, risola, qo’llanma va darsliklar o’rganilib,
X.Abdukarimov,
Sh.A.Abdullayeva,
Yu.N.Abdullayev,
M.A.Abdullajonov,
O.A.Abdullina, D.Abdurahimova, N.N.Azizxodjayeva, L.I.Aksenova, K.Angelovskiy,
V.I.Andreev,
V.V.Anisimov,
D.N.Arziqulova,
E.Aronson,
D.A.Axatova,
M.M.Axmedjanov, Yu.K.Babanskiy, G.A.Ball, P.Baratov, Sh.Baratov, V.I.Berezina,
V.I.Bespalko, X.Bobomirzayev, E.B.Bozorov, G.M.Breslav, G.V.Burmanskaya,
5
V.Garbuzov, L.V.Golish, O.G.Groxolskaya, T.G.Gubareva, M.G.Davletshin,
A.N.Djurinskiy, I.V.Dubrovina, Z.G.Fadeeva, D.M.Fayzullayeva, R.H.Hasanov,
K.H.Hoshimov, R.X.Djo’raev, M.E.Zufarova, X.I.Ibragimov, A.Ibrohimov, I.P.Ivanov,
R.I.Ivanov, M.Inomova,
U.I.Inoyatov, I.F.Isaev, O.A.Karabanova, V.M.Karimova,
I.Ya.Lerner, A.G.Liders, R.Mavlonova, K.Xoliqberdiyev, M.H.Mamatov,
U.I.Mahkamov,
N.M.Mahmudov, V.R.Meretukova, A.I.Mishenko, A.Munavvarov, N.A.Muslimov,
O.A.Musurmonova,
A.Muxammadiyev,
U.N.Nishonaliyev,
S.Nishonova,
N.V.Novotortseva, G’.B.Shoumarov, V.Okan, M.O.Ochilov, N.M.Ochilova,
S.Ochilov, P.I.Pidkasistiy, I.P.Podlasiy, I.Rasulov, V.S.Raxmonova, S.Rahimov,
F.Rahmonov, V.N.Rijkov, O.Roziqov, D.I.Ro’zieva, A.Saidov, N.S.Sayidaxmedov,
S.S.Sayitov, B.B.Sobirov, X.Sultonov,
E.Sariqov, V.A.Slastenin, U.T.Tadjixanov,
Yu.S.Tatur, M.N.Aminov., O’.Q.Tolipov, M.Tohirov, I.Tursunov, O.To’rayeva,
A.To’xtayev, O.N.Usanova, S.A.Usmonov, G.Ya.Vavilova, B.Z.Vulfov, A.Xamidov,
A.R.Xodjabaev,
O’.Xudoybergenova,
J.G’.Yo’ldoshev,
U.A.Yo’ldoshev,
F.R.Yuzlikaev, E.Yusupov, Ye.M.Shiyanov, E.G’.G’oziev va b. tomonidan olib
borilgan tadqiqotlarning g’oyalariga tayanildi. Shuningdek, tushunchalarning
etimologik nuqtai nazardan to’g’ri ifodalanishini ta’minlash uchun O’zbekiston
Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (Barkamol avlod – O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa kontserni. 1997),
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (1997 yil 29 avgust) Qonuni
(Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: O’zbekiston,
1997), “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” (Toshkent:
O’zbekiston, 2000), “Большая психологическая энциклопедия. Самое полное
современное издание” (Москва: Эксмо, 2007), “Мустақиллик. Изоҳли илмий-
оммабоп луғат” (Муаллифлар: М.Абдуллаев, М.Абдуллаева, Ф.Абдуллаева,
Г.Абдураззоқова ва б. Р.Рўзиев ва Қ.Хоназаров умумий таҳририда.
Тўлдирилган учинчи нашр. – Тошкент: “Шарқ” НМ акционерлик компанияси,
2006), “Синфдан ва мактабдан ташқари тарбиявий ишлар Концепцияси”
(Ўқувчи маънавиятини шакллантириш. – Тошкент: “Маърифат-Мададкор”,
2000). “Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат” (Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа
акциядорлик компанияси, 2004), “Авесто” (Қадимги Шарқ адабиёти. – Москва:
МДНМ, 1984), “Pedagogika” (Bakalavriat yo’nalishi uchun darslik. Prof.
M.X.Taxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “O’zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010), “Pedagogika” (S.R.Rajabovning
umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Pedagoga”, 1981), “Pedagogika fanidan izohli
lug’at” (Tuzuvchilar: J.Hasanboyev va b. – Toshkent: “Fan va texnologiyalar”
nashriyoti, 2009), “Педагогика” (Учеб.для ВУЗов. Под ред. П.И.Подкасистого. –
Москва: педагогическое общество России, 2002), “Psixologiya. Qisqacha izohli
lug’at” (Tuzuvchilar: M.G.Davletshin va b. Mas’ul muharrir: M.G.Davletshin. – T.:
Nizomiy nomidagi TDPU, 1998), “Психолого-педагогическое сопровождение
реализации
инновационних
образователных
программ”
(Под
ред.
Ю.П.Зинченко, И.А.Володарской. – Москва: Изд-во МГУ, 2007), Современные
образовательные технологии (Учеб. пособ. Под ред. Н.В.Бордовской. – 2-е изд.,
стер. – Москва: КНОРУС, 2011), “O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi” (12-jildli. –
Toshkent: “O’zbekistan milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2006-
6
yillar) va “O’zbek tilining izohli lug’ati” (5 jildli. A.Madvaliyev tah.ostida. Tahrir
hay’ati: E.Begmatov va b. – Toshkent: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006-2008-yillar) kabi manbalar hamda Imom Ismoil Al-Buxoriy,
Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Imom Iso At-Termiziy, Abul Qosim Mahmud ibn
Umar Az-Zamaxshariy, Aristotel, Abdula Avloniy, Abu Rayhon Beruniy, Demosfen,
Disterveg Fridrix Vilgelm Adolf, Fitrat, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino,
Unsurul Maoliy Kaykovus, Yan Amos Komenskiy, Mark Fabiy Kvintilian,
Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Platon, Mark Tulliy Sitseron,
Yusuf Xos Hojib kabi Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari ham metodologik
asos bo’lib xizmat qildi.
Pedagogikaning umumiy asoslarini yorituvchi tushuncha, iboralarga turli
manbalarda berilgan ta’riflar, sharhlar qiyosiy o’rganilib, imkon qadar pedagogik
voqelik, hodisa, jarayon va obyektlarning umumiy mohiyatini to’la ochib bera
oluvchi ta’riflar shakllantirildi. Lug’at Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika hamda Namangan davlat universitetlarining “Pedagogika-psixologiya”
kafedrasi a’zolari, shuningdek, ta’lim tizimining turli bosqichlarida faoliyat
yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.
Izohli lug’at mualliflari yuqorida nomlari ko’rsatilgan barcha tadqiqotchilar,
manbalarni tayyorlagan jamoalarga, shuningdek,
google.com (wikipediya)
sayti
yaratuvchilariga o’zlarining alohida minnatdorchiligini izhor qiladi.
Mualliflar jamoasi mazkur izohli lug’at ta’lim sohasi xodimlari, talabalar,
pedagogik kollejlarning o’quvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning mavjud
ehtiyojlarini qondiradi, degan umidda.
Izohli lug’at yuzasidan fikr, mulohaza, taklif va istaklarni maktub orqali
quyidagi elektron manzilga yuborish mumkin: pedagogika2012@mail.ru.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |