Aloqadorlik
–
ta’limiy tamoyillardan biri. Uning yordamida turli fanlar,
nazariya va amaliyot, muayyan ta’limotlar, shuningdek, ijtimoiy va tabiiy jarayonlar
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, bir-biriga ko’rsatiladigan ta’sir o’rganiladi.
Al-Xorazmiy, Muhammad Muso
(783-850 y.y.) – alloma, matematik, qomusiy
olim. Mutafakkir taxminan 783 yilda Xorazmda tug’ilgan. Otasi o’qimishli kishi
bo’lganligi sababli boshlang’ich ma’lumotni o’z uyida olgan. Otasi qadimgi diniy
urf-odatlar, yerli xalq yozuvlarini bilgan. Diniy va ilmiy adabiyotlardan xabardor
bo’lgan. Bo’lajak alloma bolaligidayoq ilmiy manbalarni o’rganish imkoniga ega
bo’lgan. Matematika bilan juda jiddiy shug’ullangan. Sohaga oid barcha asarlarni
qunt bilan o’rgangan. U arab, fors, yunon tillarini ham o’rganib, bu tillarda yaratilgan
asarlarni o’qiy olgan. Alloma “Al-jabr va al-muqobala” asari bilan matematika
fanining rivojiga ulkan hissa qo’shgan. Asarda matematik amallarning amaliyotda,
kundalik turmushda faol qo’llash usullari bayon etilgan. “Al-jabr” keyinchalik
matematika fanining alohida bo’limiga aylanib, “Algebra” deb nomlangan.
Al-Xorazmiy o’z asarlarida matematik hisob-kitoblarga oid qoidalarni, eng
avval, aniq ta’riflaydi, so’ngra ularni muayyan misollar yordamida tasvirlaydi. Hisob-
kitoblarni amalga oshirishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ko’plab xatolar
to’g’risida ogohlantiradi. Ko’p xonali sonlar ustida amallarni bajarishda dastlab katta
qiymatlar asosidagi (chapdagi qiymatlar bo’yicha) hisob-kitobni olib borishni tavsiya
etadi. Mashhur nemis matematigi G.Gankel (1839-1873 y.y.) Al-Xorazmiy
asarlarida keltirilgan matematik qoidalarning na hindlar, na yunonlarga tegishli
kitoblarda e’tirof etilmaganligini ko’rsatadi.
Ulug’ mutafakkir Al-Xorazmiy ijodining eng yuksak namunasi algebraning
boshlang’ich asoslariga oid “Al-jabr val-muqabala” asari sanaladi. Mazkur asar o’sha
davrning an’anasiga muvofiq Bog’dod xalifasi Ma’munga bag’ishlab yozilgan.
Asarning so’zboshisida alloma quyidagilarni bayon etgan: “Men bu mo’’jazgina
risolani hisoblash fanida bir qadar oson va foydali bo’lish bilan birga kishilarga
kundalik turmushda asqotadigan meros, meros soliqlari, mulkni bo’lish, sudlov
jarayoni, savdo-sotiq va barcha ishchanlik xarkteriga ega o’zaro munosabatlar – yer
o’lchash, kanallar qazish, geometrik hisob-kitoblarnini olib borish hamda boshqa turli
fanlarga doir amallar asosida yaratdim”.
Mutafakkirning fikriga ko’ra, algebra – tenglamalar to’g’risidagi fan sanaladi.
Mutaxassislarning e’tirof etishlariga ko’ra Al-Xorazmiyga qadar tenglama
matematikada zarracha bo’lsa-da, ahamiyatli rol o’ynamagan, mateatik amallar
tasodifiy hisob-kitoblar asosida amalga oshirilgan. Masala va misollarni yechishda
umum tomonidan e’tirof etilgan metodlar mavjud bo’lmagan. Binobarin, algebra fan
sifatida shakllanmagandi. Shuni alohida e’tirof etish lozim, Al-Xorazmiyning buyuk
xizmatlari tufayli Algebra (lot. “Algoritmus” – Algoritm) Markaziy Osiyoda paydo
15
bo’lib, fan sifatida shakllandi va Yer yuziga yoyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |