Analiz
(
Tahlil;
yun. “analysis” – ajratish) –
yaxlit, bir butun predmet yoki
hodisani tarkibiy qismlarga (fikriy tasavvurda yoki moddiy modellashtirish asosida)
ajratishga asoslangan fikrlash jarayonining alohida, mustaqil ko’rinishi. Bir butun,
yaxlit narsa, predmetni bir necha tarkibiy qismlarga bo’lish tadqiq etilayotgan
obyektning tuzilishini, uning tarkibini yaqqol aniqlab olish imkoniyatini yaratadi.
Analiz yordamida alohida qismlarning juz’iy xususiyatlariga tayangan holda umumiy
xulosaga kelinadi. M: Botanika fanidan dukkakli o’simliklardan loviya
o’rganilayotganda uning umumiy mohiyati ildizi, poyasi, bargi, guli, changlanishi,
ko’payishi, vegetatsiya davrlari kabi tarkibiy qismlariga xos xususiyatlar asosida
ochib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |