DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
31
mavjud bo‗lib, bularda hosilni shakllantirishdagi muhim faktorlar o‗rganiladi.
Laboratoriya kuzatish usuli bo‗yicha ish olib borish uchun maxsus uslublar mavjud
bo‗lib, ushbu uslublarda bajariladigan ishlarning uchullari va bosqichlari ko‗rsatilgan
bo‗ladi. Laboratoriya sharoitida bajarilgan kuzatishlar natijalarining aniqlik darajasi
ko‗p jihatdan olingan tuproq o‗simlik namunalarining olish usullariga va qanchalik
aniq olinganligiga ham bog‗liqdir. Shuning uchun namunalar iloji boricha hamma
qaytariqlardan, hech bo‗lmasa kamida 2 ta qaytariqdan olinadi.
Vegetatsion kuzatish usuli yoki tajribasi o‗simliklarning mineral moddalar bilan
saqlanishi, suv va yorug‗lik sharoitlari, o‗sishning jadallashtiradigan moddalarning
ta‘sirini hamda o‗simliklarning o‗sishi va rivojlanishiga ta‘sir etadigan boshqa
faktorlarni o‗rganishda katta ahamiyatga ega bo‗lib, bu qator amaliy masalalarni hal
etishga qaratilgan ilmiy tekshirish ishlarida keng qo‗llaniladi. Vegetatsion tajriba
sharoitida o‗simliklarning oziqlanishi, ularning o‗sish dinamikasini (o‗zgarishini),
meva tugishi, hosil to‗plashi kabi faktorlarni aniq kuzatish dala sharoitiga nisbatan
qulay.
Lezimetrik kuzatish usuli boshqa kuzatish usullaridan farqli o‗laroq,
o‗simliklarning hayot faktorlari va tuproqdagi protseslarning dinamikasi maxsus
lezimetr (beton yashiklarda o‗tkaziladi. Bunda asosan ozuqa moddalar va suv balansi
kabi muhim masalalar tabiiy sharoitda o‗rganiladi. Lezimetrik kuzatishning qulay
tomonishundan iboratki, yon yoki pastki tomoni ochiq bo‗lib, tabiiy sharoitda
yuqorida aytilgan faktorlar yoki muammolar o‗rganiladi. O‗rganilayotgan faktorlar
mos holda lezimetrni o‗lchamlari har xil bo‗ladi. Ko‗p hollarda hamma tomonlari bir
metrdan bo‗lgan, ya‘ni 1m, kub xajmgacha, devorlarining qalinligi 0.3-0.5 metrgacha
bo‗lgan lezimetrlardan foydalaniladi. Lezimetrlarda asosan dehqonchilik,
melioratsiya, tuproqshunoslik, agranomiya va o‗simlik fiziologiyalari sohalarida suv
balansi, ozuqa elementlarining o‗zlashishini, atmosfera yog‗ini miqdori va
o‗simliklarning oziqlanishida nishonlangan izotoplardan foydalanish muammolari
o‗rganiladi. Ba‘zi hollarda g‗ishtlik yoki metallardan tayyorlangan lezimetrlardan ham
foydalaniladi. Kuzatishning lezimetrik usuli dala sharoitida kuzatilganligi va
ayegetatsion kuzatish usuliga yaqin bo‗lagnligi uchun kuzatish usulini dala vegitatsion
usuli ham deyiladi.
Dala vegitatsion kuzatish usuli keyingi vaqtda o‗simliklar seleksiyasida va
agrometrologiya sohasida faktorlarni aniq modellashtirish maqsadida keng
qo‗llanilmoqda. Leziyetr qurilmalarida muhit, qumlik, mayda toshlik yoki suvli
bo‗lishi mumkin. Tajribaning maqsadga shu muhitlarda o‗stirib o‗rganilayotgan faktor
bilan o‗simlik hosildorligi o‗rtasida bog‗liqlik aniqlanadi.
M.A. Belousov o‗z shogirdalari bilan lezimetrni suvli muhitda (gidroponik)
g‗o‗zaga ozuqa moddalarining ta‘sirini o‗rgangan. Bunda talab qilinadigan moddalar
suvda eritilib berib borilgan va qolgan muhitlar ham nazorat qilib turilgan. Olingan
hosilni gektardagi hosildorlikka aylantirib hisoblaganda har gektar maydonda 103.2
setnerdan hosil olishga erishildi. Xuddi shunday maqsaddagi tajriba Tojikiston
dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida Domlajonov va Jumanqulovlar tomonidan ham
olib borilgan va har gektar maydondan 83.7 sentnerdan paxta hosili olingan.
Laboratoriya, vegetatsion va lezimatrik tajribalaridan olingan ma‘lumotlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |