Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 yillar)



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 yillar) 
edi.  U  Xorazmning  qadimgi  poytaxti  Kot 
(hozirgi Beruniy)  shahrida tug‘ilgan. 
 
Buyuk  qomusiy  olim,  tabiatshunos-
geograf, 
o‘z 
zamonasining 
hamma 
fanlarini,  birinchi  navbatda    falakiyot 
(astronomiya), 
fizika, 
matematika, 
geologiya, 
geodeziya, 
mineralogiya, 
biologiya, 
kimyo, 
tilshunoslik, 
tarix, 
mamlakatshunoslik  va  boshqa  fanlarni 
egallagan 
siymodir. 
O‘z 
davrining 
mashhur  olimi,  astronom  va  matematik 
Abu  Nasr  Ibn  Iroq  Mansur  esa  unga 
ustozlik  qilgan.  Beruniy  Jurjon  shahrida 
«Al-osor  al  boqiyaan  al-kurun  al  xoliya» 
(O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar) 
nomli  o‘lmas  asarini  yaratadi.  Asarda  yunonlar,  eroniylar,  arablar,  sug‘diyonlar, 
xorazmliklarning  kalendar  tizimini  mufassal  yoritadi  va  ularni  qiyoslaydi.  Asar 
«Kun  va  tun  ekanligi  haqida  so‘z»,  «Oy  va  yillarning  mohiyati»,  «Oyning 
manzillari haqida so‘z», degan boblardan tashkil topgan. 
Ushbu  asar  alloma  tavalludining  1000  yilligi  munosabati  bilan  1968  yilda 
o‘zbek  tiliga  tarjima  qilinib  nashrdan  chiqqan.  Beruniyning  «Hindiston»  nomli 
yirik  asari  (“Hindlarning  aqlga  sig‘adigan  va  sig‘maydigan  ta’limotlarni  aniqlash 
kitobi”)  1030  yilda  yozilgan  bo‘lib,  asar    G‘arb  va  Sharq  olimlari  tomonidan 
yuqori  baholangan.  Asarda  hind  adabiyoti,  falsafasi,  aniq  fanlar,  geografiya, 
etnografiya,  qonunshunoslik  va  urf-odatlar,  din,  hind  yozuvining  turlari  kabi 
masalalar  yoritilgan.    U  dunyoda  birinchi  bo‘lib  yer  shari  shakli,  eni  5  metr 
keladigan  globusni  yasaydi.  Lekin  u  yasagan  asbob  bizgacha  yetib  kelmagan  va 
uning qismlari saqlanmagan. Vatandoshimiz Beruniyning globus yaratganiga ham 
1000  yil to‘ldi.  Beruniy  yaratgan  asarlarning aksariyatida geografik bilimlar  keng 
o‘rin  egallaydi,  jumladan  u  O‘rta  Sharq  olimlari  orasida  birinchi  bo‘lib  Yerning 
shar  shaklida  ekanligini  isbotladi  va  Yer  Quyosh  atrofida  aylanadi  degan  g‘oyani 
ilgari  surgan.  Bu  Beruniyning  geografiya  fanida  o‘tmishdoshlarning  yutuqlarini 
to‘la  egallaganligini  ko‘rsatib  qolmasdan  unga  juda  ko‘p  yangiliklar 
qo‘shganligidan dalolat beradi. 


42 
 
Beruniyning  «Munajjimlik  san’atidan  boshlang‘ich  tushunchalar»  asarida 
geografik  bilimlar  keng  o‘rin  egallaydi.  Asarning  ayrim  boblari  kenglik  va 
uzoqliklarga, joylarni iqlimiga qarab bilish va hokazolarga bag‘ishlangan. 
Beruniyning  yer  sathidan dengizlarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi  nazariyasi 
uning  dunyoqarashi  nihoyatda  keng  ekanligini  ko‘rsatadi.  U  o‘zining  bu  asarida 
o‘zidan  oldin  o‘tgan  geograflarning  ma’lumotlarini  o‘zi  to‘plagan  ma’lumotlar 
bilan to‘ldiradi. Beruniy o‘zining geografik tadqiqotlarida o‘sha zamon sayyohlari 
ma’lumotlaridan keng foydalangan. 
Ayniqsa,  bu  borada  minerallar,  tog‘  jinslari,  viloyatlarining  uzoqligi, 
kengliklarini aniqlashda savdogar va sayyohlardan eshitgan materiallardan unumli 
foydalangan.  Adabiyotlardan  yaxshi  xabardor  bo‘lish  va  sayyohlar  bilan  yaqin 
aloqada bo‘lganligi tufayli u Boltiqbo‘ylari, Oq dengiz, Sharqiy Yevropa kabi uzoq 
va kam o‘rganilgan mintaqalar haqida ham ko‘pgina tasavvurga ega bo‘lgan.  
Beruniyga  ekvatorning  janubidagi  hududlar  ham  ma’lum  edi.  Bu  to‘g‘rida  u 
«Bizda yoz bo‘lgan paytda u yerda qish bo‘ladi» deb yozadi. U Shimoliy hududlar 
haqida ham ma’lumot bergan. 
Beruniyning  «Yerda  dengizlarning  taqsimlanish  nazariyasi»  O‘rta  asr 
geograflari  o‘rtasida  munosib  o‘rin  egallagan  edi.  O‘sha  davr  geograflari  ham 
dengizlar  taqsimlanishi  haqida  ko‘p  fikrlar  aytganlar,  ammo  o‘z  davri  uchun 
nisbatan mukammal va puxtaligi bilan Beruniy nazariyasi ekanligini 200 yil keyin 
yashagan  arab  geografi  Yoqut  alohida  uqtirgan  edi.  «Munajjimlik  san’atidan 
boshlang‘ich tushunchalar»dan tashqari Beruniy tasviriy geografiyaning masalalari 
bilan ham o‘zining boshqa asarlarida ko‘proq to‘xtaladi. 
 
Bu asarlarning deyarli ko‘pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Jumladan, uning 
mashhur  «Iqlimlarning  bo‘linishi»  asarining  faqat  nomigina  ma’lum.  Alloma 
o‘zining  «Hindiston»  asarida  geografiyaga  oid  juda  boy  meros  qoldirgan.  U  bu 


43 
 
asarida  okean,  uning  sohillari,  davlatlarning  katta-kichikligi  haqida  qimmatli 
ma’lumotlar  yozib  qoldirgan.  Asarda  Hindiston  daryolari  alohida  bob  qilib 
berilgan.  Unda  hind  daryolarining  boshlanishi,  rejimi  haqida  ham  anchagina 
geografik  ma’lumotlar  qoldirgan.  Beruniy  bu  asarida  hindlarning  geografiya 
sohasidagi mavjud bilimlarini ham umumlashtirishga harakat qiladi. 
Beruniyning  bizning  zamonamizgacha  yetib  kelgan  geografik  asarlaridan 
eng muhimi «Turar joylar orasidagi masofalarni tekshirish uchun joylarning oxirgi 
chegaralarini aniqlash haqida» nomlar asarini yaratdi. Bu asar 1025-yilda yozilgan. 
Beruniy  mazkur  asarida  yer  yuzining  odamlar  yashaydigan  qismlarini  iqlimga 
bo‘ladi.  Ayniqsa,  uzoq  viloyatlar  haqida  juda  ko‘p  ma’lumotlar  qidiradi.  U  bu 
asarida  yettinchi  iqlimning  qarshi  tomonidagi  mamlakatlar  aholisi  iqlimi  haqida 
so‘z yuritadi. Bu yerdagi odamlar qishda chanalarda, chang‘ilarda yurishini izohlab 
shunday  deb  yozadi:  «Kishilar  bu  yerga  valakushalar-  chanalar  bilan  keladilar, 
ularga oziq-ovqatlar ortib qorlar ustidan yurib boradilar yoki ularni itlar tortadilar. 
Ikkinchi yurish vositasini suyaklardan yasaydilar va oyoqlarga bog‘lab qisqa vaqt 
ichida uzoq masofalarni bosib o‘tadilar» deydi. 
 
Beruniy «Al-Qonun va Al-Mas’ud» asarida geografiyaga oid ma’lumotlarni 
keltiradi.  U  bu  asarida  Hindiston,  O‘rta  Osiyoning,  Xitoy,  Tibet  bilan  bo‘lgan 
chegaralarni  u  yerda  yashovchi  aholini  ta’riflaydi.  Metrologiya  va  iqlimshunoslik 
fani o‘tilayotgan ko‘pgina masalalarni ham Beruniyning qator asarlarida uchratish 
mumkin.  Allomaning  g‘arbiy  qit’aning  mavjudligi  haqidagi  bashorati  alohida 
diqqatga  sazovordir.  Uning  bu  aytgan  fikrlariga  asoslanib,  Beruniyni  Amerika 
qit’asini  kashfiyotchisi  deya  olishimizga  bemalol  asos    bor.  Beruniy 
geografiyaning matematik masalalari bilan ham juda  mukammal shug‘ullanadi. U 
bu soha bo‘yicha o‘nlab risolalar yozadi. Afsus, ularning aksariyati bizgacha yetib 
kelmagan.  Beruniyning  matematika,  geografiya  fanlari  bo‘yicha  eng  qiziqqan 
masalalaridan biri geografik obyektlarning kenglik va uzoqligini aniqlash metodini 
ishlab  chiqish  va  takomillashtirish  edi.  Geografik  koordinatalarni  aniqlash 
metodlari Beruniygacha ham mavjud edi. 
Beruniy  o‘z  zamondoshlari  va  o‘zidan  oldin  o‘tgan  olimlarning  geografik 
kenglik  va  uzoqliklarni  aniqlashdagi  turli  metodlarni  bir-biriga  taqqoslaydi. 
Ularning  aniqlik  darajasini  belgilaydi.  Boshqalarning  bu  boradagi  ishlariga 
tanqidiy yondashib, ularga o‘z fikrini yozib qoldirgan.  
Beruniy  «Al-Qonun»  «Al-Mas’ud»  asarlarida  ham  yer  yuzidagi  ko‘pgina 
geografik  obyektlarning  kenglik,  uzunliklarini  va  ularning  jadvallarini  keltiradi. 
Beruniyning kuzatishlari va o‘lchash ishlari juda aniqlik bilan bajarilgan. Xususan 
geografik  koordinatalari  borasidagi  ishlari  hozirgi  zamondagidan  juda  oz  farq 
qiladi.  Ammo  uning  bu  borada  o‘lchash  ishlari  o‘rta  asr  olimlari  natijalaridan  bir 


44 
 
muncha aniqligi bilan ajralib turadi. Bu borada Beruniyning tarixda birinchi bo‘lib 
ko‘pgina geografik kenglik va uzoqliklarni 15
0
 0 gacha aniqlikda hisobladi. 
Beruniy  o‘z  tadqiqotlarida  grek  olimi  Ptolemey  asarlarida  sayyoh  va 
savdogarlar  materiallaridan  foydalanganliklarini  e’tirof  etadi.  Ammo  ularning 
aksariyatlaridan  taqqoslash  maqsadida  foydalanadi,  o‘zi  ko‘proq  kuzatuv  ishlari 
olib boradi. 
Bu  Beruniyga  joylarning  kenglik  va  uzoqliklarini  aniqlashda  yangi  original 
metodlar  ishlab  chiqishga  imkon  yaratadi.  Tadqiqotchilar  va  olimlar  kenglikni 
aniqlash  uchun  XV  asrda  Tixo  Brago  qo‘llagan  metod  va  formulalar  Beruniy 
tomonidan  yaratilganligi  uning  «Al-Qonun,  Al-Mas’ud»  asarida  batafsil 
yoritilganligini e’tirof qiladi.  
Beruniy  Buxoro  shahrining  kengligini  39

46ʹ  deb  o‘lchaydi.  Buxoroning 
hozirgi  aniqliq  bilan  o‘lchangan  kengligi    39

20ʹ  ya’ni  xatolik  26  minutga  teng. 
Boshqa  obyektlar  va  qo‘rg‘onlar  haqidagi  ma’lumotlar  ham  xuddi  shunday 
xatoliklar bilan farq qiladi.  
Beruniy  yer  kattaligini  bir  necha  bor  o‘lchab  ko‘radi.  Tekshirish  ishlarining 
ko‘p qismini Hindistonda olib boradi va bu borada yangi metod ishlab chiqadi. Bu 
metod «Yer o‘lchami tog‘ tepasidan ko‘rinadigan pastlik gorizontni kuzatish yo‘li 
bilan  aniqlash  haqida»  asarlarida  bayon  etilgan.  Afsus  asar  bizgacha  yetib 
kelmagan.  Yer  aylanasi  uzunligi  o‘lchash  uchun  qanday  joy  tanlangani  haqida  u 
shunday  deb  yozadi:  «Bu  maqsad  uchun  men  Hindistonda  keng  tekislik  ustidagi 
baland tog‘ni tanladim, tekislik sathi dengiz sathidan ham tekisroq edi». 
Beruniy yer sathi hajmini hisoblab, meridian yoyi uzunligini 1 gradusi 111,6 
km  (111,1  hozirgi)  teng  ekanligini  o‘lchaydi.  To‘g‘ri,  Beruniy  o‘z  o‘lchash 
ishlarini  «Farsang  birligi»  bilan  bajaradi.  Beruniyning  bu  metodlari  keyingi 
davrlarda  unitilib  ketdi.  Faqat  Yevropada  XVI  asrda  uning  o‘lchash  ishlari 
qaytadan kashf etildi. 
Beruniy  o‘zining  «Burjlar  va  mamlakatlar  proeksiyasi» haqida  degan asarida 
kartagrafik  proeksiyalar  haqida  qator  tadqiqotlar  qiladi.  Hozirgi  zamon  olimlari 
uning  ba’zi  proeksiyalarini  hozir  ham  amaliy  ahamiyatini  yo‘qotmaganligini 
ta’kidlashadi.  Alloma  biologiya,  mineralogiya  sohalarida  ham  buyuk kashfiyotlar 
qiladi va ularni o‘lmas asarlarida yozib qoldirgan. 
U 1048-yilda yozib tamomlagan «Qimmat baho toshlarni bilib olish bo‘yicha 
ma’lumotlar»  kitobi  uning  mineralogiya  sohasiga  oid  eng  buyuk  va  eng  so‘nggi 
asari  sanaladi.  Asarning  arabcha  matni  1937-yilda  Hindistonda  nashr  etildi.  Bu 
kitob  2  qismdan  iborat  bo‘lib,  1.  Mineralogiyaga,  2.  Metallarga  bag‘ishlangan. 
Beruniy  mineralogiya  va  fizika  fanlari  tarixida  birinchi  bo‘lib  minerallarning 
solishtirma og‘irligini aniq o‘lchaydi va bu borada maxsus asbob ham yasagan. 


45 
 
Olim  aniqlagan  solishtirma  og‘irliklar  hozirgi  zamon  fani  qo‘llanilayotgan 
ma’lumotlardan deyarli farq qilmaydi.  
Beruniy  O‘rta  Osiyo  foydali  qazilmalari  haqida  ham  muhim  tadqiqotlar 
qilgan.  U  Farg‘onada  tabiiy  gaz,  neft  va  boshqa  jinslar,  Zarafshon  daryosining 
boshlanishi qismida esa temir, simob olish texnologiyasiga ham to‘xtaladi. 
Beruniy  gidrologiya  sohasida  ham  ko‘pgina  ishlar  olib  bordi.  U  Amudaryo 
o‘zanining  o‘zgarishi,  Orol  dengizining  paydo  bo‘lishi  nazariyalarini  yaratish 
bo‘yicha  ham  shug‘ullanadi.  Uning  qadimiy  sug‘oriladigan  hududlarning  rejimi, 
buloqlarning  paydo  bo‘lishi  haqidagi  tadqiqotlari  geografiya  fani  sohasiga 
qo‘shgan  katta yutuq hisoblanadi.  
Buyuk olim qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko‘ra, qiziqmagan sohalarini 
sanab  chiqish  osonroq.  Uning  ilmiy  merosi  152  ta  kitob  va  risolalardan  iborat. 
Afsuski,  hozirgi  kunda  olimning  38  ta  asari  ma’lum.  Beruniyshunos  olim  va 
tadqiqotchilar tomonidan uning ilmiy merosini o‘rganish davom etmoqda. 
Jahon  madaniyati  va  taraqqiyotiga  
munosib hissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk 
qomusiy  olim 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish