61
Rossiya
Fanlar
Akademiyasi
huzurida
tashkil
etilgan
Geografiya
departamentiga 1757 yildan rahbarlik qilgan M.V.Lomonosovning geografiya fani
taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. U birinchi bo‘lib geografiyaning mazmunini
ta’riflab bergan: “Inson uchun, o‘zining ortiqcha mollarini sotish uchun, dengizda
xavfsiz suzish uchun, turli davlatlarga sayohat qiluvchilar uchun joylarning o‘rnini,
daryolarning oqimini, shaharlar oralig‘idagi masofalarni, har xil yerlarning naqadar
katta, boy va yaqin-uzoqligini, turli xalqlarning xulq-atvorini, odati va hukumatini
bilishdan zarur narsa yo‘qdir, bularning hammasini bepoyon olamlarni
o‘rganadigan geografiya ko‘rsatib beradi” (M.V.Lomonosov, soch., t-4, SPb,1898,
267-s. Uning tashabbusi bilan davlatning turli joylariga doir statistik ma’lumotlar
yig‘iladi, geografik kartalar tuziladi, mamlakat geografiyasiga doir materiallar
yig‘ish uchun ekspeditsiyalar uyushtiriladi. Mashhur rus yozuvchisi N.V.Gogol
maktabda geografiya o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borgan. U “bolalar uchun
geografiyadan go‘zalroq boshqa qanday fan bo‘lishi mumkin?”, - degan savolni
o‘rtaga tashlagan, keyinchalik: “O‘qituvchi so‘zining har bir bo‘g‘ini qiziqarli,
chiroyli bo‘lishi kerak. Diqqatga sazovor barcha joylar, katta tabiiy hodisalar
yorqin ranglar bilan ifodalanishi lozim. Xayolga kuchli ta’sir etgan narsa esdan
tezda chiqib ketmaydi”. “Kichik yoshdagi o‘quvchilar, - deb yozgan edi Gogol, -
butun dunyoning buyuk ocherkinigina bilib olishlari kerakki, bu ocherk butun
e’tiborni uyg‘ota olsin, geografik dunyoning butun bepoyonligini ko‘rsatib bersin.
Kattaroq yoshdagi bolalarga dunyoni kengroq tushuntirish lozim. Ular go‘yo ko‘z
bilan ko‘rgan predmetlarni mikroskopda qaraganday bo‘lsinlar. Ana shundagina
o‘quvchilar barcha istisnolarni ham va nafis xususiyatlarni ham tushunib oladilar”,
degan g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z aktualligini yo‘qotgan emas. (N.V.Gogol,
Mыsli o geografii. Sochineniya, t-8, 1952. 99, 105 betlar). Rossiyada geografiya
ta’limi metodikasini rivojlantirishda atoqli rus pedagogi Konstantin Dmitrievich
Ushinskiy (1824 – 1870 yillar)ning xizmatlari katta. U geografiyani maktabdagi
asosiy o‘quv predmetlaridan biri bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surgan. U
xorijda to‘plagan tajribalari asosida geografiyani o‘rganishni o‘z joyini, ya’ni
o‘lkasini o‘rganishdan boshlashni tavsiya etgan. K.D.Ushinskiyning taklifiga
ko‘ra, shogirdi D.D.Semenov tomonidan 1864 yilda nashr etilgan
“Vatanshunoslik” (“Otechestvovedenie”) o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan
birinchi xrestomatiya edi. Uning “O‘qituvchilar uchun pedagogik mulohazalar”
kitobida esa, Vatanni o‘rganish yo‘l-yo‘riqlari asoslanib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: