Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Muhammad Xorazmiy (780 
–  850  yillar)
  olamga  kelgan.  Uning  to‘liq 
ismi  sharifi  Abu  Abdulloh Muhammad  Ibn 
Muso 
al-Xorazmiy. 
Buyuk 
alloma 
yashagan  davr  Sharq  uyg‘onish  davrining 
(IX  asrdan  boshlanib  to  XVI  asrlargacha 
davom  etgan)  birinchi  bosqichiga  to‘g‘ri 
keladi. Arab halifaligida  IX asrda vujudga 
kelgan  davr  tarixchi  olimlar  tomonidan 
Sharqda  Uyg‘onish  davrining  boshlanishi 
hisoblanib,  uning  markazi  Bog‘dod  shahri 
bo‘lgan.  Bu  shaharda  xalifa  Xorun  al-
Rashid (786 – 833) va uning o‘g‘li Ma’mun 
davrida Sharqda ilk bor “Baytul hikmat” (“Donishmandlar uyi”), hozirgi zamon tili 
bilan  aytganda,  akademiyaga  asos  solingan.  Mazkur  akademiya  barcha  ilm 
sohiblari  to‘plangan  fan  dargohiga  aylanadi.  Uning  qoshida  jahon  kutubxonasi 
tashkil  etilgan,  rasadxona  (observatoriya)  qurilgan.  Beruniyning  ta’kidlashicha, 
ulug‘  zamondoshi  va  hamdiyori  Muhammad  Xorazmiy  ushbu  akademiyani 
boshqargan.  “Baytul  hikmat”da  matematika,  astronomiya,  geodeziya,  geografiya 
va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va al-Xorazmiy maktabi 


39 
 
yaratilgan. Ushbu akademiyada Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh Marvaziy kabi O‘rta 
Osiyolik  olimlar  tadqiqotlar  olib  borganlar.  Xorazmiyning  qalamiga  mansub 
bo‘lgan  20  dan  ortiq  asarlardan  bizgacha  faqat  10  tasi  yetib  kelgan.  Shulardan, 
“Kitob-u  surat  al-arz”,  “Usturlob  haqida  risola”,  “Quyosh  soatlari”.  Uning 
rahbarligida  Yer  kurrasining  kattaligini  aniqlash  maqsadida  Yer  meridianining  1 
gradusi o‘lchab chiqilgan. Xorazmiy  “Kitobu surat al-arz” (“Yer surati”) taxminan 
836-847  yillarda  yozilgan  risolasi  bilan  IX  asrdayoq  jahon  geografiyasi 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan allomadir.  
Xorazmiy tomonidan yaratilgan bu kitobning mazmuni quyidagicha: bu kitob 
bir  necha  o‘nlab  kartalar  va  izohlardan  iborat  bo‘lgan.  Shularning  hammasi 
“Kitobu surat al-arz” deb atalgan. “Arz”  so‘zi – yer, dunyo ma’nosida, “surat” – 
qiyofa,  ko‘rinish  ma’nosini  anglatsa  ham,  ko‘pincha  “geografiya”  so‘zi  o‘rnida 
ishlatilgan,  shuning  uchun  kitobning  nomi  “Yerning  surati”  yoki  “Geografiya”  
deb  tarjima  qilingan.  Kitobning  ikkinchi  nomi  “Kitobu  rasm  ar-rub  al-ma’mur” 
(“Ma’muraning  rasmi”,  “Aholi  yashaydigan chorak rasm”).  Bu kitobning  yagona 
qo‘lyozmasi  1878  yilda  Qohirada  topilgan  bo‘lib,  uning  ayrim  betlari  yo‘qolgan, 
atlasdan esa faqat 4 ta karta saqlanib qolgan. Hozirgi paytda  bu kitobning nusxasi 
Fransiyaning Strasburg universiteti kutubxonasida saqlanmoqda.  
Kitobda  berilgan  izohnomalar  birmuncha  to‘liq  saqlanib  qolgan.  Izohlar, 
asosan, zij tarzida, ya’ni raqamlar jadvali ko‘rinishida yozilgan. Har sahifada ikki 
qator  jadval  berilib,  unda  dunyoning  turli  hududlari:  Afrika,  Osiyo  va  Yevropa 
qit’alari iqlimlar bo‘yicha joylashtirilgan va koordinatalari ko‘rsatilgan. Jami 537 
ta eng muhim joyning nomi, g‘arbdan sharqqa qarab ketma-ket yozilgan. Avvalo, 
shaharlar  birma-bir  aytib  o‘tilgan,  so‘ngra  tog‘lar  (203  nom),  dengizlar  va  
orollarning  nomlari,  eng  oxirida  daryolar  alohida-alohida  yozilgan.  U  geografiya 
tarixida  birinchi  bo‘lib,  Amudaryo  va  Sirdaryoning  Orol  dengiziga  quyilishini 
aytib o‘tgan. 
Namuna  tariqasida  H.Hasanov  tomonidan  kitobda  keltirilgan  jadval  (“zij”) 
dan lavhalar keltirildi (bu yerda va boshqa sahifalarda qavs ichiga olingan so‘zlar 
muallifnki). 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish