?
35
II-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASI
FANI TARIXI
2.1. O‘zbekistonda geografiya ta’limining shakllanishi va rivojlanish
bosqichlari
O‘zbekiston o‘tmishda jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
Muhammad al Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Bobur,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi qomusiy olimlarni yetishtirib
chiqargan Vatan hisoblanadi. Xususan, geografiya fanining o‘lkamizdagi dastlabki
kurtaklari hozirgi paytda tarixchi olimlarimiz tomonidan yozma manbalarga
asoslangan holda xolisona yoritilmoqda, chunki ajdodlarimiz tomonidan
qoldirilgan bebaho geografik merosdan yaqin-yaqinlargacha to‘la bahramand bo‘la
olmadik.
Geografiya o‘qitish metodikasi fani uzoq shakllanish tarixiga ega. Chunki bu
fan bevosita geografik bilimlar, faktlarning to‘planishi bilan bog‘liq. Moboda
geografiya mavjud bo‘lmaganda edi, bu fan ham umuman shakllanmagan bo‘lar
edi, deyishimizga asos bor. Geografik bilimlar ijtimoiy jamoa tuzumi sharoitida,
bir formatsiyadan boshqa formatsiyalarga o‘tish jarayonlarida shakllandi va
taraqqiy etdi. Arxeologlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy odamlar tosh
davrida o‘zlari yashab turgan uylari atrofini o‘rganishlari zarur bo‘lgan. Chunki,
ular yashash uchun oziq-ovqat va boshqa moddiy boyliklarni faqat atrof-muhitdan
yig‘ib-terib olishgan. Geografiyani juda qadim zamonlardoyoq kundalik inson
ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan, desak xato qilmaymiz.
O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi V asr boshlarida Xorazmda Ma’mun –
Akademiyasi (Donolar uyi) tashkil qilinib, unda olimlar tomonidan o‘lka
to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma’lumotlar to‘plangan. Turon zaminida quldorlik
tuzumining dastlabki bosqichlarida yashagan xalqlarning o‘ziga xos turmush tarzi,
an’ana, rasm-rusumlari, urf-odatlari hamda diniy e’tiqodlari to‘g‘risidagi dastlabki
yozma geografik ma’lumot beruvchi asar “Avesto” hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Bu nodir
kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida mana shu zaminda
umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy
merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadimgi o‘lkada buyuk davlat, buyuk
ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki,
uni hech kim inkor etolmaydi” (1).
Zardo‘shtiylik ta’limotining asosi hisoblangan “Avesto” kitobida o‘sha davr
geografiyasiga doir, ya’ni O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon kabi hududlarning
36
geografik sharoiti, tabiati va xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
“Avesto”da inson va tabiat uyg‘unligi masalasiga katta urg‘u berilgan bo‘lib, unda
tog‘-u toshlar, daryoyu ko‘llar, ob-havosiyu tuprog‘-u o‘simlik, hayvon-u
parrandalar olami kabilar o‘z ifodasini topgan. “Avesto”da shahar va qishloqlarni
obod qilish, bog‘-rog‘larni, yaylovlarni ko‘paytirish, insonlar hayotini yaxshilash,
oilani mustahkamlash, bolalarni tabiat bag‘rida o‘stirish kabi aqidalar yoritilgan.
Misol tariqasida, buni biz Zardo‘shtning Axura Mazda bilan savol-javobida
ko‘rishimiz mumkin. Zardo‘sht so‘radi: “Ey jismoniy olam parvardigori Axura
Mazda, rosti bilan menga aytchi, yer yuzining ko‘rki va shodligi bo‘lmish o‘sha
makon qayerda?”. Axura Mazda aytdi: “U shunday bir yurtki, u yerda bandalarim
o‘zlariga makon, ibodat uchun otashkadalar, hayvonlarga qo‘ralar qurib, oilali,
bola-chaqali, kuchli qurolli bo‘ladilar. Ana shu taqdirda ularning yurtida hayvonlar
ko‘payadi. Xayru baraka oshadi, yaylovlar ko‘payadi, oila bunyod bo‘ladi, turli-
tuman nozu ne’matlar serob bo‘ladi”. Sharq allomasi Zardo‘sht tarixiy shaxs
hisoblanib eramizgacha bo‘lgan (589 – 512 yillar) Xorazmda tug‘ilgan bo‘lib, Balx
shahrida 77 yoshida ibodat paytida ko‘p xudolik vakili tomonidan chavaqlab
o‘ldirilgan. G‘arb mutafakkiri Suqrot esa miloddan avval (469-399 yillar) Afina
shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 70 yoshida demokratiya dushmanlari tomonidan zahar
ichkizib o‘ldirilgan. Suqrotning geografik ta’limoti shundaki, u shogirdlari bilan
tabiatda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni bahs orqali, suhbat (savol-javob)
yo‘li bilan bilish, anglash mumkin degan g‘oyani olg‘a surgan. U tavsiya etgan bu
usul pedagogika tarixida “Suqrot usuli” degan nomni olgan. Zero, bu usul
Zardo‘sht tomonidan ilk bor qo‘llanilgan ekan, hozirgi paytda geografiya ta’limida
bahs - munozara tarzida amalga oshirilayotgan bu usulning asl Vatani hech
shubhasiz, O‘zbekiston ekanligini anglatadi.
Geografik bilimlar mukammallasha borgani sari o‘z sayohatlar davridagi
xotiralar, yurishlar paytida oddiy chizmalarda aks ettirilgan obyektlar, to‘plangan
fakt va materiallar asosida o‘rganilgan joyning geografik kartalari yaratilgan.
Qadimgi Rim, Misr, O‘rta Osiyo kabi davlat va hududlarda bilimlar birmuncha
taraqqiy etgan. Ilk bor geografiya nomini fanga kiritgan yunon olimi Eratosfen
(miloddan avvalgi 276-194-yillar) hisoblanadi. U Iskandariya kutubxonasining
boshlig‘i bo‘lgan. Eratosfen yozgan ikki tomli «Geografiya» asari tufayli
«Geografiyaning otasi» degan nomga sazovor bo‘lgan. U matematik, lekin
geografiyaga asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena)ning
xaritasini tuzgan. Birinchi bo‘lib fanga yer meridiani yoyi uzunligini hisoblagan
hamda geografiya ta’limiga “geografiya”, “kenglik”, “uzunlik” tushunchalarini
kiritgan. Mashhur geograf va tarixchi yunon olimi Strabon (miloddan avvalgi 64 –
milodiy 23 yillar yashagan Yunoniston, Kichik Osiyo, Italiya va Misr bo‘ylab
sayohat qilgan. Antik davr geografik bilimlari yakuni bo‘lgan «Geografiya»
37
(miloddan avvalgi taxminan 7 yilda 17 kitobdan iborat) asarning muallifi
hisoblanadi. Unda mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar yaqqol o‘z ifodasini
topgan. Eng muhimi antik davr olimlarining yer to‘g‘risidagi tasavvurlarini
umumlashtirib bergan. Strabonning “Geografiya” asarida qadimgi O‘rta Osiyo
geografiyasi, unda yashagan qabilalar (saklar, parfyanlar, baqtriyaliklar, dahlar va
boshqalar) va ularning turmush sharoiti, urf-odati, tili, ayniqsa, “Buyuk ipak yo‘li”
o‘tgan joylar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Milodiy II – asrning mashhur
astronom va geograflardan biri Klavdiy Ptolemey (tug‘ilgan yili noma’lum – 170
yilda vafot etgan) – yunon olimi Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan
hamda 8 jilddan iborat «Geografiya» nomli asarini yaratgan. Ayniqsa, Ptolemey
tomonidan tuzilgan geografik kartalar oldingilardan birmuncha mukammal
bo‘lgan. Unda O‘rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Ko‘lob, Zomin, Shosh, Forob,
Farg‘ona kabi shahar va viloyatlarning geografik koordinatalari keltirilgan. U
yaratgan kartalardan bir necha yuz yillar davomida foydalanib kelingan. Buni
Beruniyning “Qonuniy Ma’sudiy” asarida keltirilgan ma’lumotlar ham
tasdiqlaydi. Ayniqsa, O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al - Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘beklarning geografiya ta’limi sohasidagi
tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |