Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya o‘qituvchisi va uning kompetensiyasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
1.5. Geografiya o‘qituvchisi va uning kompetensiyasi 
O‘qituvchi  bo‘lishni  istagan  har  bir  kishi  o‘qitish,  ya’ni  ta’lim  berish 
faoliyati juda murakkab va mas’uliyatli kasb ekanligini anglab olishi zarur. 
O‘qituvchilik  kasbi  jiddiy  tayyorgarlik  ko‘rishni  talab  etadi.  O‘qituvchi 
zimmasiga  hayot  ehtiyojlariga  to‘la  javob  beradigan  va  o‘z  zamoniga  munosib 
kishilarni tarbiyalashdek mas’uliyatli jiddiy vazifa yuklatilgan. 
Metodika  o‘qituvchiga  o‘z  ishining  mohiyatini  tushunib  olishga,  uning 
murakkabligini  payqashga  va  bu  ish  uchun  jamiyat  oldidagi  ma’suliyatini 
sezishga  yordam  beradi.  Metodikadan  yaxshi  xabardor  bo‘lgan  o‘qituvchi 
o‘z  ishiga  tanqidiy  qaray  oladi,  erishgan  yutuqlarini  hisobga  olib  undan 
tegishli xulosalar chiqarib boradi, tajriba to‘playdi va ayni vaqtda, o‘z ishidagi 
kamchiliklarni  payqab  olib  uni  bartaraf  etishga  kirishadi.  O‘qituvchi  zamon 
talabiga  javob  beradigan  darajada  ta’lim-tarbiya  berishi  uchun,  eng  avvalo, 
fanning  metodologiyasi  bilan  chuqur  qurollangan  bo‘lishi  lozim.  Geografiya 
o‘qituvchisi o‘z fanini sevishi va puxta bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini 
o‘quvchilar ongiga singdirib borishga erishmog‘i lozim.  O‘quvchilar o‘z  fanini 
mukammal  biladigan,  darsni  yuksak  mahorat  bilan  o‘tadigan  mohir 
o‘qituvchilarga ixlos qo‘yadilar. O‘z fanini, ishini yaxshi bilmaydigan, kasbini 
sevmagan  o‘qituvchi  hech  qachon  o‘quvchilar  e’tiborini  qozona  olmaydi. 
Geografiya  o‘qituvchisi  bolalar  psixologiyasini  hisobga  ola  bilishi, 
pedagogika  qonuniyatlarini  tushunib  yetishi,  ta’lim-tarbiyaning  samarali 
metod  va  usullaridan  foydalana  olishi  va  hayotga  tatbiq  eta  bilishi  zarur 
bo‘ladi. 
O‘quvchilar 
ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
turli-tuman 
amaliy 
ko‘nikmalarni  egallashlari  lozim  bo‘ladi.  O‘quvchilarga  plan  olish,  kuzatish, 
turli  chizmalar  chiza  olish,  turli  xil  o‘quv  qurollarini  o‘z  qo‘li  bilan  yasay 
olish  va  ulardan  foydalanish  kabi  ko‘nikmalarni  singdira  borishi  talab  etiladi. 
O‘qituvchi  ta’lim  jarayonida  darsda  o‘rganiladigan  bilimlardan  ko‘zda 
tutilgan 
maqsadni 
o‘quvchilarga  ko‘rsatib  borishi,  o‘quvchilar 
faoliyatini  oshirishga,  ularni  mustahkamlashga,  o‘rgatishga  mos  keladigan 
o‘qitish  usullarini  tatbiq  etishi,  nihoyat,  o‘quvchilarni  ongli  intizomga 
o‘rgata  borishi  lozim.  Har  qanday  kasb  kabi  o‘qituvchilik  kasbi  ham  qunt 
bilan ishlashni talab qiladi. 


30 
 
Geografiya  o‘qituvchisi  bilimini  tinmay  oshirishi,  pedagogik 
mahoratini  orttirib  borishi,  ta’lim-tarbiya  jarayonini  hozirgi  zamon  talablari 
darajasida  va  hayot  bilan  bog‘lab  olib  borishi  lozim.  Geografiya 
o‘qituvchisidan  o‘z  ilmiy  va  pedagogik  saviyasini  tinmay  oshirishi, 
chunonchi 
geografiya, 
pedagogika, 
psixologiya 
va 
metodikaga  oid 
yangiliklardan  «Xalq  ta’limi»,  «Geografiya  v  shkole»,  «Fan  va  turmush»  kabi 
jurnallar,  «Ma’rifat»  gazetasidagi  tegishli  maqolalardan  muntazam  ravishda 
xabardor bo‘lib borishi talab etiladi. 
O‘qituvchi  o‘z  fani  va  kasbiga  astoydil  ixlos  qo‘yishi,    o‘quvchilarni 
sevishi  kerak.  Shundagina  u  fidoyi  o‘qituvchi,  o‘z  kasbini  egallagan  mohir 
pedagog  bo‘la    oladi.  O‘qituvchi  darsining  samarali    va    qiziqarli    bo‘lishida 
nutq madaniyatining roli katta ekanligini aslo unutmasligi kerak. 
O‘qituvchi  mehnatining  asosiy  samarasi  o‘z  mahoratini  muntazam 
takomillashtirishga asoslangan ijodiy faoliyatidir. 
Fan  asoslarini,  maktab  psixologiyasini  va  ta’lim  metodlarini  puxta 
egallagan o‘qituvchigina o‘z mahoratini oshirib bora oladi. 
O‘qituvchi vaqtini ayamasdan o‘z ustida muntazam ravishda ijodiy 
izlanishi,  nimanidir  topishi,  to‘plashi,  umumlashtirishi,  o‘quvchilarga 
qandaydir yangilik o‘rgatishi lozim. 
Geografiya  o‘qituvchilari  o‘zlari  ishlayotgan  maktabda  zamonaviy 
geografiya  xonasini  jihozlashi,  uni  zarur  qo‘llanmalar,  vositalar  bilan 
ta’minlanishini yo‘lga qo‘yishi talab etiladi. 
Geografiya  o‘qituvchisining  maktabda  mehnatni  to‘g‘ri  ilmiy  asosda 
tashkil  etishning  asosiy  vazifalaridan  biri  -  mavjud  vositalardan  unumli 
foydalanib, yuqori samaraga erishishi lozim. 
O‘quv  jarayonini  tashkil  etishni  takomillashtirish  -  qimmatli  vaqtdan 
unumli foydalanishdir. Mehnatning to‘g‘ri tashkil etilmasligi (darsga kechikib 
kirish, o‘quvchilarning darsga sust tayyorlanib kelishi, davomatni tekshirmaslik, 
kartaning  o‘z  vaqtida  osilmasligi,  o‘quvchi  bilimini  su’niy  tarzda  yuqori 
ko‘tarishga  intilish)  natijasida  ba’zan  bir  necha  daqiqa  vaqt  bekorga  sarf 
bo‘lish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Xullas,  geografiya  ta’limi  saviyasining  yuqori  bo‘lishi  ko‘p  jihatdan 
o‘qituvchiga, uning ta’lim-tarbiyadagi mahoratiga bog‘liqdir. 
O‘qituvchining  ish  sharoiti  (har  bir  sinf  o‘quvchilari  har  xil, 
ularning  xususiyatlari  bir-biridan  keskin  farq  qiladi)  ham  bir  xil  andoza  bilan 
ishlashga imkon bermaydi. 
Geografiya 
o‘qituvchisi  kompetensiyasi.  XXI  asrning  boshlarida 
mamlakatimiz  ta’lim  tizimda  kompetentlik  yondashuvi  vujudga  keldi.  Ilm-fanda, 
jumladan,  geografiya  ta’limida  ham  hozirgi  vaqtda  “kompetentlilik”  hamda 


31 
 
“kompetensiya”  tushunchalari  keng  tarzda  qo‘llanilmoqda.  Mazkur  tushunchalar 
lotin  tilidan  olingan  bo‘lib  etimologik  jihatdan:  “kompetentlilik”  –  muayyan 
sohani  biluvchi,  ushbu  bilimi  asosida  o‘sha  sohada  faoliyat  yuritishga  yoki  fikr 
yuritishga haqli ekanligini bildirsa, “kompetensiya” – bu mansublikni bildiruvchi 
tushuncha  sifatida  muayyan  topshiriqni,  vazifa  yoki  savolni  bajarishga  loyiqligi, 
munosibligi, erishilishi nazarda tutadi. Ya’ni, kompetentlilik bu kognitiv bilish va 
o‘rganishning natijasi, kompetensiya esa, ushbu bilimlarni real faoliyatda qo‘llash, 
“harakat ichidagi bilish”, bilimlarni amalda qo‘llashga doir harakat algoritmlarini 
ishlab chiqishdir.  
Kompetensiyaga doir tadqiqotlar ilk bor XX asrning 60 - yillarida AQShda 
paydo  bo‘lgan.  Bunday  tadqiqotlar  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilarining  ish 
joylarida o‘z kasbiy faoliyatlarini qoniqarsiz bajarayotganda namoyon bo‘lgan. 
Shu  sababli  “O‘qituvchining  o‘zi  qanday  kompetensiyaga  ega  bo‘lishi 
kerak?” degan savol o‘rtaga tashlangan. 
Bu  o‘rinda  ingliz  psixologi  Dj.Ravenning  1984-yilda  “Zamonaviy 
jamiyatda kompetentlik: namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va amalga oshishi” nomli 
kitobi  chop  etilishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  U  “kompetentlik”ni  moddiy 
sohada  amal  qilishi  uchun  uni  o‘ziga  xos  qobiliyat  deb  tushunadi.  Bunday 
qobiliyat, Dj.Ravenning fikriga ko‘ra, o‘zida uchta fazilatni  qamrab olishi kerak: 
1)  tor  mutaxassislikka  oid  bilimlar;  2)  ayrim  xususiyati  bilan  ajralib  turadigan 
fikrlash tarzi va ko‘nikma; 3) o‘z sa’yi harakatlari uchun mas’uliyatni sezish. 
Shunday  qilib,  kompetensiya  kelajakda  –  geografiya  ta’limi  sohasida 
samarali  faoliyat  olib  borish  uchun  zarur  bo‘lgan  bo‘lajak  mutaxassisning  
ta’limiy  tayyorgarligiga  qo‘yiladigan  talabdir.  Kompetentlik  –  geografiya  fani 
o‘qituvchisining faoliyat sohasiga tegishli kompetensiyalarni egallaganlikdir. 
Oliy  ta’lim  tizimida  geografiya  fani  bo‘yicha  o‘qitishning  maqsadi, 
mazmuni  va  uni  tashkil  etish  jarayoni  ta’limning  natijalari  bilan  aniqlanadigan 
bo‘ladi,  u  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  geografiya  fani  o‘qituvchisi  sifatida 
(umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida) erishilgan 
natijalarida namoyon bo‘ladi. Bunday natijalar bugungi kunda bilimlar, ko‘nikma 
va  malakaning  hamda  mahoratning  to‘plami  shaklida  emas,  balki,  geografiya 
o‘qituvchisining  yaxlit  tavsiflovchisi  sifatidagi  kasbiy  kompetensiyasi  shaklida 
e’tirof etiladigan bo‘ladi. Kompetentlik yondashuvida geografiya o‘qituvchisining 
kompetensiyasi  ish  beruvchilarning    talablariga  muvofiq  aniqlanadi.  Bo‘lajak 
geografiya  o‘qituvchisining  kasbiy  kompetensiyasining  ichki  tuzilishi,  uning 
nazariy-metodik bilimlari, ko‘nikma va malakasi hamda amaliy tajribasidan tarkib 
topadi. U quyidagi chizmada ifodalangan. 


32 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish